OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Nizomiy-Ganjaviy (1141-1202)

http://ziyouz.com/rasmlar/worldlit/nizomiy.jpg

Buyuk ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Ilyos Yusuf o‘g‘li Nizomiy-Ganjaviy Ozarbayjonning Ganja shahrida hunarmand oilasida tug‘ildi. O’z davrining ilg‘or kishisi bo‘lgan Nizomiy fors va arab tillarini o‘rgandi, astronomiya, matematika, falsafa va meditsina bilan qiziqdi.
Nizomiyning «Xamsa»si uning nomini butun jahonga mashhur qildi. O’ttiz ming baytdan tashkil topgan besh dostonni Nizomiy-Ganjaviy qisqa muddat ichida (1179—1200 yillar orasida) yaratdi.
Uning «Mahzan-ul-asror», «Xusrav va Shirin», «Layli va Majnun», «Haft paykar» va «Iskandarnoma» dostonlari mavjud.
Dostonlardan birining kirish qismida Nizomiy o‘z ona tilisi — ozarbayjon tilini yaxshi bilgani holda fors tilida ijod qilishga kirishayotganligini aytar ekan, bu asarni yozishga undagan hukmdorning istagiga ishora qiladi.
Nizomiy vafotidan so‘ng uning «Xamsa»si Sharq adabiyoti taraqqiyotiga kuchli ta’sir qildi. O’zbek, tojik, ozarbayjon, turk, turkman shoirlaridan ko‘plari «Xamsa» yozishga kirishdilar. Ayniqsa, Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiylar Nizomiy-Ganjaviy an’analarini ijodiy davom ettirib, katta yutuqlarni qo‘lga kiritdilar.


«XUSRAV VA SHIRIN»DAN

XUSRAV FARHOD BIRLA MUNOZARA QILIB, 
FARHOD TOG’ QAZMOQLIKI SO’ZI

Burun so‘rdi: ne yerliksan tiyu san? 
Ayittikim, oshiqlar shahridin man.

Ayitti: anda ne san(o)at qilurlar? 
Ayitti: jon sotib, qazg‘u olurlar.

Ayitti: jonni sotmoqliq xato ul, 
Ayitti: ishq yo‘linda ham ravo ul.

Ayitti: kertimu oshiq erursan? 
Ayitti: bor ko‘zung oxir ko‘rursan.

Ayitti: ne qadar sevdung san oni? 
Ayitti: so‘zga sig‘maz hech bayoni.

Ayitti: ko‘rdungmi (ul) kuntek jamolin? 
Ayittikim: bali, ko‘rdum xayolin.

Ayitti: mihridin bo‘lg‘aymusan pok? 
Ayittikim: magar bo‘lsam o‘lub xok.

Ayitti: gar yo‘luqsang ko‘rsa seni? 
Ayitti: ko‘zga surgim tuproqini.

Ayitti: gar ko‘zungni xasta qilsa? 
Ayitti: roziman tek ko‘zga ilsa.

Ayitti: gar azin er sunsa ilkin? 
Ayitti: tilgaman tosh birla boshin.

Ayitti: toptung ul yo‘l ul humoyqa? 
Ayittikim: yiroqdin boqg‘u oyqa.

Ayitti: gar tilasankin yaroyin, 
Ayitti: haqdin izlarman tiloyin.

Ayitti: gar o‘qisa, qilsa xushnud? 
Ayitti: bo‘lg‘ay erdim barcha maqsud.

Ayitti: kes ko‘ngul, ul do‘stni qo‘yg‘il! 
Ayitti: do‘stlik kelmaz bu (ish), bilgil.

Ayitti: bu tama’ni tutma, xom ul, 
Ayitti: onsizin tinchliq harom ul.

Ayitti: kel bu ishdin yuv alingni, 
Ayitti: so‘zlama ko‘p, tiz tilingni.

Ayitti: qilmag‘il qo‘y, quri g‘avg‘o,
Ayitti: ne (tak) bo‘lur (chun) o‘t tutti qavg‘o.

