OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Umarali Normatov (1931)

http://www.ziyouz.uz/images/ziyoli/umarali_normatov.jpgUmarali Normatov (1931.3.1, Beshariq tumani) — adabiyotshunos olim. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1981), filologiya fanlari doktori (1978), professor (1979). Toshkent universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1957).

1962 yildan ToshDU (hozirgi O‘zMU) filologiya fakultetining o‘zbek abadiyoti kafedrasida katta o‘qituvchi, dotsent; kafedra mudiri (1974—2000), kafedra professori (2001 yildan).

1957 yildan adabiy-tanqidiy va ilmiy maqolalari bilan adabiy jarayonda ishtirok etib keladi. Umarali Normatovning ilmiy, adabiy-tanqidiy tadqiqotlari yangi o‘zbek adabiyoti tarixi, taraqqiyoti masalalariga, uning o‘ziga xos an’analari va novatorlik xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan.

Ilmiy faoliyatida realizm masalalari, 20-asr o‘zbek adabiyoti, adabiy jarayon hamda adabiy tanqidchiligining o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, Qodiriy, Sh. Xolmirzayev, P. Qodirov, O‘. Hoshimov va boshqa ijodkorlarning asarlari bilan bog‘liq masalalar muhim o‘rin egallaydi.

Umarali Normatov umumta’lim maktablarining 5-, 9-, 11-sinflari uchun «O‘zbek adabiyoti» darslik va majmualari, oliy o‘quv yurtlari uchun «20-asr o‘zbek adabiyoti tarixi» (1999) darsligi mualliflaridan biri. Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).

“Nasrimiz ufqlari” (1978) “Qalb inqilobi” (1986), “Qodiriy bog‘i” (1996), “Umumbaxsh tamoyillar” (2000), “Qahhorni anglash mashaqqati” (2000), kabi kitoblar muallifi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.