“Yangi xaykular” kitobidan
* * *
Bulbul kuylar.
Vodiydan vodiyga uchib o‘tdilar
Bahor suvlarining shildirog‘i ham.
* * *
Kuzgi bo‘ron.
Bor yomg‘irlarni yog‘dirib,
Ketaverdi tag‘in yo‘lida.
* * *
Shoxchiqar kosasidan
Tashga chiqqisi kelmas –
Kuz shamoli guvillar.
* * *
Tog‘ cho‘qqisi bulutlar aro
Suzib borar bemalol
Qora kema misoli.
* * *
Butun tun bo‘yi,
Yozgunimcha birgina xayku
Kashta tikdi xotinim.
* * *
Eshiksiz uy –
Botqoqlikka qo‘nishdi
Tunash uchun yovvoyi g‘ozlar.
* * *
Kartoshkani pishiryapman.
Jimjit, sokin Arshi a’loda
Yig‘lamoqda chaqaloq...
* * *
Qalin shudring –
Bug‘uning to‘shidagi yollari
Ho‘l bo‘libdi erta sahardan.
Ruschadan Tursun Ali tarjimalari