OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Qul Mahmat (XVI asr)

Qul Mahmat XVI asrda yashab, ijod qilgan turk xalq shoiri bo’lib, u Usmonlilar davlatining amaldorlaridan bo’lgan Uvays Poshshoning o’g’lidir. Uning asl ismi Mahmat Poshshodir. 

KIYMA, JONIM, KIYMA SEN SHU QARONI…

San-da manim kabi g’amlar chekarsan?
Kiyma, jonim, kiyma san shu qaroni.
Hasrat-hasrat yo’llarina boqarsan,
Kiyma, jonim, kiyma san shu qaroni.

Tag’in g’amu dard ichinda ketarsan,
Gulistonda bulbul kabi yotarsan,
Yoringdan ayrilib fig’on etarsan? –
Kiyma, jonim, kiyma san shu qaroni.

Sani-da quchmasdan dardim to’lishar,
San bir g’uncha gulsan, yaprog’ing yashil,
Qarolar yerida ollar yarashar,
Kiyma, jonim, kiyma san shu qaroni.

Ko’k yuzinda go’zal mohni sevarsan,
Yer yuzinda qiblagohni sevarsan,
Alvon kiyin, bir Allohni sevarsan,
Kiyma, jonim, kiyma san shu qaroni.

Xurshid Davron turkchadan o’zbekchaga tabdil etgan.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.