OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Portal tarixi

Portaldagi ma'lumotlar kaminaning 14-15 yillik qiziqish va intilishlari samarasidir. Yoshligimdan turli xil ajoyibu-g'aroyibotlarga qiziqishim bois, dastavval kichik daftarlar, so‘ngra kundaliklarga ma'lumotlar yig'ib yurardim. Hozirda mana shunday daftarlardan 7 tasi mavjud bo‘lib, unda 7 yillik axborotlar yig‘ilgan. Dastlabki yillari Ziyouz da ham ana shu ma'lumotlardan foydalanildi. 

2004-yil, 9-aprel. Ziyouz portali ilk bor dunyo yuzini ko'rdi. O'shanda saytda 20 ta maqola mavjud edi. Ilk bor ziyouz portali ziyo-uz.land.ru manzili ostida faoliyat olib borgan. Yarim yil ichida saytdagi maqolalar soni 300 taga yetgan. 

2004-yil, 8-dekabr. O'zbek tilida ilk bor boshqotirmalar sayti ish boshladi. O'shanda sayt manzili: ziyo.pochta.ru edi. O'sha paytda saytga 100 ga yaqin krossvord, skanvord va boshqotirmalar kiritilgandi.

2005-yil, 14-may. Saytda forum ishlay boshladi. Ziyo istagan qalblarning ilk forumi ziyouz.proboards20.com manzilida edi. Ushbu forum o'zbek tilidagi ilk forumlardan biri edi.

2005-yil, 1-sentabr. Land.rudagi bepul hostingga maqolalar sig'maganligi bois, sayt ziyo-uz.narod.ru manziliga ko'chirildi. O'sha paytda saytdagi "Yangiliklar", "Islom", "Iqtisod", "Siyosat", "Ma'rifat", "Ajoyibotlar" bo'limlarida 500 dan ortiq maqola jamlangandi.

2006-yil, 25-yanvar. "Xalq so'zi" gazetasida chop etilgan "Ayb faqat yoshlardami?"maqolasida ziyo-uz.narod.ru sayti haqida iliq fikrlar bildirildi. Ushbu maqola portalimiz haqida rasmiy ommaviy axborot vositalarida e'lon qilingan ilk xabar edi.

2006-yil, 12-iyun. Ziyouz portali rasman "mustaqillikka erishdi". Turli bepul, lekin xarxashali hostinglardan qochib, mustaqil ravishda www.ziyouz.com nomi ostida yangidan faoliyat boshlandi. Dastlab ruweb.netdan olingan hosting 50 Mb hajmda edi. Oyiga esa 1000 Mb traffik berilardi. Bu traffik esa oyning 10-15 kunida tugab qolar, qolgan kunlari sayt ishlamay turardi. Sayt avval html da yasalgan edi. Yangi hostingga dastlab Joomla platformasi o'rnatildi.

2006-yil, 13-iyun. Portaldagi Islom bo'limi alohida ajratilib, islom.ziyouz.com manzilida faoliyat boshladi.

2006-yil, 14-iyun. Ziyouz forumi yangi manzilda ish boshladi: forum.ziyouz.com. Avvalgi forum yopilib, undagi mavzular mundarijasi yangi forumga ko'chirildi. Avvalgi forumda 4000 ga yaqin a'zo, 15000 ga yaqin mulohaza mavjud edi.

2006-yil, 15-iyul. Birinchi o'zbekcha krossvord, skanvord va boshqotirmalar sayti yangi manzilda faoliyat boshladi: kross.ziyouz.com.

2006-yil, 1-sentabr. O'zbek tilida ilk marta tabriknomalar sayti tashkil etildi: cards.ziyouz.com.

2007-yil, 27-mart. O'zbekiston shaharlari fotogalereyasi tashkil etildi: photo.ziyouz.com. Ayni paytda ushbu galereyada 730 ta rasm mavjud.

2008-yil, 14-aprel. "O'zbekiston" telekanalining "Assalom, O'zbekiston!" dasturida www.ziyouz.com portali haqida lavha berildi. 

2008-yil, 27-iyun. www.ziyouz.com portali tashkil etgan "Biz Islomni bilamizmi?" tanlovining 1-bosqichi yakunlandi. Unda Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v. siyratlaridan 200 ta savol berildi. 52 kishi ishtirok etdi.

2008-yil, 17-dekabr. www.ziyouz.com portali tashkil etgan "Biz Islomni bilamizmi?" tanlovining 2-bosqichi yakunlandi. Unda Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v. siyratlaridan 200 ta savol berildi. 29 kishi ishtirok etdi.

2009-yil, 15-yanvar. "Kelajak ovozi" gazetasida 1 sahifalik "www.ziyouz.com: Ziyo istagan qalblar uchun!" maqolasi chop etildi.

