OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Qodir Zokirov (1906-1992)

http://www.ziyouz.uz/images/ziyoli/qodir_zokirov.jpgZokirov Qodir Zokirovich (1906.25.7, Jalolobod — 1992.9.8, Toshkent) — botanik, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1956), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1956), biologiya fanlari doktori (1951), professor (1951).

SamDUni tugatgan (1933). O‘rta Osiyo universiteti o‘simliklar sistematikasi va geografiyasi kafedrasi dotsenti (1941—43), Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika instituti botanika kafedrasi mudiri (1943—52), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti direktori (1952—56), O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi FA prezidenti (1957-61). Farg‘ona pedagogika instituti rektori (1963-66), 1966 yildan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti O‘simliklar resursi bo‘limi mudiri bo‘lib ishlagan.

Ilmiy ishlari o‘simliklar (taksonomik birliklar) sistemasi, flora, o‘simliklar qoplami va o‘simliklar xom ashyolarini o‘rganishga oid. O‘simlikshunos-sistematik sifatida kampirchopondoshlar, torondoshlar, ko‘knordoshlar, hiloladoshlar va boshqa oilalarni o‘rganib, yangi turkum va turlarni kashf etdi. O‘zbek tilida botanika terminlarini yaratishga asos soldi.

Qodir Zokirov ko‘p jildli «O‘zbekiston florasi»ni tuzishda faol qatnashdi. «Ruscha-o‘zbekcha botanika atamalarining qisqacha izohli lug‘ati»ni (boshqa mualliflar bilan birga, 1963), keyinchalik «Botanikadan ruscha-o‘zbekcha entsiklopedik lug‘at»ning I jildini chop etdi (X. Jamolxonov bilan hamkorlik-da).

Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1968).

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.