Abu Abdulla Muhammad ibn Muso 780 yilda Xivada tug‘ilgan. Xorazmiy dunyoga mashhur matematik va astronom sifatida tanilgan. Uning nomini tarixda qoldirgan buyuk asar «Al jabr val-muqobala» risolasidir. Olim 850 yilda Bag‘dod shahrida vafot etgan. Al-Xorazmiy Ma’mun akademiyasining ilk tashkilotchilaridan va eng faol a’zolaridan biri edi.
U al-Farg'oniy bilan Bag'dodda rasadhona qurishga boshchilik qildi. Rasadhonadagi asboblar yordamida koinot sirlarini va Yer kurrasini o'rgandi. Al-Xorazmiy va Al- Farg'oniy boshchiligidagi olimlar 1000 dan ortiq yulduzlarni tekshirdilar hamda ularning joylanish xaritasini tuzdilar. Yer kurrasining aylana uzunligini aniqladilar .
Xorazmiy "Surat al-arz" ("Yer suvrati") nomli kitobida Afrika, Osiyo va Yevropa qit'alarini aniq tavsiflagan. Koinot sirlarini o'rganishga oid ijodlari uning "Ziji" ("Astronomiya") kitobida bayin etilgan.
Asarlari: «Yerning surati», «Astronomik jadvallar», «Tarix risolasi», «Musiqa risolasi», «Mafotixul-ulum» («Ilmlarning kalitlari», 9 kitobdan iborat), «Kuyosh soatlari to‘g‘risida», «Hind arifmetikasi haqida kitob», «Sinus zijlari», «Yer sathini o‘lchash» va boshq.