OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Qadimgi dunyoning yetti mo'jizasi

Misr ehromlari

Nil daryosi g'arbidagi Giza shahrida 4-Dinastiya paytida (er.av. 2575-2467 y.) qurilgan. Eng eski 7 mo'jizadan faqatgima Misr ehromlari shu paytgacha deyarli zararlanmasdan saqlanib qolgan. Ehromlardan eng katta - Qirol Hufu, yoki katta Piramida deb ataladi. Uning egallagan maydoni 4.8 gektar (12 akr)ni tashkil etadi. Qadimgi yunon tarixchisi Gerodotning yozishicha, ehromlar uchun 10 yil joy hozirlashgan, qirol qabri joylashgan ehromni tiklash uchun 20 yil davomida 100000 dan ortiq qul ishlatilgan.

Ehromlarning eng yuksagi fir'avn Xufu (Xeops) piramidasidir. Uning balandligi 147 metr, bundan qariyb 5 ming yil ilgari, ua'ni miloddan avvalgi 28-asrda qurilgan. Xufu ehromining har bir tomoni 233 metrga teng, atrofini bir marta aylanib chiqish uchun bir kilometrga yaqin uo'l bosish kerak. Bu chrom silliqlab tarashlangan va jilo berilgan 2 million 300 mingta ohaktosh plitalaridan tiklangan. Har bir plitaning og'irligi ikki tonnaga yaqin. Kattaligi jihatidan Xufu ehromidan keyin fir'avn Xafra (Xefren) piramidasi turadi. U Xufu ehromidan 2 metr past. Bu fir'avnga tog'dek sag'ana ham karhlik qildi va u chrom oldida yaxlit qoya tiklatib, unga bosh qismi odam boshiga o xshatib ishlangan sher shaklini o'yishni buyurdi. Bu haykal Sfinks deb ataladi. Sfinks obrazi inson kabi donolik va sher kabi kuchlilik ramzini ifodalaydi. Mahalliy aholi uni «Abul Havl — dahshat otasi» deb yuritadi. Misrdagi bu topilmalar 20-asrda butun dunyoga mashhur bo'lib ketdi. Ayniqsa Tutanhomon sag'anasining topilishi juda katta shovshuvga sabab bo'ldi. Bundan 32 asr muqaddam yashagan bu fir'avnning piramidasi bizning kunlarimizgacha saqlanib qolgan ekan. Tutanhomon ehromi miloddan avval qanday qurilgan bo'Isa, olimlar ko'z o'ngida shundayligicha namoyon bo'ldi. Maqbara ichidan Qadimgi Misr saroylariga oid anchagina boyliklar — oltin va kumushdan yasalgan haykalchalar, turli idishlar, muhrlar topildi. Maqbaradagi juda ko'r jihozlar, oltin buyumlarga va niqoblar bilan bezatilgan fir'avnning mo'miyolangan jasadiga ham qo'l tekkizilmagan edi. Tutanhomon boyliklari jahondagi ko'r mamlakatlarda namoyish qilindi.

***************************************
Bobil osma bog'lari

Qirol Nebuchadnezzar II tomonidan er.av. taxminan 600 yilda barpo etilgan. Bobil osma bog'lari tog'ga ayvon usulida qurilgan. Qadimgi tarixchilarning xabar berishicha, o'sha paytlarda Bobil buyuk davlat bo'lib, o'zining devorlari, saroy, qasr va dahmalari bilan mashhur bo'lgan. Osma bog'lar ustun qilib yuqoriga ko'tarilgan birnecha ayvonlardan tashkil topgan. Ularning balandligi 24 metrdan 90 metrgacha yetgan. Daraxtlar va gullar ayvon ustida o'sgan va ular Furot daryosi suvi bilan sug'orilgan. Arxeologlar Furot daryosi bo'ylaridan osma bog'larga tegishli deb taxmin qilinayotgan devorlarni topishgan.

