Eron adabiyotining yorqin namoyandalaridan hisoblangan Xisrav Shoxoniy 1930 yilda Mashhadda tug‘ilgan. 1958 yildan boshlab Tehronda chop etiladigan “Ravshan fikr”, “Qahqaha”, “Oqu qora” jurnallarida hikoyalari bosila boshlagan. “Qahqaha”ning har bir sonida Namatmol (kigiz bosuvchi) taxallusi bilan feletonlari e’lon qilingan. U ijtimoiy-siyosiy, odob-axloq, madaniyat masalalariga ko‘proq e’tiborini qaratgan va barcha zamonlarda hajvchilar uchun dasturilamal bo‘lgan qarama-qarshilik, mubolag‘a, sharj, karikatura, parodiya singari usullardan unumli foydalangan.