OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Dunyodagi barcha insonlarni yuz kishiga qisqartirilsa…

 Dunyodagi barcha insonlarni tegishli o‘lchovlarni hisobga olgan holda 100 kishiga qisqartirilsa, bu jamoa aholisi quyidagi ko‘rinishda bo‘lgan bo‘lur edi:

57 osiyolik
21 yevropalik
14 amerikalik (shimoliy va janubiy)
8 afrikalik

ularning
52 nafari ayol
48 nafari erkak

70 tasi oq bo‘lmagan tanli kishi
30 tasi oq tanli kishi

6 kishi dunyodagi ja’mi boylikning 59%iga egalik qiladi va ularning bari AĶShlik kishilar bo‘ladi

80 kishida yetarli uy-joy sharoiti bo‘lmaydi
70 kishi savodsiz
50 tasi to‘yib ovqatlanmaydi
1 tasi o‘ladi
2 tasi tug‘adi
1 kishi kompyuterga ega
1 kishi oliy ma’lumotli bo‘ladi.

Agar dunyoga shu nuqtai nazar bilan qaralsa, birdamlik, bir-birini tushunish, sabru qanoat va ma’lumotga katta ehtiyoj borligi ma’lum bo‘ladi, bu haqda o‘ylab ko‘ring;

Agar tongda ikki muchangiz sog‘-omon uyg‘ongan esangiz, demak, siz ko‘zini bundan buyon ocholmaydigan 1 million kishidan baxtiyorroqsiz.;

Agar boshingizga urush olovi, turmadagi yolg‘izlik azobi, qiynoq va ochlik talvasasi tushmagan bo‘lsa, demak siz bu dunyodagi 500 million odamdan ba’tiyorroqsiz;

Agar siz ibodat qilishga hayiqmay borayotgan, hibsga olinish yoki o‘lim sharpasini sezmayotgan ekansiz, demak, dunyodagi 3 milliard odamdan baxtliroqsiz;

Agar muzlatgichingizda yeyishga ovqatingiz, kiyishga kiyimingiz va yotishga yotog‘ingiz bo‘lsa, demak, dunyodagi 5% kishidan boyroqdirsiz;

Agar bankda hisobingiz, cho‘ntakda pulingiz va ozroq jamg‘rmangiz bo‘lsa, demak, bu dunyodagi badavlat 8 % odamlar toifasiga kirasiz;

Agar siz ushbu matnni o‘qiyotgan bo‘lsangiz, demak, yana ikki karra baxti kulgan insonlardan biri ekansiz, negaki
1)    kimdir siz haqingzida o‘ylaydi
2)    siz dunyodagi o‘qishni bilmaydigan 2 milliard odam sirasiga kirmaysiz va
3)    sizning kompyuteringiz bor!

Kimdir qachonlardir shunday degan ekan:

-    xuddi pul kerak emasday ishla
-    hech kim senga hech qachon ozor bermaydiganday sevishda davom et
-    hech kim ko‘rmayotgan kabi raqsga tush
-    hech kimsa eshitmayotganiday qo‘shiq ayt
-    yashayotganing zaminni xuddi jannat bilib yashashda davom et!

A’zam Obidov tayyorladi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.