Bu bog'lar qadimgi Sharqning eng katta va badavlat shahari — Bobilda (hozirgi Iroq davlati hududida) bo'lgan. Samoviy bog'laming yaratilishi rivoyatlarda ayol podsho Semiramida (Shammuramat) nomi bilan bog'lanadi. Aslida esa ular podsho Navuxodonosor farmoyishi bilan miloddan avvalgi 6-asrda bunyod etilgan. Podsho o'z saroy- ini baland sun'iy maydon ustiga qurgan. Maydonga qavat-qavat ayvonlar orqali chiqilgan. Har bir qavat aylana-qubba shaklida bajarilib, ularni baland tosh ustun tutib turgan. Ayvonlarning usti qamish bilan yopilib, ustidan g'isht terilgan, so'ng qo'rg'oshin plastinkalar yotqizilgan. Keyin yuqoriga juda ko'r miqdorda tuproq chiqarilib, butun tom bo'ylab qalin qilib solingan. Har bir qavatda daraxtlar o'tqazilib, go'zal bog'lar yaratilgan. Bu bog'larni sug'orish uchun suvni Furot daryosidan olganlar. Suvni tepaga ko'tarib beradigan, charm idishlar o'rnatilgan ulkan charxpalakni yuzlab qullar kecha-yu-kunduz aylantirib turishgan. Bobildagi samoviy bog'lar shu darajada go'zal ediki, uni yetti iqlimda uo'q «bog'i eram» deb madh etishar edi. Afsus, hozirgi zamon sayyohlari bu bog'larni ko'ra olmaydilar. Furot daryosining dahshatli suv toshqini uni vayronaga aylantirdi. Hozir u bog'lar o'rnida minora cha ayvonlarning xarobalari qolgan, xolos.

***************************************
Olimpdagi Zevs haykali

Eramizdan avvalgi 5 asrda yunon haykaltaroshi Fidiy tomonidan yasalgan. Bu haykal Olimpiya o'yinlari o'tkaziladigan Olimp tog'idagi Zevs ibodatxonasining markazida bo'lgan. Bu haykaltarosh Fidiyning shedevri edi. Yunon xudolari qiroli Zevsning o'tirgan haykali 12 metrni tashkil qilgan va qalay va oltindan ishlangan. Eramizning 6 asrida yuz bergan kuchli zilzila va keyinchalik Konstantinopolning yoqib yuborilishi oqibatida buzilib ketgan.

Gretsiyaning janubida, Olimp tog'lari etagida, Olimpiada o'yinlari vatanida shuhrati olamga taralgan ibodatxona bo'lib, uning to'rida yunonlarning oliy xudosi- Zevs qiyofasi tasvirlangan haykal o'rnatilgan. Bu haykal o'z zamonasining mashhur haykaltaroshi Fidiy tomonidan 2400-yildan ko'proq vaqt ilgari, miloddan avvalgi 5-asrda yasalgan. Zevs haykali- to'rtinchi «mo'jiza»dir. Haykal nihoyatda ulug'vor bo'lib, balandligi 14 metr. Zevs xudosi oltin, fil suyagi, qora daraxt va qimmatbaho toshlardan ishlangan taxtda o'tirgan. Uning boshi zaytun daraxti novdalaridan yasalgan gulchambar bilan bezatilgan. Bu — xudolar va odamlar hukmdori, osmon, momaqaldiroq xudosining tinchliksevarligi belgisi. Zevsning boshi, yelkasi, qo'Pap fil suyagidan ishlangan, chap yelkasiga tashlangan kiyimi, sochi va soqoli oltindan yasalgan. Fidiy Zevsni insonlarga xos olihimmat qiyofada ifodaladi. Uning soqol bilan qoplangan va sochlari to'zg'igan qiyofasida faqat salobat, ulug'vorlik emas, olijanoblik, ezgulik balqib turadi. Go'uo uning lablarida hozir tabassum paydo bo'ladiyu, azimkor qaddini rostlab, taxtdan turadiganday tuyuladi. Afsuski, bu haykal ham bizgacha yetib kelmagan: yong'in vaqtida batamom vayron bo'lgan. Hozirgi vaqtda tarixchilar yunon yilnomachilari yozib qoldirgan ma'lumotlar asosida Zevs haykalini tasvirlab bermoqdalar.

***************************************
Efesdagi Artemida ibodatxonasi

Kichik Osiyoda joylashgan bu ibodatxona er.av. 356 yilda qurilgan. Artemida qadimgi Rimda Diana nomi bilan mashhur bo'lib, ov ilohasi bo'lgan. Ushbu iloha sharafiga Efesda (hozirda Turkiyada) er.av. 6 asrda ibodatxona qurilib, yonib ketgandan keyin er.av. 356 yilda qayta tiklanadi. Arxeologlarning aytishicha, ibodatxona uzunasiga 104 metr, yonmachasiga 50 metrni tashkil etgan. Uning tosh ustunlari esa 18 metrdan baland bo'lgan. Ibodatxona Gotlar tomonidan 262 yili yakson qilingan.

