OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Abdulla Qodiriy. Eski shahar teatru havaskorlariga (1919)

Ma’lumki sanoyi nafisa — teatru bizim Toshkand musulmon yoshlari orasinda juda ham yengil bir ish onglashilganlikdan favqulodda bir buzuqlikda davom etmakda bo‘lib, ulug‘lar maktabi bo‘lgan teatru sahnalari allaqanday safsata va noahil kishilar qo‘linda bir o‘yinchiq bo‘lib kelmoqdadir.

Mundan so‘ng ham shunday holni davom etmovi va o‘zlarimizning ibratgohi bo‘lgan sahnalarning o‘z darajasinda borishi uchun Eski Toshkand sinfiy ittifoqlar sho‘rosi musulmon teatru havaskorlari (lyubitellarig‘a) shu tubanda ko‘rsatilajak qoidalarga rioya qilub, teatru qo‘yularig‘a takliflar aytadir:

  1. Sahnaga qo‘yiladirg‘an asarlarni o‘ynalmasdan ilgari Eski Toshkand «Artistlar soyuzi» ila shul asar haqinda mutolaa yuritilib, so‘ngra sahnaga qo‘yulsin.
  2. Havaskorlarning o‘z rollarini yaxshi onglab o‘ynovlari uchun «Artistlar soyuzi»dan repetisiya vaqtinda bir kishi chaqirulsin.
  3. O‘ynaladirgan bir asar haqinda «Artistlar soyuzi» ila kelisha olinmagan taqdirda Eski shahar sinfiy ittifoqlar sho‘rosiga murojaat etilsin.

Tanbiya: yuqoridagi qoidalarga rioya etilmagan taqdirda rioyasizlik ko‘rsatuvchilar mas’uliyatga tortilur.

Eski Toshkand sinfiy ittifoqlar sho‘rosining mudiri:

Sarkotib: Abdulla Qodir.

«Ishtirokiyun» 1919 yil, 24 oktyabr, 202-son

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.