Turkiston Osiyo vasati va yoinki Turonzamindan iborat va turk qavmining muxtalif urug‘lari ila maskun bo‘lub, hol-hozirda Turkistoni Rusiy va Turkistoni Chiniy qismlarig‘a bo‘lunur. Turkistonning bir qismi Afg‘oniston hukumatining tasarrufida bo‘lub, Turkiston yoinki Chahor viloyat atalur. Qirg‘iz-Qozoqiston va yoinki Arozi sahroiya ham Turkistondan hisob qilinodur. Ammo munda hozirgi taqsimoti siyosiyasi yuzasidan faqat Turkistoni Rusiyni bayon qilinadur.
Turkiston muzofotining hududi g‘arban Bahri Hazar (Kaspiy) dengizi, shimolan Urol yerlari va Aral dengizi va aksariyat Turkistonning Qirg‘iz-Qozoqiston qit’ai vasi’yasi, sharqan Turkiston Chini, januban Afg‘oniston va Eron mamlakatlarig‘a muttasildur.
Buxoro va Xiva xonliklari ushbu hududg‘a doxil va Turkistonning janubiy tarafinda voqe’ bo‘lub, Buxoroning yerlari Afg‘onistong‘a muttasildur.
Turkiston viloyatlig‘i oblustlarg‘a bo‘lunub, viloyatlar sanjoq uezdlardan tashkil topilib, bahor viloyatg‘a harbiy voliy (voennoy gubernotir) mansub bo‘lub, va butun Turkiston muzofotini bir bosh voliy general-gubernotir idora etib, markazi hukumat Toshkand shahridur.
Turkiston muzofotining hozirgi taqsimoti ushbudur:
Viloyat va uezd yeri |
Murabba’ chaqirim |
1902 yildagi barcha xalqi |
Zakaspiyskiy (Movarobahri hazar) |
501 696 |
409 000 |
Ishqobod uezdi |
86 650 |
102 000 |
Krasnovodskiy |
101 000 |
59 000 |
Mang‘ishloq |
160 254 |
67 000 |
Marv |
110 795 |
131 000 |
Tajand |
33 997 |
50 000 |
1910 yilda |
||
Samarqand viloyati |
81 891 |
900 202 |
Samarqand sanjoqi |
17 060 |
362 217 |
Dizzax |
43 410 |
241 343 |
Kattaqo‘rg‘on |
4 994 |
135 567 |
Xo‘jand |
14 477 |
221 245 |
1904 yilda |
||
Sirdaryo viloyati |
441 837 |
1 629 000 |
Toshkand uezdi |
48 090 |
492 000 |
Avliyoota |
62 144 |
307 000 |
G‘azzoliy |
58 528 |
155 000 |
Oq masjid (Serovskiy) |
90 134 |
148 000 |
Chimkent |
95 820 |
314 000 |
Amudaryo qit’asi |
97 098 |
213 000 |
Farg‘ona viloyati |
140 668 |
1 726 000 |
Marg‘ilon sanjoqi |
14 069 |
359 000 |
Andijon |
13 333 |
386 000 |
Xo‘qand |
13 110 |
402 000 |
Namangan |
15 273 |
392 000 |
O‘sh |
24 880 |
174 000 |
Pomir |
60 000 |
2 700 |
Semirechinskiy (Yettisuv viloyati) |
228 966 |
1 090 000 |
Verniy (Olmati uezdi) |
45 588 |
248 000 |
Jarkent |
25 587 |
136 000 |
Lepsinskiy |
43 876 |
200 000 |
Qapol |
75 797 |
150 000 |
Pishpak |
77 683 |
194 000 |
Prjevalskiy |
40 435 |
163 000 |
Jami |
1 395 057 |
5 604 362 |
Turkistonda xaloyiqdan yuzda to‘qson beshdan ziyodasi musulmon bo‘lub, har bir yuz nafar odamdan to‘rt nafar qadari nasoro va yahudiydur.
Turkiston xalqini(ng) yuqoridagi adadi ozdur. Oriy, 1897 yilinda Rusiya hukumati amri ila umumi tahriri nufus bo‘lub edi. Ammo bir tarafdan, ro‘yxatchi mirzolarni(ng) tanballigi, digar tarafdan musulmonlarni «Rusiya hukumati askar oladur» yoinki «Jon boshidan soliq oqcha oladur» deb haqiqiy adadni ko‘rsatmaganlari sababli hisobni natijasi oz zohir bo‘lgandur. Bolodagi raqamg‘a bir suls va aqlan bir rab’ yana qo‘shmoq kerakdur.
«Oyna» jurnali, 1913 yil, 1-son, 2—5-betlar.