Kichik Osiyoning Efes shahridagi yunon ma'budasi Artemida ibodatxonasi dunyo «mo'jizasi » ning uchinchisi hisob lan adi. B u ibodatxona marmardan ishlangan bo'lib, qariyb 120-yil davomida qurilgan va miloddan avval 550-yilga yaqin tugallangan. Koshona g'oyat hashamatli qilib bezatilgan, peshtoqiga noyob haykalchalar ishlangan. Miloddan avvalgi 356-yilda Gerostrat degan kimsa nom chiqarish maqsadida ibodatxonaga o't qo'yadi. Lekin uning nomi tarixda bema'ni vahshiylik ramzi bo'lib qoldi.

***************************************
Galikarnas dahmasi

Eramizdan avvalgi 353 yili vafot etgan Karia qiroli Mausolusga atab marmardan ishlangan bu dahma Kichik Osiyoda joylashgan. Galikarnas dahmasi hozirda Turkiyaning janubi-g'arbida joylashgan bo'lib, uni qirolicha Artemisiya eri va akasi sharafiga qurdirgan. Kuchli zilzila tufayli dahma buzilib ketgan va keyinchalik undan qurilish materiallari sifatida foydalanilgan. Hozirda dahmadan faqatgina ba'zi fragmentlar saqlanib qolgan, xolos.

Dunyoning beshinchi «mo'jiza»si Kichik Osiyoda, uncha katta bo'Imagan Kanya podsholigi poytaxti — Galikarnas (Turkiyaning hozirgi Bodrum shahri)dagi podsho Mavsol va uning xotini Artemisiya maqbarasidir. Nihoyatda muhtasham bo'lgan bu maqbara miloddan avval 4-asr o'rtalarida qurilgan. Maqbara binosi uch qavatdan iborat bo'lib, birinchi qavati zinasimon poydevor shaklida oq marmardan ishlangan. Bu qavatda podsho va uning xotini qabrlari qo'yilgan. Ikkinchi qavatda chiroyli marmar ustunlar bilan bezatilgan xonalar bo'lib, bu xonalar podsho cha malika sharafiga turli marosimlar oFa'v uchun mo'ljallangan edi. Keyingi qavat bino tomiga qadar zinasimon piramida shaklida, marmardan ishlanib, eng yuqori qismida to'rt ot qo'shilgan aravani haydab borayotgan Mavsol va Artemiziya tasviri marmar haykal tarzida ifoda etilgan edi. Maqbaraning kiraverish qismida marmardan yasalgan sher haykallari hamda ot yeldirib borayotgan chavandozlar tasvirlangan edi. 
Mavsol va malika haykali, shuningdek: maqbaraning ba'zi bezak buyumlari hozir Londondagi Britaniya muzeyda saqlanadi. Maqbara so'zining yunoncha nomi — «mavzoley» podsho Mavsol ismidan olingan.

***************************************
Rodosdagi haykal

Qadimgi yunonlarning quyosh xudosi Geliosning bronzadan ishlangan ulkan haykali er.av. taxminan 280 yilda qurilgan. Rodos qo'tig'iga kirishni qo'riqlaydigan bu haykal Kichik Osiyo qirg'oqlaridagi grek orollaridan birida joylashgan. Afsonaga ko'ra ushbu haykal 32 metr balandlikni tashkil etgan. Er.av. 224 yildagi zilzila haykalni yakson qilgan.

Miloddan avval 4-asrda Rodos oroliga Iskandar Zulqarnayn sarkardalaridan biri — Antigonning o'g'li Demetriy hujum qiladi. Biroq,erksevar rodosliklarning mardona qarahiliklari tufayli bu makkor sarkarda boy va qudratli orolni qo'lga kirita olmaydi. Mana shu ajoyib g'alabadan xotira qoldirish uchun mudofaachilar dunyoda eng katta haykal o'rnatmoqchi bo'ldilar. Rodoslik Koloss (yunonlar baland haykalni shunday atashgan) nomi bilan mashhur bo'lgan bu haykal dunyoning oltinchi «mojiza»si hisoblanadi. Maydonda balandligi 37 metrli bronzadan yasalgan o'spirinning qiyofasi qad ko'targan. Uning baquvvat oyoqlari sal kerilgan, o'ng qo'lining kafti esa ko'zlari ro'parasiga qadar oldinga ko'tarilgan. Qaddini bir ozgina orqaga tashlab, nigohini uzoq-uzoqlarga qaratgan. Boshi atrofga nur sochib turgan gulchambar bilan bezatilgan. Bu Quyosh xudosi — Geliosning tasviri bo'lib, orol aholisi bu xudoni o'zlarining homiylari deb hisoblashgan. Rivoyatlarga qaraganda, Rodos oroli dastlab dengiz ostida ekan, uni yorug'likka Quyosh xudosi Gelios olib chiqqan emish. Shu sababli Rodos orolini Gelios oroli deb ham ataydilar.

