OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Zulfiya Mo‘minova (1959)

http://ziyouz.uz/images/ziyoli/zulfiya_muminova.jpgZulfiya Mo‘minova 1959 yil 15 iyulda Samarqand viloyati Narpay tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetini bitirgan (1985).

“Saodat” jurnalida, “Sport” gazetasida, Sergeli tumani hokimiyatida, 2007 yildan Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi “Ta’lim muammolari” jurnali bosh muharriri lavozimida ishlagan.

Uning dastlabki she’riy to‘plami 1988 yilda «Vatan tashlab ketmaydi» nomi bilan nashr bo‘lgan. Shundan keyin “Beshiklarni asragin dunyo” (1988), “Samoga sochilgan yulduzlar”, “Istiqlol – oltin gulim”, “Yonayotgan ayol” (1993), “Qudratli yurtimga”, «Azizim, baxtiyorman» (1997), “Birinchi o‘qituvchim”, “Nikoh shartnomasi”, “Ayolga baxt bering”, “Bir kun dars qoldirgan bir umr pushaymondir” kabi kitoblar muallifi.

“Do‘stlik” ordeni (2001 yil), Mustaqillikning 10 yilligi va 20 yilligi ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.