OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Frensis Vebb

BIR SHOIRGA

Musofir va mutafakkirsiz,
Qofiyadan folchi dilingiz chaman!
Bilaman, siz menga achinishingiz mumkin.
Ajabo, men sizga achinaman.

Hayotni bilasiz musobaqa deb,
Chirik bu fanodan izladingiz shon,
Qalbingizni el dardidan asrab,
Erisholmadingiz shonga hech qachon.

Qahrli ko‘zingiz boqar dog‘uli,
Go‘zallik kirolmas unga so‘roqsiz,
Beshafqat aqlning olg‘ir soqchisi -
Kipriklar qo‘ymadi yerga qorishgan
Xalqning nolasini ichga kirishga,

Fabrika qizlarining tongi poezlarda
qiyqirgan tavqin ham eshitmadingiz.
Fojeaviy qitmirlikning yonidan o‘tib,
Bayram shishasini ko‘rgan suratkash -
O‘zingizga yaqin yaltoqi juvonlar
Va chirkin maddohlar
Orasida yashab o‘tdingiz.

Mana, bugun ezgulik va yovuzlik ustida hokimsiz.
Sizning satringizni maktab tolibi yodlashga majbur,
Va siz haykal bo‘lib tepadan pastga qaramoqdasiz.
Ayanchli manzara: siz yolg‘iz, odamsiz yaydoq maydonda.
Tagingizda yonar mangu alanga -
Men esa xalqning qabrtoshi kabi og‘ir dardin yelkalab,
hali yo‘llardaman, menga bo‘ladi.
Albatta, siz menga achinishingiz mumkin edi,
Ajabo, mening sizga rahmim keladi.

Karim Bahriyev tarjimalari

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.