OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Xoja Ahror Valiy (1404-1452)

Xoja Ubaydulloh Ahror Valiy Naqshbandiya tariqatini o‘z davrida rivojlantirgan shayxdir. U 1404 yilda Toshkentda tug‘ilgan, bolaligi va yoshligi ona shahrida kechgan. Yosh Ubaydullohning tarbiyalanishi va ta’lim olishida tog‘asi Xoja Ibrohim katta rol o‘ynagan. 1427 yilda Xoja Ahror Samarqandga keladi. 1428-1433 yillarda Hirotda bo‘ladi. 

Manbalarning dalolat berishicha, Xoja Ahror 1451-1452 yillarga qadar Toshkent atrofi va uning tevaragidagi manzillarda yashagan. Abdurahmon Jomiy Xoja Ahrorni «Ka’bai maqsud» deb bilgan bo‘lsa, Navoiy uni «Tariqat qutbi» deya ta’riflaydi. Zahiriddin Bobur esa shayxni «Hazrati Xoja Ubaydulloh» tarzida ulug‘lagan.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.