2009-yil, 4-fevral. www.ziyouz.com bilan hamkorlikda Xoja Ahmad Yassaviyning yangi topilgan hikmatlari hamda eski hikmatlar yig'ilib, turk tiliga tarjima qilinib, "Divan-i Hikmet" nomi ostida (Dr. Hayati Bice tayyorlagan, 520 sahifa) Anqarada chop etildi. Ayni kitob 2011-yili ham 6-marta bosmadan chiqdi. Shuningdek, portalimiz bilan hamkorlikda Najmiddin Kubro, Abduxoliq G'ijduvoniy, Yusuf Hamadoniy asarlari ham turk tiliga tarjima qilindi.

2009-yil, 15-iyun. "Yoshlar" telekanalining "Davr yoshlari" ko'rsatuvida Ziyouz portali haqida hikoya qilindi. Ayni shu reportaj "Toshkent" telekanalida ham namoyish etildi.

2009-yil, 14-iyul. "Ishonch" gazetasida www.ziyouz.com portali haqida "Taralayotgan ziyo" maqolasi chop etildi.

2009-yil, 20-oktabr. "Jannatmakon" jurnalida "XXI asr yozma og'zaki tili haqida o'ylar" umumiy sarlavhasi ostida Ziyouz.com portali haqida ham 2 betlik maqola chop etildi.

2010-yil, 27-fevral. www.ziyouz.com portali tashkil etgan "Biz Islomni bilamizmi?" tanlovining 3-bosqichi yakunlandi. Unda Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v. siyratlaridan 200 ta savol berildi. 36 kishi ishtirok etdi.

2010-yil, 22-noyabr. www.ziyouz.com portali tashkil etgan "Biz Islomni bilamizmi?" tanlovining 4-bosqichi yakunlandi. Unda Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v. siyratlaridan 200 ta savol berildi. 46 kishi ishtirok etdi.

2010-yil, 17-dekabr. "O'zbekiston adabiyoti va san'ati" gazetasida www.ziyouz.com ma'naviy portalida Alisher Navoiyning "Xamsa"si to'liq elektron variantda joylanganligi haqida xabar e'lon qilindi.

2011-yil, 14-aprel. "Jamiyat" gazetasida e'lon qilingan "Internetda ijod istiqboli" maqolasida www.ziyouz.com ning ma'lumotlar bazasi haqida eslab o'tildi.

2011-yil, 27-may. Portalimiz bilan hamkorlikda Janubiy Koreyaning Pusan shahrida "Ona Vatan ertaklari" nomli kitob O'zbek va koreys tillarida chop etildi. 

2011-yil, 6-iyun. Ziyouz.com portali uznetda ham o'z nomiga ega bo'ldi: www.ziyouz.uz

2011-yil, 30-iyun. Portalimiz Facebook tarmog'ida ham o'z sahifasiga ega bo'ldi: https://www.facebook.com/ziyouzcom

2011-yil, 15-avgust. AQShda chop etiladigan "Vatandosh" gazetasining "Foydali sayt" ruknida www.ziyouz.com haqida maqola chop etildi.

2011-yil, 23-sentabr. www.ziyouz.com portali tashkil etgan "Biz Islomni bilamizmi?" tanlovining 5-bosqichi yakunlandi. Unda Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v. siyratlaridan 140 ta savol berildi. 42 kishi ishtirok etdi.

2012-yil, 9-fevral. Ulug' bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan "O'zbekiston" kanalining "Assalom, O'zbekiston" dasturida Navoiy asarlarining internetda joylanishi mavzusida www.ziyouz.com haqida alohida ta'kidlandi.

