OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Saidahror G‘ulomov (1947)

http://ziyouz.uz/images/ziyoli/saidahror_gulomov.jpgG‘ulomov Saidahror Saidahmedovich (1947.25.6, Toshkent) — iqtisodchi olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1995). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1991), iqgisod fanlari doktori (1981), professor (1984).

Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tugatgan (1969). 1974 yildan boshlab Toshkent xalq xo‘jaligi instituti iqtisodiy kibernetika kafedrasida katta o‘qituvchi, dotsent (1974—78), iqgisodiy kibernetika fakulteti dekani (1982-85), o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor (1985—88), rektori (1988-98), O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri (1998-2004), 2004 yildan Toshkent iqtisodiyot universiteti rektori bo‘lib ishlagan.

Ilmiy ishlari iqtisodiy-matematik usullar hamda modellashtirish, O‘zbekiston mintaqalarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tizimli modellashtirish, ularning tabiiy, ishlab chiqarish va intellektual potentsialidan samarali foydalanishning metodologik va metodik asoslarini ishlab chiqish, boshqaruvda kompyuter tizimlaridan foydalanishning informatsion axborot ta’minoti muammolari, o‘quv jarayoni va ilmiy tadqiqotlar uchun yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va tatbiq etish masalalariga bag‘ishlangan.

1-chaqiriq O‘zbekiston Oliy Majlisi deputati (1992-96). «Do‘stlik» ordeni (1997) va «Shuhrat» medali bilan mukofotlangan (2000).

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.