Aksakov Sergey Timofeevich 1791 yil 20 sentyabrda (1 oktyabr) Ufada tug‘ilgan. Gimnaziyani bitirgandan so‘ng Qozondagi universitetga o‘qishga kiradi (tugatolmaydi). Bir qancha yil Peterburgda xizmat qiladi, G.R. Derjavin va A.S. Shishkov bilan do‘stlashadi.
1811 yili Moskvaga ko‘chib kelib, adabiy-teatr doiralariga qo‘shiladi, teatr tarjimonligi bilan shug‘ullanadi (Shiller, Molerdan tarjimalar qiladi). 1826 yildan "Vestnik Yevrop?", "Moskovskiy vestnik", nashrlarida "Molva" gazetalarida qatnashib turadi. 1920-yillarning oxiri Aksakovlar xonadoni Moskvaning eng oldi adabiy markazlaridan biriga aylanadi. Aksakov "shanbalik"lariga aktyor, yozuvchi, filolog, munaqqid, tarjimon va bastakorlardan M.P.Pogodin, S.V. Shev?rev A.N. Verstovskiy, M.S. ?epkin, I.I. Panaev, N.V. Gogol, A.S. Xomyakov, I.V. Kireevskiy, P.V. Kireevskiy, N.V.Stankevich, A.I. Gertsen, M.A. Bakunin, V.G. Belinskiy, T.N. Granovskiy, P.Ya. Chaadaev, N.X. Ketcher, I.S. Turgenev, M.N. Zagoskin, L.N. Tolstoy, T.G. Shevchenko, S.G. Volkonskiy kabilar tashrif buyurardilar.
Uning "Xotiralar" (1956), "Adabiy va teatr xotiralari" (1858), "Ural kazaklari" (1821), "Ovchi xotiralari" (1855), "Oila yilnomasi" (1856), "M.N. Zagoskinaning tarjimai holi" (1853), " Gogol bilan tanishuvim tarixi" (1890), kabi asarlari mashhur.
Aksakov Moskvada 1859 yili vafot etgan.