2012-yil, 15-fevral. Ayni paytda portalimizdan 6184 ta ilmiy-ommabop, marifiy maqolalar, 1532 ta elektron kitob (PDF, HTM, DJVU, MP3, JAR formatlarida), o'zbek adabiyotidan 675 ta hikoya, 280 ta hajviya, jahon adabiyotidan 197 ta hikoya, 600dan ortiq ijodkorning faoliyatiga oid ma'lumotlar, o'zbek mumtoz she'riyatidan namunalar (66 ijodkor), zamonaviy o'zbek she'riyati namunalari (168 ijodkor), jahon she'riyati namunalari (206 ijodkor), 10000 dan ortiq o'zbek maqollari, 5000 ga yaqin jahon xalqlari maqollari, 265 ta hikoyat, 30000 ga yaqin hikmatli so'z va aforizmlar,1500 ta topishmoq, 100 ga yaqin xalq ertaklari, yurtimiz haqida 900 dan ortiq fotosuratlar, 200 ga yaqin rasmli tabriknomalar o'rin olgan. 
Portal forumida 130 bo'lim, 5258 mavzuda 336574 ta post qoldirilgan. 
Islom.ziyouz.com saytida muqaddasi dinimizga oid 2313 ta maqola va ma'lumotlar mavjud. 
Ziyouz.com saytida jami o'qilgan sahifalar soni 19 979 922 tani, forum.ziyouz.comda48 196 655 tani, islom.ziyouz.comda 4 980 808 tani, kross.ziyouz.comda 1 034 669tani tashkil etmoqda.
www.uz reytinggiga ko'ra, portalimiz O'zbekiston saytlari orasida 40-o'rinni egallab turibdi (14.02.2012 kuni 2997 ta tashrif (host), 22606 o'qilgan sahifa (xit). Openstat reytinggiga ko'ra esa, 14.02.2012 kuni saytimizga 4817 kishi tashrif buyurgan, 23282ta sahifa o'qilgan. O'zbekiston forumlari reytingida forum.ziyouz.com 11-o'rinni egallab turibdi.
Ziyouz.com bilan hamkorlikda Sharqiy Turkistonda birqancha o'zbek asarlari tarjima qilindi. Shuningdek, jahon adabiyoti asarlari ham o'zbek tili orqali uyg'urchaga tarjima qilindi. Afg'onistonda ham birqancha o'zbek hikoya va qissalari eski o'zbek tilida, eski yozuvda chop etildi. Shuningdek, jahon adabiyotidan hikoyalar ham o'zbek tili orqali Afg'onistondagi o'zbeklar uchun eski o'zbek tilida tayyorlandi. Turkiyada ilmiy ish o'laroq O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" romani, Xudoyberdi To'xtaboyevning "Jannati odamlar" romani, Oybekning "Qutlug' qon", "Ulug' yo'l" romanlari tarjima qilindi.

2012-yil, 6-aprel. Facebook tarmog‘idagi muxlislarimiz soni 1000 taga yetdi.

2012-yil, 30-aprel. BBC radiosining o‘zbek xizmati saytida www.ziyouz.com faoliyati haqida radio suhbat o‘tkazildi. Ushbu suhbat asosida radio saytida "Nega kutubxonalarimiz bozorlarimizday gavjum emas?" deb nomlangan intervyu chop etildi.

2012-yil, 18-iyul. «Экономическое обозрение» jurnalining 2012 yil № 5-sonida Jamoliddin Turdimovning «Узнет: ўзбекча гапирамиз» (О перспективах и проблемах ориентации на узбекскоговорящую аудиторию) maqolasi e’lon qilindi. Maqolada Ziyouz.com portali muharriri Davronbek Tojialiyevning ham fikrlari e’lon qilinib, portal haqida ham iliq fikrlar bildirildi.

2012-yil, 20-avgust. O‘zbek interneti tarixida o‘zbek tilidagi eng ko‘p kitob kiritilgan kun bo‘ldi. Ayni shu kun ziyouz.com portaliga 152 ta yangi kitob yuklandi. Portalimizdagi jami kitoblar soni 2135 tani tashkil etdi! Bundan oldingi rekord 2011 yil, 5 fevral kuni o‘rnatilgan edi. O‘shanda portalga bir kunda 81 ta yangi kitob yuklangan edi.

2012-yil, 24-sentabr. UZ Milliy domeni Internet-festivalining “Fan va ta’lim sohasida eng yaxshi sayt” yo‘nalishida www.ziyouz.uz portali birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

2012-yil, 6-dekabr. Elektron kitoblarimiz soni 3000 dan oshdi.

2013-yil, 13-yanvar. BBC saytida «O‘zbek tilidagi eng mashhur veb-sayt qaysi?» deb nomlangan maqola e’lon qilindi. Unda ziyouz.com portali faoliyati yoritildi.

2013-yil, 8-mart. «O‘znet yoki O‘zbekcha gapiramiz» maqolasi o‘zbek tilida e’lon qilindi.

2013-yil, 9-aprel. Ayni paytda www.ziyouz.com portalidan 13867 ta (asosiy portalda 7996 ta, islom.ziyouz.com da 2335 ta, www.ziyouz.uz da 2383 ta, ruscha sahifada 1085 ta, inglizcha sahifada 68 ta) ilmiy-ommabop, ma’rifiy maqolalar, 3367 ta elektron kitob (PDF, HTM, DJVU, MP3, JAR formatlarida), o‘zbek adabiyotidan 1671 ta nasriy asar, jahon adabiyotidan 465 ta nasriy asar, 600 dan ortiq ijodkorning faoliyatiga oid ma’lumotlar, o‘zbek mumtoz she’riyatidan namunalar (124 ijodkor), zamonaviy o‘zbek she’riyati namunalari (281 ijodkor), jahon she’riyati namunalari (246 ijodkor), 10000 dan ortiq o‘zbek maqollari, 5000 ga yaqin jahon xalqlari maqollari, 265 ta hikoyat, 30000 ga yaqin hikmatli so‘z va aforizmlar, 1500 ta topishmoq, 100 ga yaqin xalq ertaklari, yurtimiz haqida 900 dan ortiq fotosuratlar, 200 ga yaqin rasmli tabriknomalar o‘rin olgan.
Kuniga portalga 5000-6000 foydalanuvchi tashrif buyuradi (www.uz reytingiga ko‘ra, 2500-3500). Openstat ma’lumotlariga ko‘ra, 2012 yilning o‘zida saytga kirganlar soni 1 585 000 dan oshdi, 35 000 000 sahifa o‘qildi. 2004 yildan beri portalga tashrif buyurganlar soni 12 000 000 dan oshdi.
Portalga O‘zbekistondan so‘ng Rossiya (yiliga 255 000 kishi), AQSh (170 000), Koreya (32 000), Turkiya (26 000), Xitoy (24 000), Qozog‘iston (23 000), Qirg‘iziston (22 500), BAA (12 000), Germaniya (11 000), Tojikiston (10 000), Ukraina (10 000) kabi 160 dan ortiq davlatdan tashrif buyurishadi.