Ayitti: sabr qil, tiz ko‘nglung ondin. 
Ayittikim: netak sabr etku jondin.

Ayitti: sabrsuzluq jahl erur, bil! 
Ayitti: sabr qilmoqqa kerak dil.

Ayitti: iymonurmusan kishidin? 
Ayittikim: magar hajri kishidin.

Ayitti: hech kerakmu yor, hamdam? 
Ayittikim: bo‘lur man bo‘lmasam ham.

Javoblar esh(i)tu Xusrav bo‘ldi ojiz. 
Ayitti: osg‘i yo‘q ne so‘zlasabiz.

Ayitti: Xusrav ushbu tong emazmu, 
So‘z uk(i)madin javobin aytur oshnu?

Eshitdingiz ne so‘zlar aymishini, 
Munungtek ko‘rmadim tillik kishini.

Ish oltun birla bilmaz, ne qilayin? 
Muni tosh birla oltundek sinayin.

Tiyu til ochti so‘zga, qildi bunyod, 
Kim e ustod chin farzona Farhod.

Bir ulug‘ tosh bor kesmakka dushvor, 
Yana kechmakka ayr ot asru emgor.

Kerakkim bizga bir yo‘l qazsang andin, 
Kim ul bo‘lsa borib kelguga oson.

Kim ersaning bu ishka ilki ermaz, 
Bu ish sendin azinning ishi ermaz.

Bahaqqi hurmati Shirini xush xu, 
Kim ont bilmazman ush hech mundin ezgu.

Hojatlig‘man, ravo qil ushbu hojat, 
Yana bu hojatimg‘a ayma hujjat.

Javob aydi: kesayinman teb ul tosh, 
Bu ishda qilnoyim, borincha bu bosh.

Ushul shart uzrakim man ish bitursam, 
Malik farmonin o‘rning‘a ketursam.

Kerakkim emgakimni shoh bilgay, 
Shirinning shakkarini tark qilg‘ay.

Uqub Xusrav aningtek o‘fkalandi, 
Tiladi chopsa bo‘yning, qayra yondi.

Ayitti (kim) ushbu shartimdin na qazg‘u? 
Qatig‘ tosh ul oxir, tuproq emaz bu.

Netak qilgay halok tuproq tut oni, 
Qazib tuproq toshiga chiqqay joni.

Ayitti: shart qildim, qaz oni san, 
Bu shartimdin qaytsam ayr emasman.

Beling bog‘la, silohingni ol elga, 
Bu ishda ardamungni ko‘rguz elga.

Sevundi, so‘rdi ul Farhod be dil, 
Kim ul tog‘ qanda teb, e shoh odil?

Solib ul tog‘ni Xusrav aydikim bor, 
Kim emdi Bestun teb otayurlor.

Bu hukm uzrakim ul tosh erdi xoro, 
Qatig‘liki yuzindin oshkoro.

Turub Xusrav qatindin chiqdi tark ul, 
Ravon bo‘ldi tushub ul tog‘toba yo‘l.

Yelib yeltek ravon ul tog‘qa yetti, 
Belin bog‘ladi iste’dodin etti.

Ush andin teshasin ilka olib tez, 
Suratlar yo‘ndi shakli shohu Shabdiz.

Yana bir kursi yo‘ndi qayra toshdin, 
O’shal kursi uza Shirin shaklin.

Qilib ko‘rgazdi ul tosh uzra san’at, 
Ta’lim emgandi, qildi ko‘rkli surat.

Axir eshtursan ul suratni qilg‘on, 
Oshiqqa ne jafolar qildi davron.

Aning haqqing‘a ul bir shum azrat, 
Nelar qildi, qamug‘ ermazmu ibrat?

Qari xotuntek ul bu dunyoyi makkor, 
Suchukluk birla avval seni aldor.

Ul andin so‘ngra achchig‘ zahrin ichrur, 
Tiriklik totig‘indin seni kechrur.

