OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Xayriddin Saloh (1934-1969)

http://www.ziyouz.uz/images/ziyoli/xayriddin_saloh.jpgXayriddin Saloh (Salohiddinov Xayriddin) (1934.15.1 — Toshkent — 1969.5.6) — shoir. Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetini tugatgan (1957).

«O‘zbekiston madaniyati» (1963—66) gazetasi va «Gulxan» jurnalida (1968—69) adabiy xodim bo‘lib ishlagan.

«Chashma» (1959), «Ikkinchi imtihon» (1961), «Ishqim va rashkim» (1965), «Tug‘yon», «Na’matak» (1969), «Izlar va hislar» (1974), «Shu’lalar qo‘shig‘i» (1975), «Lirika» (1985) she’riy kitoblari va «Laylo», shoir Sultan Jo‘ra haqidagi «Yangroq hayot» (1969), Toshkent zilzilasiga bag‘ishlangan «Toshkent bilan suhbat» (1966) kabi dostonlar muallifi. Vafotidan so‘ng esa, «Izlar va hislar» (1974), «Lirika» (1985) kabi she’r va dostonlardan tarkib topgan kitoblari bosilgan.

U. G. Geyne, Bayron, M. Lermontov, T. Shevchenko, R. Hamzatov va b.ning ayrim asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.