2013-yil, 11-aprel. Ziyouzda e’lon qilingan «Harlem Shake: bema’nilik ildizi qayerda?» maqolasi yuzasidan AQShning «Washington Post» gazetasi munosabat bildirdi. Shuningdek «Vatandosh» gazetasi ham maqola bo‘yicha xulosalarini chop etdi.

2013-yil, 16-aprel. Facebook tarmog‘idagi muxlislarimiz soni 3000 dan oshdi.

2013-yil, 3-may. 3-may — Jahon matbuoti erkinligi kunida bo‘lib o‘tgan “Oltin qalam” VIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimida www.ziyouz.com, www.ziyouz.uz veb-saytlari bosh muharriri Davronbek Tojialiyevga ushbu mukofot topshirildi.

2013-yil, 23-may. Respublika "Kitob bayrami"da www.ziyouz.com ham qatnashdi. Portal muharriri “Kitob – millatning bebaho madaniy merosi” mavzuidagi ilmiy-amaliy konferentsiyada "Jahon internet tarmog‘ida milliy-adabiy merosni targ‘ib qilishning dolzarb vazifalari" mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi.

2013-yil, 5-iyun. «Hurriyat» gazetasida «www.ziyouz.com: Ziyo istagan qalblar uchun» maqolasi chop etildi. Maqolada internet, kitob mutolaasi va targ‘iboti masalalari yoritilib, Ziyouz.com faoliyati ijobiy baholandi.

2013-yil, 9-iyul. Openstat ma’lumotlariga ko‘ra shu kuni portal tarixida eng ko‘p - 9500 kishi tashrif buyurdi.
Tashrif buyuruvchilar: 9 505
Tashriflar: 11 115
O‘qilgan sahifalar: 31 982

2013-yil, 12-iyul. «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasida Ziyouz.com portali haqida «Xalqaro e’tirof» maqolasi chop etildi.

2013-yil, 1-avgust. Respublika «Mash’al» radiosining «Hamma uchun» dasturida www.ziyouz.com faoliyati yoritildi.

2013-yil, 8-avgust. Facebook tarmog‘idagi muxlislarimiz soni 4000 dan oshdi.

2013-yil, 24-avgust. O‘zbek interneti tarixida eng ko‘p yangi kitob kiritilgan kun. Shu kun www.ziyouz.com portaliga 205 ta yangi kitob yuklandi. Portalimizdagi jami kitoblar soni 3739 taga yetdi!
Bundan oldingi rekordlar 2012 yil 20 avgustda (152 ta yangi kitob) va 2011 yil, 5 fevral kuni o‘rnatilgan edi (81 ta yangi kitob).

2013-yil, 29-avgust. «Madaniyat va ma’rifat» telekanalining «Bugun» dasturida «Ziyo istagan qalblar uchun» saytining faoliyati haqida lavha uzatildi.

2013-yil, 30-avgust. Portaldagi elektron kitoblar soni 4000 dan oshdi. Ziyouz.comdagi jami kitoblar soni 4110 tani tashkil etdi. Ulardan 2458 tasi turli mavzudagi PDF kitoblar, 140 tasi darsliklar, 446 tasi jurnallar, 568 tasi audiokitoblar, 69 tasi mobil telefonlar uchun kitoblar hamda 429 tasi rus tilidagi o‘zbek adabiyoti va tarixiga bag‘ishlangan kitoblardir.

2013-yil, 16-sentabr. Ziyo istagan qalblar portali Android platformasi uchun ham elektron kitoblarni chiqara boshladi. Google Play Marketda portalning sahifasi ochildi.

2013-yil, 23-sentabr. UZ Milliy domeni Internet-festivalining “Fan va ta’lim sohasida eng yaxshi sayt” yo‘nalishida www.ziyouz.uz portali ketma-ket ikkinchi yil birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

2013-yil, 24-sentabr. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tashabbusi bilan qator vazirlik, idora va tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan Milliy Internet tanlovining “O‘zbekistonning boy madaniyati, san’ati, tarixi va mustaqillik g‘oyasini aks ettiradigan eng yaxshi sayt” nominatsiyasida Ziyouz portali ikkinchi o‘rinni egalladi.

