OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Rassel Krou: Rim "teatr"idagi gladiator

 Rassel Ire Krou 1964 yil 7 aprelda Yangi Zelandiyaning Vellington shahrida dunyoga kelgan. To‘rt yoshida Krou oilasi Avstraliyaga ko‘chishdi. U yerda Krouning otasi Avstraliyada suratga olinayotgan kinoda ishtirok etadi. Rassel ham otasi bilan birgalikda bu ishlarga aralashib turadi. Mitti bolakayning qobiliyatini sezgan rejissyor uni birinchi marta 70-yillardagi bolalar kinosiga suratga tushishga taklif qiladi... 

Rassel Krou qiyofasi Gollivudda "Gladiator" va "Go‘zal xayollar" (A Beautiful Mind) filmlari bilan tanildi, deyish mumkin. Aslida, Krou professional faoliyatini 1990 yillarda avstraliyalik prodyusser sifatida immigrantlar muammosini ko‘targan "Kesishish" (The Crossing) va dindorlarning tanqidiga uchragan "Tom" (Proof) filmlarini suratga olish bilan boshlagan edi. 

Rassel Krouning Gollivudga kirib kelishi va o‘z o‘rnini topishida Sheron Stounning hissasi katta. Ular dushmanlar rolini ijro etgan 1995 yilgi "O‘lik va behush" filmi Krouga muvaffaqiyatli ijod yo‘lini ochib berdi. Keyinchalik ular yana birgalikda "Ishonchli" va 1999 yilda «Oskar»ga nomzod bo‘lgan "Qatnashchi" (The Insider) filmlarida bosh rollarni ijro etishdi.

2000 yilda "Gladiator" filmi tufayli Rassel Krou dunyo miqyosidagi superyulduz darajasiga ko‘tarildi. Bu filmning 2000 yilgi «Oskar»ga nomzodi qo‘yildi va Krou bunda eng yaxshi aktyor nominatsiyasi bo‘yicha sovringa ega bo‘ldi. 

U bu yil "Tafakkur o‘yinlari" (The Beautiful Mind) filmida bosh rol xayolparast matematik Jon Nash rolini ijro etdi va bu film eng yaxshi aktyor nominatsiyasi bo‘yicha "2006 Oltin klubi"ning sovriniga ega bo‘ldi. Bundan tashqari bu film nomzodi yuqoridagi nominatsiya bo‘yicha o‘tgan yilgi Oskar mukofoti uchun ham ilgari surildi.

Aktyor bosh rolni ijro etgan "Kuloyim janob"(Cinderella Man) filmi bu yilgi «Oskar» mukofotiga ham nomzodlik qildi.

Sahna ortida Krou vaqtli matbuotning asosiy mavzusiga aylanib ulgurgan. O‘tgan yili iyun oxirlarida ikkinchi bolakayning otasiga aylandi. U aktrisa Daniella Spenserga uylangan. Ikki yoshli qizi va bir yoshga to‘lmagan o‘g‘li bor.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.