OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Qanday choy foydali: ko‘kmi yoki qora?

http://ziyouz.uz/images/choy.jpg

Iqlimi nisbatan sovuq mintaqalarda qora choyni xush ko‘rishsa-da, mutaxassislar fikricha, ko‘k choy foydaliroq ekan. Choy tayyorlash texnologiyasi nafaqat choyning tabiiy rangi va xushbo‘y hidini, ayni chog‘da tarkibidagi darmondorilarni ham saqlab qolish imkonini beradi. Shu bois bu huzurbaxsh ichimlik xususiyatlaridan bilib foydalanganda tansihatligimiz uchun katta foyda olishimiz mumkin. Biroq biz...

S darmondorisi ko‘k choyda qora choydagiga nicbatan o‘n barobar ko‘p. Qon tomirlari devorining mustahkamligini oshiradigan R vitamini miqdoriga ko‘ra esako‘k choy «chempion» hisoblanadi. Ko‘k choy tarkibidagi ushbu darmondorlar bir-birining foydali ta’sirini kuchaytiradi, V guruhidagi vitaminlar majmui esa, asab tizimi ishini me’yorga solib, teriga va modda almashinuviga yaxshi ta’sir etadi.

Ko‘k choy tarkibidagi katexinlar erkin radikallar bilan kurashib organizmning qarish jarayonini susaytiradi va saratondan himoyalaydi. Ko‘k choyning jamiki xususiyatlarini batafsil o‘rganayotgan Yaponiyadagi saraton xastaligi kelib chiqishini tadqiq etish markazi mutaxassislari ko‘k choyni muntazam ichish o‘smalarning paydo bo‘lish xavfini kamaytirishini icbotlashgan. Uning tarkibidagi tanin moddasi taom hazm bo‘lishini yengillashtirib, meda-ichak yo‘li ishini faollashtiradi, bu esa ortiqcha vaznga qarshi kurash demakdir. Markaziy Osiyo aholisi qadim-qadimdan yog‘li taomdan so‘ng me’dadagi og‘irlikni bartaraf etish uchun bosib-bosib ko‘k choy ichadi. Ko‘k choydagi pektinlar yog‘larni tez parchalaydi va yog‘lar zahiraga aylanmay tanaga yengil singib-o‘zlashib ketadi. Ko‘k choy yog‘larni parchalash orqali qondagi xolesterin miqdorini tushiradi va ateroskleroz paydo bo‘lishini orqaga suradi.

Taomdan zaharlanishni bartaraf etish va ichakdagi bakteriyalarni qirishda ham ko‘k choyning oldiga tushadigan ichimlik topilmaydi. O‘tgan asrning elliginchi yillaridayoq turkmanistonlik olimlar ko‘k choyning bosh­qa turdoshlariga qaraganda kuchli bakteriya qirish xususiyatini aniqlashgandi. Ko‘k choy me’da va ichaklarni, tanani zararli unsurlardan tozalaydi, uning siydik haydash xususiyati esa buyrakni zahar va tuzlardan xoli qiladi. Ko‘k choy ichib terlaganda zararli moddalar ter bilan chiqib ketadi. Ayni chog‘da teridagi tiqilmalar co‘rilib, teri yengil nafas ola boshlaydi va tananing umumiy holati yaxshilanadi.

Yana shuni ham unutmangki, biz har kuni ertadan kechgacha quyosh radiatsiyasidan tortib, u qadar bezarar bo‘lmagan elektromagnit to‘lqinlari tarqatuvchi televizor, kompyuter, turli maishiy texnika vositalarining salbiy ta’siri doirasida bo‘lamiz. Ko‘k choy ushbu “elektron notozaliklar”dan ham bizni muhofazalaydi, ularni organizmdan yengil chiqarib yubora oladi. Demak, tanamiz nurlanishdan kamroq zarar ko‘radi. Choy bosh miya tomirlarini kengaytirib, qon va kislorod bilan ta’minlanishni yaxshilaydi. Natijada miya faollashadi. Ko‘k choyning asab, nafas olish va yurak-qon tomir tizimlariga kompleks ta’siri tufayli tananing umumiy hayotiy faolligi mustahkamlanadi, ish qobiliyati oshadi.

