Korolenko Vladimir Galaktionovich [1853.15(27).7, Jitomir - 1921.25.12, Poltava] — rus yozuvchisi, publitsist, jamoat arbobi. Peterburg (1900—02) va Rossiya (1918) Fanlar Akademiyasi fahriy a’zosi.
Ilk hikoyasi — «Izlovchi hayotidan lavhalar» (1879). «Maftunkor» (1880), «Fyodor» (1885), «Ko‘r muzikachi» (1886), «Cherkas» (1888), «Ot dovon» (1892), «Go‘ng» (1895), «Shu’lalar» (1901) singari hikoya va qissalarida zulm, zo‘ravonlikka qarshi chiqqan, istibdod va tuhmat qurboni bo‘lgan mazlumlar qismati aks etgan. «Zamondoshim tarixi» (1922) avtobiografik asari va boshqa asarlarida demokratiya va gumanizm g‘oyalari ilgari surilgan.
1920 yili Lunacharskiyga yozgan maktublarida [«Nov?y mir» («Yangi dunyo») jur., 1988 y. ?10, Moskva] Rossiyadagi inqilob istiqboliga ishonmasligini bayon etgan va fuqarolar urushida bolsheviklarning beboshliklari haqida g‘azab bilan yozib, sudsiz otishlar va bolalarning o‘ldirilishiga qarshi chiqqan. Asarlari jahondagi ko‘pgina tillarga, jumladan, o‘zbek tiliga ham tarjima qilingan.