Venger shoiri, nosir va dramaturg Geza Sech (Géza Szöcs, 1953) she’riyati benihoya o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.
GILAM
Sen to‘qimasang ham
Men to‘qiyman uni,
yoxud kimdir to‘qiyveradi…
Masalan, singlim kelib to‘qir
To‘qiydi, albat,
xatto kechalari kelib to‘qiydi…
Ha, singlim kelib to‘qir
bo‘lib-bo‘lib,
tunlar aro, kechalar aro
to‘qiydi, albat…
To‘qib bo‘linadi gilam
va uchar so‘ngra
aytar baralla:
Boshqa birovlar mahv etgan
betakror zamon parchasidir yoshlik…
Sen qanday xohlasang
shunday anglagin,
ammo bu shundaydir…
Shundaydir, axir…
Sen qanday anglasang
anglayver…
Ma’rufjon Yo‘ldoshev tarjimasi