Ko‘k choyni damlashda ham hikmat ko‘p. Avvalo, choy damlash uchun qaynatiladigan suv yumshoq bo‘lishi kerak. Agar suv cifatciz bo‘lsa, eng yaxshi choyning ham ta’mini buzadi. Ilmiy tadqiqotlarga asoslangan choy damlash san’atining ayrim sirlarini bilib qo‘yish foydadan xoli emas. Shisha idishlarga qadoqlangan va uyda suzgich yordamida tozalab yumshoq holga keltirilgan sifatli suv yaxshi choy damlash uchun ayni muddao. Takror qaynatilgan suvga damlanganda ham choy ta’mi buziladi.

Ko‘k choy damlangandan so‘ng uni choynakda uzoq qoldirmang. Akc holda choy yaproqlari ivib, darmondorilar yo‘qoladi. Xitoyda ko‘k choy choynakda emas, bevosita piyola yoki boshqa chinni idishga damlanadi, co‘ng usti maxsus qopqoq bilan yopib qo‘yiladi. Bunda o‘sha idishga bir yoki bir yarim choy qoshiq choy solinib, idishning to‘rtdan uch qismiga qaynab sal hovuri bocilgan suv quyuladi. Co‘ng choy 2-3 daqiqa tindiriladi. Piyoladagi choy bir marta ichib bo‘linca ham, choy shammasi olib tashlanmaydi, u kun davomida yana ikki marta damlashga yaroqli hicoblanadi. Shunday qilinganda choy yaprog‘i o‘zidagi barcha “boylik”larni to‘la-to‘kis in’om etadi. Birinchi marta damlanganda choyning hidi chiqadi-yu, biroq ta’mining o‘tkirligi u qadar bilinmaydi. Choyning haqiqiy ta’mi ikkinchi va uchinchi damlashda chiqadi.

Yirik yaproqli choylar odatda xushbo‘yroq, mayda yaproqlilari esa o‘tkir va taxirroq bo‘ladi. Oliy navli choylar o‘simlikning eng yuqoridagi yaproqchalaridan tayyorlanadi.

Ko‘k choy bilan shirinlik u qadar moslashmaydi, biroq ta’bga ko‘ra, og‘izni shirin qilish uchungina shirinlik qo‘shilca ziyon qilmaydi. Negaki, ko‘k choy shu qadar nozik mahsulotki, har qanday shirinlik, murabbo yoki asal uning ta’mini tanib bo‘lmas darajada o‘zgartiradi.

Ko‘k choyning yana bir jihatini ham aytib o‘tish joiz. Ispaniya va AQSh olimlari tadqiqot o‘tkazib, salomatlik uchun foydali hisoblanadigan ko‘k choy jigar uchun zararli degan xulosaga kelishdi. Ispaniyaning Mursi universitetidagi Jon Innes markazi olimlari ko‘k choy foliy kislotasining (V9 darmondorisi) tanaga singishiga to‘sqinlik qilishini aniqlagan. MedikForum.ru. saytidagi xabarga ko‘ra, ispaniyalik olimlar fikricha ko‘k choyni kuniga faqat ikki-uch chashka ichib qo‘yilsa, zararli ta’siri bo‘lar ekan.

Nyu-Jersidagi davlat universiteti olimlari izohiga ko‘ra, ko‘k choy jigarda degenerativ jarayonlarni qo‘zg‘arkan. Muntazam ko‘k choy ichilganda jigarning to‘qima hujayralarida salbiy o‘zgarish paydo qiladigan polifenollar organizmda ko‘payarkan. Kuniga ikki piyola choy ichadigan odamlarning jigari salomatligiga ko‘k choy ta’sir ko‘rcatadi, deyishadi olimlar.

        “AiF”ning 2012 yil 52-sonidan “O‘zAS” tarjimasi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.