* * *
Xazina?
Kim buni qanday tushunar,
Dilim xushnud, turmushimdan yo‘q ginam.
Do‘stlar menga chin yurakdan ishonar,
Shu ham mening kamyob, nodir xazinam.
Bu xazina — ko‘kka uchsam, qanotim,
Girdoblardan olib chiquvchi qayiq.
Uni joy-joyiga sarflash niyatim,
Do‘stlikka xiyonat qilmayman, aniq.
Shukur Qurbonov tarjimasi.