OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Mariya Filipova (1954)

 Mariya Filipova 1954 yil 31 mayda Bolgariyaning Burgas viloyati Sitovo qishlog‘ida tavallud topgan. Gimnaziya va iqtisod texnikumida tahsil olgan. Bir muddat Nizomiy nomidagi Toshkent pedgogika institutida o‘qigan va rus filologiyasi fakultetini Bolgariyada tamomlagan. Keyinchalik, Plovdiv shahrida jurnalistika fakultetida ham bilim olgan. M. Filippova bolgar tilidagi 4 ta, grek tilidagi 1 ta she’riy kitobning muallifi. «Kapalak qanoti», «Kunchiqar tubida», «E’tiqod» va «Qushlar uchun toj» kitoblari keng jamoatchilikka manzur bo‘lgan. Bolgariyada chiqadigan gazetalarda O’zbekiston haqidagi turkum xotiralari bosilgan. Bir qator shoir va yozuvchilarning asarlarini tarjima qilgan va Plovdiv universiteti adabiy mukofotiga sazovor bo‘lgan. Ayni paytda Gretsiyaning Saloniki shahrida istiqomat qiladi. Plovdiv va Shimoliy Gretsiya Yozuvchilar Uyushmasining a’zosi.

«Toshkentdan ketayotgan oxirgi kunim hanuz esimda. Samolyot yerdan ko‘tarilishi bilan ichimda nedir uzilganday bo‘ldi. Har safar Toshkentda kechgan kunlarimni eslasam, ko‘zlarimga yosh keladi, sababini bilmayman, balki bu mehrdir, balki bu shu yurtga bo‘lgan muhabbat… tushuntirish qiyin».

Mariya Filipova   

     

* * * 

Tundan qocharkan shayton
Eng qulay payt tavba qilishga.
To bog‘gacha jahannam kuyi
Ular hozircha jim turishar.
To‘xtaydi lahzalar ham
Faqat ruhdir tarjimon.
O, xayol, to‘xtat meni
Hamlet qaytib kelmagay.
Dunyo takrorlanmagay.

* * *   

Vaqt – bu vahimali devor,
Urulgum qayta-qayta
Har yon tashlayman nigoh
Tegramda bo‘shliq bisyor.
Ruhim qora yo‘lakda
Xayol tolmas sevgidan.
Ul ro‘yoning domiga
Faqa tong bo‘lar hokim.
Lol qotgandir parilar
Taskin berar sukunat
Qachondir qular devor.


Vidolashuv chog‘i

Qarshimda to‘xta bir oz,
Xuddi oyat kabi sen
Men na sanam, farishta
Fursat bersang bo‘lgani
Yuvmoq uchun gunohim.
Dildan yig‘dim ul so‘ngan
Uyatning qoldiqlarin.
Nega yomg‘ir eslatmas
Yig‘lashni unutganim.
Sezilmas qalb og‘rig‘i
Sevgan va qiynagan dil.
Jim va mahzun eriydi
Nega yog‘magay yomg‘ir.
Yo biror hol bo‘ldimi
Kimning g‘azab otidan.
Aqalli sen qol men-la
Xuddi bir oyat kabi
Vidolashuv oldidan.

Ruschadan O’ktamoy tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.