OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Odisseas Elitis (1911-1996)

Nobel mukofoti sohibi Odisseas Elitis (1911-1996) — afsonafiy Krit orolidagi Iraklion shahrida tug‘ilgan. Yunon she’riyatida ilk syurrealizm tarafdori sifatida tilga olinadi. Dastlab frantsuz she’riyatida ta’sirida bo‘lgan shoir ijodi fashistlarning Yunoniston tuprog‘iga bostirib kirishi oqibatida tubdan o‘zgaradi. Uning she’rlarida milliy yunon ruhi paydo bo‘ladi. Urush yillari shoir Parijga ketishga majbur bo‘ladi. Bugungi kunda Odisseas Elitis yangi davr she’riyatining eng yorqin vakili hisoblanadi.


MARINA

Toshcho‘p yalpiz uzat Marina
Va ruxsat ber olayin bo‘sa
Xotirot ham hayot yagona
Qay birini ibtido desam
Ko‘kda kaptar qanotidandir,
Hur shamshirin chaqin jilosi.
Yulduzlari ulkan bog‘larda,
Tubsiz bo‘lar quduq nidosi.

Gar aylansak tunlar sen bilan,
Samoning iz-izli joyiga.
Boradurmiz sen-la yorishgan,
Tong yulduzin ko‘kish poyiga.

Marina, sen mening sevgilim,
Qarshilagan yorug‘ tongimsan.
Kabutarim hurkak sevgilim,
Unut daryom otgan bongimsan.

Yulduzimsan doim chorlagan,
Hayo qilgan hurkak kabutar.
Marinam qir gulim porlagan,
Nafis mo‘‘jizalar
Unut daryom yer osti oqar.

Rus tilidan Rauf Subhon tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.