OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Mashhurlarning g‘aroyib taqdirlari

http://ziyouz.uz/images/bayron.jpg

Lord Bayron

Bayron o‘ta ta’sirchan va ehtirosli bo‘lgan. U his-tuyg‘ularini jamlay olmagani sabab telbalik kasaliga duchor bo‘lgan. Buyuk shoir to‘ladan kelgan, oqsoqlanib yuradigan, ammo juda ehtirosli ijodkor bo‘lgan. Ba’zi manbalarga ko‘ra, Venetsiyada bir yil davomida yashagan chog‘ida ikki yuzdan ziyod ayolga muhabbat izhor qilishga ulgurgan.

Charlz Dikkens

Odamlarni gipnoz qilish Dikkensning sevimli mashg‘uloti bo‘lgan. U o‘zining gipnozga oid qobiliyati va mashg‘ulotlarini xotinida sinab, uni uyqusizlik kasalidan davolashga harakat qiladi. Taniqli yozuvchi hamisha shimolga qarab uxlash va yozishni odat qilgan.

Lev Tolstoy

Lev Tolstoy umr yo‘ldoshi Sofiya Bers bilan turmush qurar ekan, to‘yining birinchi kunidayoq o‘z kundaligini xotini qo‘liga tutqazadi. Turmush qurishidan ilgari bo‘lib o‘tgan ishqiy munosabatlarini xotinidan yashirmaslik uchun shunday qiladi.

Frans Kafka

Frants Kafka bir muncha muddat sug‘urta kompaniyasida kotib vazifasida ishlagan. Hayotda u oddiy, shu bilan birga omadsiz ham bo‘lgan. Umri davomida bir necha hikoyalar chop ettirishga ulguradi, ammo ular adibga shuhrat keltirmagan. Vafotidan oldin do‘sti Maks Brodga barcha qo‘lyozmalarini yo‘q qilib yuborishni vasiyat qiladi. Ammo Maks aksincha qo‘lyozmalarni nashrga beradi. Shu tariqa Kafka vafotidan so‘ng mashhur yozuvchi sifatida taniladi.

Agata Kristi

Agata Kristi birinchi jahon urushi davrida harbiy gospitalda hamshira bo‘lgan. Oradan bir qancha vaqt o‘tib, dorixonada ishlaydi. Kristi har qanday zaharni bir qarashdayoq ajrata olgan. Negaki, uning detektiv asarlaridagi ko‘plab jinoyatchilar zahardan foydalanib qotillik sodir etishgan. Agata Kristi qo‘li bilan yoza olmaydigan disgrafiya kasaliga duchor bo‘lgani bois asarlarini aytib yozdirgan.

Ingliz tilidan Umida Mahmudova tarjimasi.

«O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining 2013 yil 4-sonidan olindi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.