OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Baxtiyor Nazarov (1945)

http://ziyouz.uz/images/ziyoli/baxtiyor_nazarov.jpgBaxtiyor Nazarov (1945.17.9, Toshkent) — adabiyotshunos olim. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000), filologiya fanlari doktori (1984), professor (1994). ToshDUni tugatgan (1966).

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, ilmiy kotib (1969-72; 1979-83), direktor(1986—90), bo‘lim mudiri (1996 yildan),O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Bosh ilmiy kotibi o‘rinbosari (1973— 79), vitse-prezident vazifasini bajaruvchi (1999—2000), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi (1990—92), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari (1992—94), «O‘zbek tili va adabiyoti» jurnalining bosh muharriri (1986-94)bo‘lib ishlagan.

Baxtiyor Nazarovning ilmiy ishlari 20-asr o‘zbek adabiyoti taraqqiyoti, xususan, tanqidchilik va adabiyotshunoslik metodologiyasi muammolari, adabiyot nazariyasiva adabiy aloqa masalalariga bag‘ishlangan. Tadqiqotlarida Fitrat, Oybek, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Abdulla Oripov mahorati o‘rganilgan. Oybekning 20 jildli Mukammal asarlar to‘plamini nashrga tayyorlashda katnashgan.

Milliy istiqlol g‘oyasi bilan sug‘orilgan, yangi tipdagi darsliklar (o‘rta maktabning 9, 11-sinflari uchun «O‘zbek adabiyoti», oliy maktab uchun «XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi»)ning mualliflaridan biri.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.