Jafosi ko‘p, yo‘q ul bir zarra mihri, 
Tegarmu lutfinga oxir bu qahri.

Bo‘g‘oz tutmazdin oshnuroq qo‘y oxir, 
Bo‘ri izinga borma, e qo‘y, oxir.

Qutb tarjimasi


«MAHZAN-UL-ASROR»DAN PARCHALAR

SO’Z TA’RIFIDA


Oqil agar so‘z bila so‘zni topar, 
Orif o‘shal so‘zda o‘zuni topar.

Ulki bilur so‘z guhari qiymatin, 
So‘zda topar so‘zlaguvchining otin.

Ahli nazar shevasini so‘z bilur, 
Nuri basar mevasini ko‘z bilur.

So‘z ko‘zidur ulki ko‘rar holni, 
O’z so‘zidur ulki so‘rar qolni.

So‘zda ko‘z-u, so‘zlaguvchida nazar, 
Yo‘q esa so‘z kezlaguvchida xabar.

Zohiru botin xabari so‘zdadur, 
Har naki bor o‘zgada yo‘q, o‘zgadur.

Ul kishikim, topmadi so‘z ganjini, 
Qildi habou xadar o‘z ranjini.

Kimki nazar manzaridin yumdi ko‘z, 
Qo‘ymadi meros o‘zidin g‘ayri so‘z.

Umri garonmoya chu bo‘lg‘ay talaf, 
So‘zdur-u so‘z daynida qolg‘ay xalaf.

Haydar Xorazmiy tajimasi


«LAYLI VA MAJNUN»DAN PARCHALAR

LAYLI BILAN MAJNUN ISHQINING 
XALQ ORASIDA SHUHRAT TOPGANI


Har kecha o‘tubki, tong otardi, 
Sharq Yusufi chehrasin ochardi.

Aylarki falak turunjpaykar, 
Rayhonligining turunji chun zar.

Layli qiliboi turunjbozlik, 
Aylardi yuzin turunjsozlik.

Ko‘rganlarida qo‘lida limun, 
Ishqdan yorilardilar anor chun.

Ul toza turunjni kim ko‘rardi, 
Limun deya qo‘llarin kesardi.

Qays jilvalarig‘a tashlasa ko‘z, 
G’amdan bo‘lar erdi aflisun yuz.

Eltardi yoron dumog‘idan ranj, 
Xushbo‘yligi ul turunju noranj.

Utgach shu yo‘sinda ko‘p zamonlar, 
Tortdi ikki nozanin fig‘onlar.

Ishq keldi qilib ul uyni xoli, 
Ilgida chu tiyg‘i louboli.

Dil oldi-yu, g‘am alarga soldi, 
Toqat bila tob ulardan oldi.

Dil berganidan biri-biriga, 
Tushdi elu xalq og‘izlariga.

Yirtildi bu parda har tomondan, 
Ul sir eshitildi har qayondan.

Bu qissaki, mahkam oya erdi,
El og‘zida zo‘r hikoya erdi.

Aylar edilar basi madoro, 
Bo‘lmaslik uchun sir oshkoro.

Nofa boshi bog‘li garchi xushkdur, 
Xushbo‘yi aning guvohi mushkdur.

Ishqdan bir asar shamolda berdi,
Ishqning yuzidan niqob ko‘tardi.

Sabr ayladilar qilishga pinhon — 
Ul ishqki, yalang‘och erdi chandon.

Sabr ishq ichida qilurmi foyda? 
Kunni bekitib bo‘lurmi loyda?

Ming g‘amza bilan ko‘z o‘lsa g‘ammoz, 
Qanday qoladur bu pardada roz.

Ming halqa bilan sochiki zanjir, 
Dil telba bo‘lur, yo‘q o‘zga tadbir.

Uylab kelajakni aql birlon, 
Bir-birlariga boqardi pinhon.

N. Oxundiy va Xislat tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.