2013-yil, 10-oktabr. “Parvona” gazetasida www.ziyouz.com faoliyati haqida “Моддий манфаат йўқ бўлса ҳам маънавий фойда катта” nomli maqola e'lon qilindi.

2013-yil, 3-dekabr. "Madaniyat va ma'rifat" telekanalining "Bizning yoshlar" ko'rsatuvi www.ziyouz.com rahbari faoliyati hamda "Ziyo istagan qalblar uchun!" portaliga bag'ishlandi.

2013-yil, 26-dekabr. Facebook tarmog‘idagi muxlislarimiz soni 5000 dan oshdi.

2014-yil, 3-yanvar. Openstat ma'lumotlariga ko'ra, 2013 yilda www.ziyouz.com portaliga tashrif buyurganlar soni 2 300 000 dan oshgan (kuniga o'rtacha 6300 kishi). 40 000 000 sahifa o‘qildi.
Tashrif buyurganlarning 1 500 000 nafari O'zbekistondan bo'lsa, Rossiya (377 000), AQSh (130 000), Qirg'iziston (46 000), Koreya (40 000), Qozog'iston (36 000), Turkiya (34 000), Tojikiston (18 000), BAA (13 000), Ukraina (12 000), Shvetsiya (10 000) kabi 160 dan ortiq davlatlaridan ham ko'plab muxlislar bahramand bo'lishmoqda.
2013 yili portalga 1 139 436 kishi mobil qurilmalar orqali tashrif buyurgan. Eng ko'p Nokia, Samsung, Apple, SonyEricsson, HTC, LG, Fly, Alcatel, Huawei apparatlari orqali saytga kirilgan.
Portal uchun eng ko'p Opera Mini brauzeridan foydalanilgan. Keyingi o'rinlarni Chrome, Opera, Android Browser, Firefox, Internet Explorer brauzerlari egallashdi.
Yil davomidagi tashriflarning 1 300 000 tasi qidiruv sistemalari hissasiga to'g'ri kelgan. Ziyouz.com dan eng ko'p "so'ralgan" so'zlar: Alisher Navoiy, namoz vaqtlari, ziyo, Amir Temur,  lug'at, she'rlar, Mirzo Ulug'bek, o'zbek xalq maqollari, hadislar, Abu Ali ibn Sino, topishmoqlar, Muhammad Yusuf, Bobur, Qodiriy, kitoblar...

2014-yil, 30-yanvar. Portal yangi xostingda ish boshladi. n.ziyouz.com, islom.ziyouz.com, forum.ziyouz.com saytlari dizayni ham yangilandi.

2014-yil, 31-yanvar. 2013 yili portalda e'lon qilingan ikki maqola (Германияда Ислом: кеча ва бугун, АҚШда Ислом: кеча ва бугун) uchun www.ziyouz.com rahbari Germaniya federativ respublikasi va Amerika Qo'shma shtatlari elchixonalari tomonidan tashkil etilgan jurnalistlar tanlovida g'olib bo'ldi.

2014-yil. 9-aprel. “Ziyo istagan qalblar”ning 10 yilligi munosabati bilan kichik tanlov e’lon qilindi. Tanlov www.ziyouz.com ga bag‘ishlanib, portal haqida maqola, fikr, xotira, she’r, tabrik, rolik, rasm, kollajlar taqdim etildi. Eng yaxshi taqdim egasi O‘zMU talabasi Akrom Malikka fleshka va kitoblar hadya etildi.

2014-yil, 22-may. Respublika "Kitob bayrami"da www.ziyouz.com ham qatnashdi. Portal muharriri “Kitob – millatning bebaho madaniy merosi” mavzuidagi ilmiy-amaliy konferentsiyada "O‘zbekistonda elektron kitoblar bozori istiqbollari" mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi.

2014-yil, 3-iyun. Facebook tarmog‘idagi muxlislarimiz soni 6000 dan oshdi.

2014-yil, 22-sentabr. UZ Milliy domeni Internet-festivalining “Fan va ta’lim sohasida eng yaxshi sayt” yo‘nalishida www.ziyouz.uz portali ketma-ket uchinchi yil birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

2014-yil, 19-oktabr. O‘zbek interneti tarixida eng ko‘p yangi kitob kiritilgan kun. Shu kun www.ziyouz.com portaliga 486 ta yangi kitob yuklandi. Portalimizdagi jami kitoblar soni 4949 taga yetdi!
Bundan oldingi rekordlar 2013-yil 24-avgust (205 ta yangi kitob), 2012-yil 20-avgustda (152 ta yangi kitob) va 2011-yil, 5-fevral kuni o‘rnatilgan edi (81 ta yangi kitob).

