OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Dimitr Metodiyev (1922-1995)

KUZ

Olam uyqu hamda to‘zg‘inlikka band,
Yerga, odamlarga berib o‘zini,
Sokin va ulug‘vor — go‘yo donishmand,
So‘nib borayotir yorqin kuz kuni.

Yig‘lama hadik-la, qo‘ygil g‘ussani,
Ha, kunlarni bargday sovurdi fursat.
Lekin terakzorning sarg‘ish gulxani
Yashil dala uzra yonmoqda bu vaqt.

***

Abadiymas mening qo‘shig‘im,
Lek o‘zimga qilar kifoya.
Men noma’lum askarman — umri
Ulug‘ jangda topgan nihoya.

Bir kun kimdir motam gullarin
Ta’zim bilan qo‘yadi yerga —
Boqib yuksak supada turgan,
Tanilmagan jasur shoirga.

Rus tilidan Gulnoz Mo‘minova tarjimalari

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.