O’zbekistonning dunyo madaniyati rivojiga qo‘shgan hissasi, dunyodagi davlat va jamiyat nomoyandalari, ommaviy axborot vositalari vakillari bizning qadimiy va boy tariximiz, milliy qadriyatlarimizga chuqur hurmat va ehtirom tuyg‘usi bildirayotganligi hammaga ma’lum. Xoki poklari zbekiston tuprog‘ida yotgan ulug‘ ajdodlarimiz, ne-ne mutafakkir zotlar asrlar mobaynida dunyoviy va diniy ilmlar sohasida buyuk kashfiyotlar yaratgan, bunga erishishda zahmat va mashaqqatlar chekkanlar.
O’zbekistonda qadimiy an’ana va qadriyatlar, asrlar davomida dunyo tsivilizatsiyasiga va madaniyatiga qo'shgan hissasi, bunda yuksak tafakkur sohiblari, buyuk ulamolar qoldirgan ilmiy-ma’naviy merosi avaylab saqlanmoqda. Endigi masala bu asrab-avaylab kelingan ma’naviy boylikni har tomonlama rganish, keng ommaga, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirish, jahon jamoatchiligiga targ‘ib va tarannum etish yuzasidan katta ishlar bajarishdir. Bu meros yakka olimlarniki bo‘lmasdan, uni keng va atroflicha o‘rganish va tadqiq etish, ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganish va keng ko‘lamda targ‘ib qilish, ezgulik, ma’naviy komillikka chorlovchi g‘oyalarini o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbi va ongiga singdirish hamda undan xalqimizni baxramand qilish bosh maqsadimizdir.
Buyuk ipak yo‘lining gullab-yashnashida shaharlarning ahamiyati katta bo‘lgani kabi, bu borada qadimgi Farg‘ona o‘lkasining shaharchalaridan birining o‘rni, ya’ni Namangan viloyati Uychi tumani Jiydakapa qishloq fuqarolar yig‘ini Daxyakota qishlog‘ida yashovchi Abdulatif Xakimovning hovlisidan bino inshoot poydevor qoldiqlari topildi.
Uy egasi shudgorni qazish paytida bir metrlar chuqurlikda terilgan g‘isht devorga duch qeladi. Lekin biror narsa chiqib qoladi degan maqsadda devorning to‘la g‘ishtlarini ko‘chirib oladi, ya’ni o‘zi bilmagan holda arxeologik madaniy merosni barbod etadi. Bundan xabar topgan qishlog‘i tarixiga qiziqqan qo‘shnilari Qodir Azizov va Sobirjon Halilovlar viloyat madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish davlat inspektsiyasiga xabar berishdi. Darhol inspektsiya xodimi shu yerga yetib borib bu holning oldini oldi. Va hovli egasiga bu madaniy meros, qishloq tarixi ekanligi bu inshoot taxminan IX-XI asrlarga tegishli ekanligini aytib, bu haqda O’zbekiston Respublikasing "Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida"gi Qonun mavjudligi, uning 12-moddasida har qanday yer ostidan topilgan madaniy qatlamga ega bo‘lgan joy darhol davlat muhofazasiga olinishi va ilmiy tadqiqot o‘tkazilishi maqsadga muvofiqligini tushuntirdi. Va ikki oy mobaynida uy egasining holidan xabar olib turildi. Ya’ni tuman hokimligi, qishloq fuqarolar yig‘ini va mahalla fuqarolar yig‘ini raislari arxeologik topilma topilganligi haqida ogoxlantirildi, lekin shunga qaramasdan mahalliy hokimiyat rahbarlari bir oz bo‘lsa-da qiziqib ham qo‘yishmadi. Va berilgan xatimizga befarq qarashdi.
Shundan so‘ng esa Axsikent arxeologik yodgorligida qazish ishlarini olib borayotgan Farg‘ona ekspeditsiyasi xodimlariga va viloyat arxitektura va qurilish Bosh boshqarmasiga habar berildi. Hozirgi kunda ushbu inshootni rganish ishlarini olib borishni viloyat arxitektura Bosh boshqarmasi rahbari Raximjon Abduraxmanov o‘z zimmasiga olmoqda. Bu ishlarni arxeologik olim Abdulhamid Anorboev va aspirant shogirdi Shukrillo Nasriddinovlar inspektsiyaning nazorati ostida o‘rganmoqdalar.
