Nurali Qobul 1950 yilda Jizzax viloyatining Baxmal tumanidagi O’smat qishlogida tavallud topgan. Fargona Davlat pedagogika institutining tarix bo‘limini bitirgan. Shundan so‘ng tuman, viloyat komsomol va partiya rahbarlik ishlarida ishlagan.
70-yillardan boshlab jurnalist sifatida «G’alaba bayrog‘i», «Jizzax haqiqati» gazetalarida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan. So‘ngra Toshkentga kelib, «Sovet O’zbekistoni san’ati» (1977) jurnalida muharrir o‘rinbosari, keyinroq bosh muharrir, «Cho‘lpon» nashriyotining rahbari bo‘lib ishlagan.
«Oyqor» (1978), «Salom tog‘lar» (1979), «Odam, Oyqortog‘ va Daydi shamol haqida ertak» (1980), «Tubsiz osmon» (1981), «Kaptarlar qaytmagan tun» (1984), «Yashash uchun kechikma» (1985), «Unutilgan sohillar» (1988), «Oq kaptarlar» (1990), «Bug‘doy pishig‘iga yetmaganlar» (1992), «Sen vatansan, muhabbat» (1994), «Vatandan yaxshi yor o‘lmas» (1995) va boshqa asarlari nashr etilgan.
G. Markesning «Tanholikning yuz yili» romanini, Ch. Aytmatovning «Bolaligim» asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Nurali Qobul M.Gorkiy va B.Polevoy nomidagi Ittifoq, adabiy mukofotlarining sovrindoridir. Uning ko‘plab asarlari rus va xorijiy tillarga tarjima qilingan.