OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Martin Opits (1597-1639)

Har yonda xiyonat, aza, uqubat,
Qabohat ostida qurigan ilik.
Yolg‘on avjidadir, go‘rda – haqiqat,
Zulm ardoqdadir, quvg‘in – yaxshilik,
 
Sodom va Gomorra dunyosidir bu, —
Men notavon qandoq, zulm o‘tgan sayin,
Kullarni, qonlarni, zulmatni ko‘rmay,
Muhabbat haqida qo‘shiq kuylayin?!
 
Nozik, gulbadanlar, qimtingan lablar?!
Bu she’rlar o‘likdir, bo‘m-bo‘shdir, axir,
Ozurda qalblarga keraksiz, tamom!
 
El dardini yozgin! Payt keldi! Yo‘q-sa,
Sen — shoir emassan. Sen — qofiyaboz.
Seni endi mangu tark etsin ilhom!

Karim Bahriyev tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.