OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Abdulla Qodiriy. Salomnoma (1923)

- Otqa qoqqan taqadek, suvdan chiqqan baqadek, bir mirilik chaqadek - ma’orif sho‘rosiga salo-o-om!
- O‘zi chetka buqinib, shaxsiyatga to‘kunub, allakimga cho‘qunub - o‘g‘ri ushlaganga salo-o-om!
- Ko‘rungan yer oq salla, oq bo‘lsa ham bo‘sh kalla, oo‘u qora ham malla - Turkiston ulamolariga salo-o-om!
- Boshlarig‘a soch qo‘yg‘on, otlarini yosh qo‘yg‘on, fahsh degonni fosh qilg‘on, yana otini yosh qo‘yg‘on - dumsizlarimizga salo-o-om!
- Maskov borib kelibon, minglab foyda qilibon, haftada gap yeyibon, tomga karnay qo‘yibon; xalq qayg‘usini yemayin, maktab ochay demayin; ellik-oltmish qo‘y bergon, sakkiz kunlab to‘y bergan - Turkiston savdogarlariga salo-o-om!..
Amma-xolasi havodor, aylanay!

Kelin yangasi: Dumbilnisa.
"Mushtum"-1923 yil, 2-son, 3-bet

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.