Tomas Hardi (1840-1928) – o‘tgan asrning oxirlarida yashab o‘tgan mashhur ingliz realist-yozuvchisi.
XIX asrning 70-80-yillarida Angliyada bo‘lib o‘tgan chuqur ijtimoiy o‘zgarishlar Hardi ijodida ham o‘z aksini topgan.
Hardining dehqonlar, mayda fermerlar hayotiga ma’lum darajada, alohida e’tibor bilan qarashiga sabab, u umrining deyarli ko‘p qismini Angliyaning qishloq tumanlaridan birida o‘tkazgan va bu mavzu bilan yaxshi tanish bo‘lgan. Hardining adabiy faoliyati uning vatani Dorsetshir grafligida kechgan.