QO‘SHIQ
Qayoqqa boqmagin — hammayoq devor,
Qayoqqa boqmagin — miltiq o‘qtalgan.
O‘rtada bir mudhish sukut hukmdor,
O‘rtada bir quloch masofa qolgan.
Yaqinlab... yaqinlab kelmoqda ana,
Ana u o‘q uzdi...
Va lekin qo‘shiq
Yanada jaranglab,
Qirlardan oshib,
Ko‘klarda kaptardek uchmoqda yana.
Hattoki, qo‘shiqqa o‘q uzar ular!
Hattoki, qo‘shiqqa o‘q uzar ular!
Shuhrat tarjimasi