OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

"Daniyalik kelin"dan ta'sirli iqtiboslar

 Sen bilan ilk bor namoz o'qiganimda ilgari hech qachon tuymagan holatdan qalbim yumshab, to'yib-to'yib yig'ladim. Ammo keyingi namozlarimda bu tuyg'uni topa olmay qoldim. Nimadir yetishmayotgandek bo'ladi. Ammo nima?... Ishoning Oyisha, o'sha birinchi sajdadagi ilohiy halovat tuyg'usini yana topish uchun kerak bo'lsa butun umrimni namoz bilan o'tkazishga tayyorman. 

 
* * *


Yosh qizcha: 
- Dada, nega biz yakshanba kunlari cherkovga borib ibodat qilmaymiz?
Ota: 
- Biz musulmonmiz-ku, qizim. Biz masjidga boramiz. Cherkovga nasroniylar boradi.
Yosh qizcha: 
- Unda nega masjidga bormaymiz?...
Ota: 
- Nega bormas ekanmiz, boramiz. Sen hali yoshsan. Men pensiyaga chiqib olay, keyin ikkalamiz birga boramiz...

* * *


Hadicha:
- Universitetda o'qishni boshlaganimda mendan bir yosh katta akam to'satdan vafot etdi. Men o'sha paytda dunyoning tinimsiz o'zgarib turishini, insonning o'tkinchi mavjudot ekanligini, tabiat oldida naqadar ojizligini seza boshladim. Bunday ma'nosiz hayotimni o'zgartirish yo'llarini izlab yurgan paytlarimda Metin turmushga chiqishni va Islomga kirishni taklif qildi. Musulmon bo'ldim.
Sen bilan ilk bor namoz o'qiganimda ilgari hech qachon tuymagan holatdan qalbim yumshab, to'yib-to'yib yig'ladim. Ammo keyingi namozlarimda bu tuyg'uni topa olmay qoldim. Nimadir yetishmayotgandek bo'ladi. Ammo nima?... Ishoning Oyisha, o'sha birinchi sajdadagi ilohiy halovat tuyg'usini yana topish uchun kerak bo'lsa butun umrimni namoz bilan o'tkazishga tayyorman. 

* * * 


Qur'oni karimdan hijob haqidagi huklar o'qiladi.
Zuhol:
- Ana endi siz hurmatli Oyisha, u paytdagi erkaklar axloqsiz edi, hozirgi kunda sharoit o'zgargan deb afsata sotayotganlar gapiga rioya qilasizmi? Yoki Qur'oni karimning amri va payg'ambarimiz sunnatlarigami?
Oyisha:
- Unday bo'lsa men, kelinoyim va boshqa yuzi ochiq yurgan ayollar musulmon hisoblanmas ekan-da?
Malohat:
- Zuhalning gapidan unday ma'no kelib chiqmayapti. Dilida iymon keltirgan har bir ayol yuzi ochiq bo'lsa ham musulmondir. 
Zuhol:
- Ammo hijobda yurganlar faqatgina qaddi qomatini yashirish uchungina emas, balki Alloh taoloning hukmlariga xolis bo'ysunibgina o'ranib yurganliklarini aslo esingdan chiqarma.
Oyisha:
- Lekin bunday kiyinib yurish hozirgi kunda qiyin-da... Albatta, juda ochiq yurish ham noto'g'ri. Ammo, bunday kiyinish... Hamma ustingdan kuladi, masxara qiladi... 
 

* * *


Metin:
- Islom insonlarning qalblariga mustahkam o'rnashgan mukammal va so'nggi dindir. Shubhalarga aslo o'rin berma, bu dindan hech qachon qaytma.
Hadicha:
- Eng so'nggi, eng mukammal din... Hammangiz shu gapni qaytaraverasiz. Oyisha, siz va boshqalar fikri qotib qolgan odamlar ekansiz. Shu paytgacha 5 minut o'tirib, Islom qanday din ekanligini fikr qilganingizga yoki bir bet kitob o'qib biron narsa o'rganganingizga ishonmayman.

* * *


Hadicha:
- Islom diniga oida urf-odatlaringiz yo'qmi? Kelganimga bir oycha bo'ldi. Kiyimingiz, ovqatingiz, yurish-turishingiz, to'ylaringizgacha xristianlarnikidan farq qilmaydi. Men musulmon bo'ldim. Lekin bironta odam menga Islomdan hech nima o'rgatmadi...

Laylo tayyorladi.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.