***************************************
Iskandariya mayog'i

Misrning Iskandariya shahri yaqinida joylashgan qadimiy mayoq. Ushbu mayoq Ptolemy II davrida, er.av. taxminan 280 yilda qurilgan bo'lib, balandligi 134 metrni (40 qavaqtli bino balandligi bilan teng) tashkil etgan. Uning eng baland qismiga olov yoqib qo'yilardi, bu esa dengizchilarning manzilni tez topib olishlari uchun qulay bo'lardi. 955 yilda ro'y bergan bo'ron va zilzila oqibatida mayoq qancha zarar topdi, 14 asrgacha esa zilzila oqibatida umuman buzilib ketdi.

Miloddan avvalgi 227-yilda zilzila natijasida vayron bo'lgan yettinchi «mo'jiza» Misrda Nil daryosining dengizga quyilish joyida, Faros orolida bo'Igan. Uni Iskandariya mayog'i deb atashgan. Iskandar Zulqarnayn Misrni zabt etgandan keyin o'ziga yangi poytaxt — Iskandariya shahrini quradi. Shahar dengiz sohilida bunyod etilganligi uchun savdo-sotiq rivojlanib, tez orada yuksak madaniyatli, fan taraqqiy etgan shaharga aylanadi. Hashamatli saroylar, qasrlar, go'zal binolar quriladi. Shaharga Metalar qatnovini yaxshilash uchun miloddan avvalgi 280-yilda Faros orolining sharq tomonida — Iskandariya shahri yonida mayoq qurishga qaror qilindi. Uning loyihasini o'z zamonasining mashhur va talantli me'mori Knidli Sostrat yaratgan. Mayoq minora shaklida qurilgan. U uch qavatli bo'lib, balandligi 120 metr edi. Mayoq poydevori kvadrat shaklida, har bir tomoni 30,5 metrga teng edi. Uni dastlab xarsang plitalar bilan ishlab, ikkinchi qavatini sakkiz qirrali toshlardan qurishgan va ajoyib marmar plitalar bilan pardoz berishgan. Minoraning qirralari sakkiz tomondan esadigan asosiy shamol uo'nalishlariga mo'ljallab qurilgan. Uchinchi qavati esa yumaloq qubbali minora shaklida bo'lib, uning ustiga dengiz xudosi Poseydonning bronzadan ishlangan ulkan haykali o'rnatilgan edi. Uchinchi qavatning qubbalarini granit ustunlar tutib turar edi. Xuddi mana shu yerda gulxan yoqilardi. Gulxan alangasi uzoq masofadan ko'rinib turishi uchun maxsus ko'zgular o'rnatilgan edi. Yoqilg'ini eng yuqori qavatgacha eshaklarga ortib olib chiqishgan. Aylanma zinalar shunday qurilgan ediki, ustiga yoqilg'i ortilgan eshaklar bu zinalardan bemalol yuqoriga chiqa olgan. Mayoqdagi xonalarda butun boshli bir garnizon askarni joylashtirsa bo'lardi. Mayoq kemalarga uo'l ko'rsatibgina qolmay, o'ziga xos kuzatuv punkti ham bo'Igan. Arab tarixchilarining yozishlariga qaraganda, mayoqning ikkinchi qavatini, ua'ni sakkiz qirrali minorani juda ko'r bronza haykalchalar bezab turgan. Haykalchalardan biri Quyosh qaysi tomonga o tsa, o sha tomonga qarab olarkan. Boshqa bir haykalcha kecha-yu kunduzi har soatda bir marta bong urgan. Yana bir haykalcha dushman kemasi yaqinlashayotganda harakatga kelib, dengizga ishora qilgan va ovoz chiqarib xabar bergan. Albatta, bu hikoyalar mubolag'adan xoli emas, lekin shu narsa aniqki, Farosdagi mayoq dunyoda tengi uo'q, yagona inshoot bo'lgan. Zamonlar o'tishi bilan nam havo va to'xtovsiz shamollar mayoqqa o'z ta'sirini o'tkazdi. 14-asrdagi zilzila natijasida mayoq batamom vayron bo'Idi. Bizgacha mayoq- ning poydevorigina yetib kelgan, xolos.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.