BARI O‘TKINCHI…
Qayoqqa qarama — bari o‘tkinchi.
Sen uy qurayapsan?! Bekor bu jonlar.
Shaharlar bir kuni shudgor bo‘ladi,
U yerda qo‘y boqib yurar cho‘ponlar.
Voh, eng alvon gul ham so‘lar begumon,
Shovqin hayot so‘ngi – sokin qabriston.
Marmar ham, temir ham oxiri tuproq,
Baxtning keti foje… Hamisha shundoq!
O‘tadi tush kabi g‘alaba, zafar:
Zamonning ko‘zyumuq o‘yinlariga
Qarshi turolmaydi notavon inson.
Dunyo — chang va tuproq, shamol sepgan kul.
Hammasi o‘tadi. Men ham o‘laman.
Qorishib ketaman abadiyatga?!
Karim Bahriyev tarjimasi