2014-yil, 21-noyabr. Facebook tarmog‘idagi muxlislarimiz soni 7000 dan oshdi.

2014-yil, 1-dekabr. Portaldagi elektron kitoblar soni 5000 dan oshdi. Ziyouz.comdagi jami kitoblar soni 5041 tani tashkil etdi. Ulardan 2677 tasi turli mavzudagi PDF kitoblar, 149 tasi darsliklar, 1035 tasi to‘plam va jurnallar, 626 tasi audiokitoblar, 89 tasi mobil telefonlar uchun kitoblar hamda 465 tasi rus tilidagi o‘zbek adabiyoti va tarixiga bag‘ishlangan kitoblardir.

2015-yil, 1-yanvar. Openstat ma'lumotlariga ko'ra, 2014 yilda www.ziyouz.com portaliga tashrif buyurganlar soni 2 336 786 nafarni tashkil etdi (kuniga o'rtacha 6402 kishi). Tashrif buyurganlarning 1 545 900 nafari O'zbekistondan bo'lsa, Rossiya (318 598), AQSh (198 518), Qozog'iston (42 388), Qirg'iziston (41 435), Koreya (33 814), Turkiya (32 265), Tojikiston (20 456), BAA (9 928), Shvetsiya (9 627), Germaniya (7 170) kabi 165 dan ortiq davlatlaridan ham ko'plab muxlislar bahramand bo'lishmoqda.
2014 yili portalga 1 348 328 kishi mobil qurilmalar orqali tashrif buyurgan. Eng ko'p Nokia, Samsung, Apple apparatlari orqali saytga kirilgan.
Portal uchun eng ko'p Opera Mini brauzeridan foydalanilgan. Keyingi o'rinlarni Chrome, Android Browser, Opera, UCWEB brauzerlari egallashdi.
Yil davomidagi tashriflarning 1 169 202 tasi qidiruv sistemalari hissasiga to'g'ri kelgan. Ziyouz.com dan eng ko'p "so'ralgan" so'zlar: kitoblar, Amir Temur, namoz vaqtlari, mantiqiy savollar, Alisher Navoiy, Jaloliddin Rumiy...

Yilning eng mashhur kitoblari:
1. "Men ham namoz o'qiyman"
2. Qur'oni karim. Alouddin Mansur tarjima va tafsiri
3. Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (1-jild)
4. Abdulla Qodiriy. O'tkan kunlar (roman)
5. O'zbek tilining izohli lug'ati (2 jildlik)
6. Tohir Malik. Shaytanat (birinchi kitob)
7. Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. 1-jild
8. Alisher Navoiy. Xamsa: Layli va Majnun (nasriy bayoni)
9. Turkcha-o'zbekcha - o'zbekcha-turkcha lug'at
10. Ruscha-o'zbekcha lug'at. 1-jild

Yilning eng mashhur bo'limlari:
1. Ziyouz.com kutubxonasi
2. Namoz taqvimi
3. Qur'oni karim
4. O'zbek she'riyati
5. Hikmatlar xazinasi
6. Sara maqolalar
7. Tarix
8. Qiziqarli ma'lumotlar
9. Jahon nasri antologiyasi
10. O'zbek nasri antologiyasi

Yilning eng mashhur maqolalari:
1. Sohibqiron Amir Temur (1336-1405)
2. Alisher Navoiy (1441-1501)
3. Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
4. Ota-onalarimiz haqida she'rlar
5.  Ziyo-Uz viktorinasi arxivi (qiziqarli savol-javoblar)
6. Qadimgi dunyoning yetti mo'jizasi
7. Muhammad Yusuf (1954-2001)
8. Tahorat kitobi
9. Abu Ali ibn Sino hikmatlari
10. Jaloliddin Rumiy (1207-1273)

Android Marketda eng ko'p yuklab olingan kitoblar:
Aql aqldan quvvat oladi (37136 marta yuklangan)
O‘zbek xalq topishmoqlari (34218 marta yuklangan)
Chingiz Aytmatov. Qiyomat (30601 marta yuklangan)
Tohir Malik. Shaytanat (30133 marta yuklangan)
Saodat asri qissalari (27652 marta yuklangan)
O‘zbek xalq ertaklari (23891 marta yuklangan)
Abdulla Qodiriy. O‘tkan kunlar (20460 marta yuklangan)
Abdulla Qodiriy. Mehrobdan chayon (15210 marta yuklangan)
Cho‘lpon. Kecha va kunduz (14999 marta yuklangan)
Pirimqul Qodirov. Yulduzli tunlar (13897 marta yuklangan)