Dastlabki natijalarga ko‘ra bu inshoot qoldiqlari haqiqatdan ham IX-XII asrlarga mansub hammom qoldiqlari ekanligi aniqlandi. Tezlik bilan o‘rganish natijasida hozirgi kunda hammomning uch xonasi ochilib o‘rganildi. Shu bilan birga ushbu yodgorlik atrofida keng ko‘lamdagi arxeologik qazish ishlarini olib borish maqsadga muvofiq. Chunki bu kabi inshootlar markazlashgan shaharlarda yuksak darajadagi pokiza insonlar va buyuk me’morlar, tabiatni e’zozlagan insonlar yashaganligidan dalolatdir. Bu yerdan o‘sha davrga oid Somoniy va Qoraxoniylar davrida zabt etilgan chaqa tangalar ham topildi. Yana bir muhim topilma esa kamdan kam ishlatilgan 37x37x4 sm o‘lchamdagi pishik g‘isht hamda 30x14x4 sm o‘lchamdagi g‘isht namunalari bilan ishlangan poydevor va devor qoldiqlari hamda turli uslubda ishlangan sirli sopol idishlar, tigel parchalari, shisha siniqlari, mis buyum qoldiqlari va ularning siniqlari uchramoqda. O’rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki g‘ishtlarni maxsus tayyorlangan kir qorishmasi bilan urilganligi va bu bilan ajdodlarimizning o‘sha davrdagi dunyoviy ilmlarni chukur egallaganliklariga guvoh bo‘ldik. Shunisi kizikki devor g‘ishtlari ochilgan ayrim joylaridan mayda urug‘lar mavjud edi, 3-4 kun o‘tishi bilan asrlar davomida zak va loyqada yotgan urug‘lar sekin asta una boshladi. Demak bu o‘tlarni o‘rganish biolog olimlar zimmasidadir. Hozirda bu topilgan topilmalarni ya’ni o‘txona yo‘lagidan olingan qurum, kir qorishmasi va boshqa buyumlarni tahlil ishlarini olib borishda NamDU professori Shavkat Abdullaev ham o‘z xissasini qo‘shmoqda. Bu bilan keng ko‘lamdagi ilmiy tadqiqot ishlari olib borilsa, ushbu hududda bozor, hunarmandlar rastalari va boshqa ishlab chiqarish bilan mashg‘ul bo‘lgan madaniy merosimiz qoldiqlarini topishning imkoni bo‘lardi.
Daxyakota qishlog‘ida Daxyakota ziyoratgohi ham mavjud bo‘lib qishloq nomi shu zot nomi bilan bog‘liqdir. Bu qishloqdagi qariyalarning aytishicha, eski qabriston markazida chillaxona, uning hududdida esa qadimgi masjid va ziyoratxona bo‘lgan. Demak bu topilmalar IX- XII asrlarda tarixchilar tomonidan aytib o‘tilgan Farg‘ona vodiysidagi 70 dan ortiq turli katta-kichik shahar va kentlarning biri ekanligiga hech shubha qolmaydi. Bunga sabab Norin daryosining va Chortoqsoyning yaqinida suvga yaqin joyda yashagan. Aholi dehqonchilik va ishlab chiqarish bilan mashg‘ul bo‘lgan. Huddi shu kabi hammomlardan Axsikentda ham topilgan, lekin uning ishlash texnologiyasi boshqacharoq bo‘lgan. Hozirgi kunda ham o‘z faoliyatini olib borayotgan Kosonsoy shahridagi X-XII asrlarga mansub yer osti Gungalak hammomning mavjudligi Farg‘ona vodiysidagi avlodlarimizning ilm saviyasi va madaniyatini qay darajada yuqori bo‘lganligini anglab olsa bo‘ladi. O’sha davrdagi me’mor hammomning mo‘‘tadilligini saqlash, ya’ni issiqlikni isrof qilmaslik maqsadida yer ostiga qurgan va bir ozgina xas-xashaklar bilan isitishgan. Hozirgi kunda bu inshoot Kosonsoy shahrining markazida joylashgan va bu inshootning ham bir qismi buzib yuborilgan.
Hozirgi kunda ham o‘z ish faoliyatini davom ettirayotgan Namangan shahridagi XVI asrga tegishli Latifning hammomi ham diqqatga sazovordir. Bu hammom yer betida qurilgan. Shu kabi hammom qoldiqlarini arxeolog Sh.Nasritdinov Samarqand shahridagi Shohi Zinda majmuasini qazish chog‘ida ham uchratgan va u hammomning XVI asrga tegishli va ziyoratchilar uchun qurilganligini aniqlagan.
Demak Daxyakota qishlog‘i ham ko‘xna Namangan shahri kabi o‘zining asl yoshini ya’ni 1000 yildan ziyodligini aniqlanishini kutib turibdi.
Namangan viloyat yodgorliklarni saqlash davlat inspektsiyasi boshlig‘i