XX asr hind adabiyotining ko‘zga ko‘ringan namoyandasi Yashpal zamonaviy hindiy tilida eng ko‘p va xo‘b asarlar ijod etgan so‘z ustasidir.
Yashpal 1903 yili Sharqiy Panjobning Shirozpur shahrida tug‘ilgan. Lahordagi Panjob milliy kollejini tugatgan. Milliy-ozodlik harakati qatnashchisi. 1932 yili siyosiy faoliyati uchun qamoqqa olingan. 1938 yilgacha hibsda qolgan.
"Yolg‘on haqiqat" (2 qismli), "Amita", "O‘rtoq dada", "O‘rtoq firqa", "Raqqosa" kabi o‘nlab yirik romanlar, pesalar, hikoyalar to‘plamlari muallifi. Bir necha marta Hindiston hukumatining oliy darajadagi mukofotlariga sazovor bo‘lgan.