OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Shukri Ramo‘ (1918-1988)

UNUTMAYMAN

Sap-sariq yaproqlar ko‘kda ucharkan,
Shamol qanotiga osilib oldim.
Ichimda urush, o‘ch hissi jo‘sharkan,
O‘zimni Oqtoshda deb xayol qildim.
 U Oqtoshga xotiram ayon,
 Unutmasman uni hech qachon.

Yo‘lchilar dengizdan qaytdi qirg‘oqqa,
Kecha shafag‘ida o‘zimni ko‘rdim.
Qalbimdan qoyaga yog‘ildi o‘qlar,
Yo‘limni olovlar ichiga burdim.
 U olovga xotiram ayon,
 Unutmasman uni hech qachon.

Askarlar tashlandi qora ilonga,
Bo‘ronda sudralib borib, suv ichdim.
Chang, tuman to‘larkan tunda har yonga,
Qo‘shig‘imni aytib, janggohdan kechdim.
 Qo‘shig‘imga xotiram ayon,
 Unutmasman uni hech qachon.

Ona silar ekan o‘g‘lin boshini,
Go‘zal ertalarga quvvat tiladim.
O‘limga chimirgach Hayot qoshini,
O‘lsam o‘libman-da, achinmam, dedim.
 So‘zimga-da xotiram ayon,
 Unutmasman uni hech qachon.

Qorli yer kularkan bahorga cho‘mib,
Xaroba devorlar yiqilgan payti,
Shahid yo‘ldoshimni mozorga ko‘mib,
Ko‘zimda yosh bilan ortimga qaytdim.
 U shahidga xotiram ayon, 
 Unutmasman uni hech qachon.

Turkchadan Tohir Qahhor tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.