OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Halima Ahmedova (1960)

http://ziyouz.uz/images/ziyoli/halima_ahmedova.jpgHalima Ahmedova 1960 yil 1 oktyabrda Buxoro viloyati (hozirgi Navoiy viloyati) ning Qiziltepa tumani Po‘loti qishlog‘ida tug‘ilgan.

1983 yili Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) ning filologiya fakultetini tamomlab, Navoiy viloyatidagi pedagogika bilim yurtida ish boshlagan. 1984-1985 yillarda viloyatning “Do‘stlik bayrog‘i” gazetasida xizmat qilgan. 1986-1988 yillari G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir vazifasida faoliyat yuritgan.

1988-1990 yillari Moskvadagi Oliy adabiyot kursida tahsil olgan. 1990-1991 yillari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi adabiyot jamg‘armasida, 1994-1998 yillari “Tong yulduzi” gazetasida ishlagan. 1998 yildan O‘zbekiston radiosida muharrir.

Shoira 1987 yildan buyon O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. Shu kunlarga qadar Halima Ahmedovaning “Kuzimning tili” (1986), “Tungi marvaridgullar” (1987), “Erk darichasi” (1996), “Tiyramoh” (2005), “Afsun” (2007), “Umid soyasi” (2008) “Shafaq ibodati” (2011) va “Nigoh qiblasi” (2012) she’riy kitoblari nashr etilgan.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.