OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Eng qisqa va ta’sirli hikoyalar

http://ziyouz.com/images/stories/babyshoes.jpgErnest Xeminguey har qanday insonni ta’sirlantiradigan, o‘zi atigi olti so‘zdan iborat hikoya yoza olishdan bahs boylashgan. Unga g‘alaba olib kelgan hikoya:
«Bolalar poyafzali sotiladi. Kiyilmagan...» («For sale: baby shoes, never used»).


* * *

An’anaviy hikoyachilikning tugun, kulminatsiya va yechim kabi tarkiblaridan iborat bo‘lgan eng qisqa hikoyalar tanlovida O'Genri g‘olib bo‘lgan:
«Chekib olgan haydovchi qancha yoqilg‘i qolganini ko‘rish uchun benzobak tomon egildi. Marhumning yoshi yigirma uchda edi.»

* * *

Frederik Braun eng qisqa qo‘rqinchli hikoyani yozgan:
«Yerdagi oxirgi odam xonada o‘tirardi. Birdan eshik taqillab qoldi...»

* * *

Ushbu hikoyalar hajmi 55 so‘zdan oshmaydi:


* * *

Afrikalik bolakay tomonidan yozilgan ushbu hikoya «2005 yilning eng yaxshi hikoyasi» tanlovida g‘olib bo‘lgan ekan:
«Tug‘ilganimda, men qora edim;
Qora bo‘lib ulg‘aydim;
Men quyoshda uzoq tursam, yana qorayaman;
Hattoki o‘lganimda ham qoraligimcha qolaman.
Siz, oqlar esa:
Tug‘ilganingizda — qizg‘ish bo‘lasiz;
Ulg‘ayganingizda — oqarasiz;
Oftobda toblanganingizda — qizarasiz;
Sovqotganingizda — ko‘karasiz;
Qo‘rqqaningizda — sarg‘ayasiz;
O‘zingizni yomon his qilganingizda — yashil tusga kirasiz;
O‘lganingizda esa bo‘zarasiz.
Va siz meni rangli (qora tanli) deysiz».

Davronbek Tojialiyev to‘plab, tarjima qildi.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.