2015-yil 1-yanvar holatiga ko'ra, Ziyouz portalida:
Maqolalar soni: 18770 ta (n.ziyouz.com - 7852, islom.ziyouz.com - 2015, davronbek.ziyouz.com - 348, ziyouz.uz - 7151, ziyouz.uz/ru - 1251, ziyouz.uz/en - 153).
Kitoblar soni: 5274 ta (turli mavzudagi PDF kitoblar - 2765, darsliklar - 175 ta, to‘plam va jurnallar - 1127 ta, audiokitoblar - 651 ta, mobil telefonlar uchun kitoblar - 89 ta, rus tilidagi o‘zbek adabiyoti va tarixiga bag‘ishlangan kitoblar - 467 ta).
Jahon adabiyotidan hikoya va qissalar soni: 836 ta.
O'zbek adabiyotidan hikoya va qissalar soni: 2328 ta.
O‘zbek adabiyotidan she‘rlar: 10000 dan ortiq.
Jahon adabiyotidan she‘rlar: 5000 dan ortiq.
Jahon va o'zbek madaniyati, fani arboblari haqida ma'lumotlar: 2000 dan ortiq.
Hikmatlar va aforizmlar: 30000 dan ortiq.
O'zbek xalq maqollari: 10000 dan ortiq.
Jahon xalqlari maqollari: 6500 dan ortiq.
O'zbek xalq topishmoqlari: 1500 dan ortiq.
O‘zbek xalq ertaklari: 219 ta.
Facebook sahifamiz muxlislari soni: 7212 ta.
Youtube kanalimizdagi videolar soni: 15 ta.
Twitterdagi o'quvchilarimiz soni: 353 ta.

2015-yil, 7-fevral. Xostingdagi uzilishlar tufayli www.ziyouz.uz sayti avval Uzinfocom'dan Active Cloud'ga, so'ng Godaddy'ga ko'chirildi. www.ziyouz.uz sayti yangi dasturiy ta'minot va dizayn bilan qayta ishga tushdi.

2015-yil, 21-may. Portalning Facebook sahifasida kichik tanlovlar silsilasi boshlandi. Viktorina tarzida kechadigan tanlov g‘oliblariga kitoblar taqdim etildi.

2015-yil, 29-may. Respublika "Kitob bayrami"da www.ziyouz.com ham qatnashdi. Portal muharriri «Kitob - millatning bebaho ma’naviy va madaniy merosi» mavzuidagi ilmiy-amaliy konferentsiyada "Kitobxonlikni rivojlantirishda internetdan foydalanish samaralari" mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi.

2015-yil, 31-may. Facebook tarmog‘idagi muxlislarimiz soni 8000 dan oshdi.

2015-yil, 5-dekabr. Ziyouz.com kutubxonasida oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari darsliklari uchun alohida bo‘lim ochildi. Unga 19 yo‘nalishda 180 ta kitob kiritildi.

2015-yil, 7-dekabr. Portaldagi elektron kitoblar soni 6000 dan oshdi. Ziyouz.comdagi jami kitoblar soni 6124 tani tashkil etdi. Ulardan 3111 tasi turli mavzudagi PDF kitoblar, 149 tasi maktab darsliklari, 180 tasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari darsliklari, 1235 tasi to‘plam va jurnallar, 862 tasi audiokitoblar, 89 tasi mobil telefonlar uchun kitoblar hamda 498 tasi rus tilidagi o‘zbek adabiyoti va tarixiga bag‘ishlangan kitoblardir.

Qariyb 12 yil davomida Ziyouz kutubxonasi kitoblarini tayyorlashda quyidagi anbalardan foydalanildi:
Farg‘ona viloyati kutubxonasi
Marg‘ilon shahar kutubxonasi
Marg‘ilon pedagogika kolleji kutubxonasi
Marg‘ilon iqtisodiyot kolleji kutubxonasi
“Yoshlik” jurnali tahririyati arxivi
“Sharq yulduzi” jurnali tahririyati arxivi
“Hidoyat” jurnali tahririyati arxivi
“Jahon adabiyoti” jurnali tahririyati arxivi
“Tafakkur” jurnali tahririyati arxivi
“Tafakkur” nashriyoti arxivi
Oybek uy-muzeyi arxivi
Akademik Oybek shaxsiy kutubxonasi
Professor G‘aybulloh as-Salom shaxsiy kutubxonasi
Professor Naim Karimov shaxsiy kutubxonasi
Tarix fanlari doktori Mahmud Hasaniy shaxsiy kutubxonasi
Iqtisod fanlari nomzodi, professor va adib Qudrat Do'stmuhammad shaxsiy kutubxonasi
Fizika-matematika fanlari doktori, professor Mansurxon Toirov shaxsiy kutubxonasi
Filologiya fanlari doktori, professor Jabbor Eshonqul shaxsiy kutubxonasi
Shoir Xurshid Davron shaxsiy kutubxonasi
Yozuvchi Tog‘ay Murod va Ma’suma Ahmedovalarning shaxsiy kutubxonasi
Shoir Muhammad Yusuf va Nazir as-Salomlarning shaxsiy kutubxonasi
Shoir va tarjimon A’zam Obidov shaxsiy kutubxonasi
Shoir Faxriyor shaxsiy kutubxonasi
Pedagog Tohirjon Aliyev shaxsiy kutubxonasi
Ulamolar Rahmatulloh qori Fayzullayev, Abduvohid Ahmadaliyev shaxsiy kutubxonalari
Kitobsevarlar Sobirjon Yoqubov, Yorqinjon Haydarov, Farrux Jabborov, Andrey Kubatin, Eldor Asanov, Iqbol Qo‘shayeva, Abduqahhor Rahimov, Zamira Hamidova, Ahrorjon Rahmonov shaxsiy kutubxonalari
O‘z shaxsiy kutubxonam

