OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Anna Qovusov (1920-2006)

YILLAR VA TO‘LQINLAR

Yillar o‘tib borar bir-birin quvib,
Eslatib to‘lqinlar tezob yelganin.
Qator-qator to‘lqin oralab suzib,
Ketmoqda mening ham umr yelkanim.

Olam dengiziga yo‘nalgan daryo
Sip-sillits baxmalday oqar yozilib.
Tabiatning go‘zal noziday go‘yo
Mavjlari qosh, ko‘zday uchib, suzilib.

Cho‘ng dengiz qahrini sochar guvranib,
Qoplonday na’rakor arillab turar.
Go‘yo jang maydoni singari changib,
G‘ayratga to‘lgancha sapchib qutirar.

Beshik-beshik to‘ltsin to‘xtatmay jangni,
Tik qoya-qirg‘oqqa urilib turar.
G‘arq etmoq istab u umr kemangni,
Goh o‘lib, gohida tirilib turar.

Xavf-xatar qoshida titrab mabodo, —
To‘lqinga yuzma-yuz qarshi suzmasang,
Havoyi havasni ko‘zlab doimo, —
O‘z joning rohatin dangal buzmasang,

To‘fonlar qahridan hurkib agarda,
Burilmoq istasang so‘l yo sog‘ tomon,
Hayoting kemasi uchrab zarbaga,
Oqimlar tubida bo‘lajak nihon.

Tabiat bilan sen jang qilgan chog‘ing
O‘zingda tuymasang g‘ayrat va qudrat,
Misoli suv uzra pista po‘chog‘i,
Dengizda qalqqaning-qalqqandir faqat.

Gar qo‘rqsang, to‘lqinlar qahrga minib,
Ag‘darib yuborar hayot kemangni.
Dengiz yoqtirmaydi qo‘rqoq, ojizni,
U suymas qo‘rquvdan ahvoli tangni.

Shillar o‘tmoqdadir bir-birin quvib,
Eslatib to‘lqinlar tezkor yelganin.
Qator-qator to‘lqin oralab suzib,
Ketmoqda mening ham umr yelkanim.

Suz, umr yelkanim, asl yelkansan,
Qo‘rqmassan xatardan, dovul, shamoldan.
Dunyoga sen po‘lat bo‘lib kelgansan,
Bunyod bo‘lmagansan mo‘rt bir sopoldan.

Suzaver qulochlab dengiz olamin,
Oydinmi, tumanmi, suz, qarab turma,
Biror kuch zarb bersa olgin alaming,
Hech qachon vahimdan qasrlar qurma.

Suz, umr yelkanim, asl yelkansan,
Chekinmoqni olma aslo xayolga.
Axir sen dengizda yashab kelgansan,
To‘lqinlar ichida yetib kamolga.

To‘lqinlar ichida muroding hosil,
To‘lqinlar ichida topolding hunar.
Ana, qarshimizda ko‘rinar sohil,
Ko‘ringan maskanim aziz naqadar.

Yalqovlik qilmay suz, umr yelkanim,
Suzmoqdan toparmiz rohat-farog‘at.
Uzoq ketsak hamki, qaytib kelgaymiz
Vatan deb, Vatan deb, Vatan deb faqat.

Bir oz unutarmiz dovul, to‘fonni,
Ayriliq, sog‘inchu jabru jafoni, —
Do‘stlar davrasida surib davronni,
Avjiga mindirib kayfu safoni.

Aziz Abdurazzoq tarjimasi.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.