OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Ermamat Nurmatov (1937)

http://ziyouz.uz/images/ziyoli/ermamat_nurmatov.jpgErmamat Nurmatov 1937 yili Chust tumanining Olmos qishlog‘ida tug‘ilgan. Namangan davlat pedagogika institutini tamomlagan. Maktabda o‘qituvchi, direktor, «Namangan haqiqati» gazetasida adabiy xodim, bo‘lim mudiri, bosh muharrir o‘rinbosari, viloyat teleradio kompaniyasi raisining o‘rinbosari va viloyat nashriyotining bosh muharriri bo‘lib ishlagan.

Shoirning ilk she’riy to‘plami uning tug‘ilgan qishlog‘i sharafiga «Olmos» deb nomlangan va 1970 yilda chop etilgan. Shundan so‘ng shoirning «Boqiy baxt» (1977), «Yaxshilik» (1985), «Muhabbat bog‘i» (1991) va «Sog‘inish» (1993) kabi bir qator she’riy guldastalari olam yuzini ko‘rdi.

1978 yilda shoirga «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni berilgan.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.