2016-yil, 1-yanvar. Google Analytics ma’lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda Ziyouz portaliga tashrif buyurganlar soni 2 814 610 nafarni (www.ziyouz.com - 2 547 651; www.ziyouz.uz - 266 959) tashkil etdi (kuniga o‘rtacha 7711 kishi). Tashrif buyurganlarning 48 foizi O‘zbekistondan, Rossiya (14%), AQSh (5%), Qozog‘iston (4%), Qirg‘iziston (2%), Turkiya (2%) kabi 175 davlatdan ham ko‘plab muxlislar tashrif buyurgan.
Tashrif buyuruvchilarning katta qismi 25-34 yosh orasidagilar (33,5%) bo‘lib, 18-24 yoshlilar (27,5%), 34-44 yoshlilar (15,5%), 45-54 yoshlilar (12,5%), 55-64 yoshlilar (5,5%) va 65 yoshdan oshganlar (5,5%) keyingi o‘rinlarda.

2016-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Ziyouz portalida:
Maqolalar soni: 22389 ta (n.ziyouz.com - 9607, islom.ziyouz.com - 2019, davronbek.ziyouz.com - 378, ziyouz.uz - 8923, ziyouz.uz/ru - 1301, ziyouz.uz/en - 161).
Kitoblar soni: 6222 ta.
Android Market'dagi kitoblar soni: 20 ta (520 431 marta ko‘chirib olingan).
Jahon adabiyotidan hikoya va qissalar soni: 887 ta.
O‘zbek adabiyotidan hikoya va qissalar soni: 2609 ta.
O‘zbek she’riyatidan namunalar: 10000 dan ortiq.
Jahon she’riyatidan namunalar: 5000 dan ortiq.
Jahon va o‘zbek madaniyati, fani arboblari haqida ma’lumotlar: 2000 dan ortiq.
Hikmatlar va aforizmlar: 30000 dan ortiq.
O‘zbek xalq maqollari: 10000 dan ortiq.
Jahon xalqlari maqollari: 6500 dan ortiq.
O‘zbek xalq topishmoqlari: 1500 dan ortiq.
O‘zbek xalq ertaklari: 336 ta.
Facebook sahifamiz muxlislari soni: 9774 nafar.
Youtube kanalimiz obunachilari soni: 331 nafar  (videolar soni: 73 ta).
Twitter'dagi o‘quvchilarimiz soni: 571 nafar.

2016-yil, 1-fevral. Facebook tarmog‘idagi muxlislarimiz soni 10000 kishidan oshdi.

2016-yil, 5-fevral. Buyuk mutafakkir, o‘zbek adabiyotining yorqin namoyondasi Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligi munosabati bilan www.ziyouz.com portali shoirning g‘azallari jamlangan audiomajmuani taqdim etdi. Ushbu audiomajmuaga 623 g‘azaldan iborat MP3 formatdagi audioyozuvlar kiritildi.

2016 yil, 23-aprel. www.ziyouz.uz va www.qadriyat.uz saytlari e’lon qilgan “Eng go‘zal hikoyatlar” tanlovi yakunlandi. Tanlovga 329 ta ibratli hikoyatlar tarjimalari taqdim etildi. Ularning 38 tasi arab tilidan, 28 tasi ingliz tilidan, 232 tasi turk tilidan, 30 tasi rus tilidan, bittasi qozoq tilidan qilingan tarjimalardir.

2016-yil, 17-may. www.ziyouz.uz sayti 4-marta xakerlar hujumiga uchradi. Tashqi dasturiy xavflar sabab mulohaza qo‘shish paneli o‘chirildi.

2016-yil, 24-iyul. www.ziyouz.uz va www.qadriyat.uz saytlari e’lon qilgan “Eng ibratli hayotiy hikoyalar” tanlovi yakunlandi. Tanlovga jami 57 nafar muallifning 93 ta hikoyasi kelib tushdi.

2016-yil, 14-17-noyabr. Anqara shahrida bo‘lib o‘tgan “4. Turkiy tilli o‘lkalar milliy kutubxonalari konferentsiyasi”da Ziyouz elektron kutubxonasi ham ishtirok etdi.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.