Gavhar Shod begim Amir Temurning to‘rtinchn o‘g‘li Shohruh Mirzoning suyukli katta xotini edi. U Chig‘atoy zodagonlaridan G’iyosiddin Tarxonning qizi edi. Rivoyat qilishlaricha, G’iyosiddin Tarxonning bobokaloni — Qushlik bir vaqtlar Chingizxon mulozimatida bo‘lib, bir jang asnosida uni o‘limdan saqlab qolgan ekan. Shundan buyon Chig‘atoy ulusida bu avlod yuksak e’tibor va hurmatga sazovar bo‘lgan.
Gavhar Shod begim 1379 yilda tug‘ilib, 1393 yilda Shohruh Mirzo nikohiga kirgan. Undan uch o‘g‘ilu ikki qiz ko‘rgan. To‘ng‘ich o‘g‘li —Ulug‘bek Mirzo ko‘ragon (Muhammad Tarag‘ay, 1394—1449), o‘rtancha o‘g‘li — Boysung‘ur Mirzo (1397—1433) va kichik o‘g‘li — Muhammad Jo‘ki Mirzo (1401 —1445) lardir.
Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Gavhar Shod begim yuksak did-farosatli, oqila, tadbirkor, suxandon, bir so‘zli — qat’iyatli, husn bobida ham benazir ayol bo‘lgan. Tabiatan dindor Shohruh Mirzo ko‘p vaqtini toat-ibodat va kitob mutolaasiga sarflardi. Saltanat, devon ishlarini o‘ktam va tadbirkor xotini Gavhar Shod begim boshqarardi. Bu ziyrak ayol qaynotasi Amir Temur vafotidan so‘ng, sekin-asta saltanat ishlarini o‘z qo‘liga oldi. Zotan, Shohruh Mirzoning o‘zi ham xotini Gavhar Shod begimning donoligiga tan berar, saltanatni boshqarishda oqilona va tadbirli maslahatlariga ehtiyoj sezib turardi. Shu bois, saltanatga doir ko‘pgina ishlar malikaning nazar-e’tiboriga havola qilingan. Viloyatlarga hokim tayinlash, qo‘shinga sarkarda belgilash, hatto kimga qanday in’om va kimga qanday jazo berish masalalari ham malikaning inon-ixtiyorida edi. Masalan, 1440 yil 6 mayda mashhur Hirot tarixchisi (keynnchalik saroy tarixchisi) Fasih Ahmad ibn Jaloliddin Muhammad Xavofiy (1375—1442) malika Gavhar Shod begimning g‘azabiga uchrab, ikki marotaba qisqa muddatli qamoqqa hukm qilinadi.
Gavhar Shod begpm Shohruh Mirzoning harbiy yurishlarnda ishtirok qilarkan, shahzodalarning fe’l-atvori va harbiy boshliqlarning xatti-harakatidan voqif bo‘lib turardi. Taxtga valiahd tayinlash masalasida ham Gavhar Shod begim o‘z irodasipi o‘tkazishga urinadi. Chunonchi Shohruh Mirzo o‘zining kenja o‘g‘li Muhammad Jo‘ki Mirzoni valiahd etib tayinlashga harakat qiladi. Biroq, Shohruh Mirzoning bu rejasi malikaga yoqmaydi. Malika o‘z o‘g‘li Muhammad Jo‘ki Mirzoga nisbatan nabirasi Aloud Davla Mirzo (1417 — 1461) ni valiahdlikka munosib, deb bilardi. Ammo o‘rtancha o‘g‘li marhum Boysung‘ur Mirzoning o‘g‘li Aloud Davla Mirzoni oshkora valiahd etib tayinlashga to‘ng‘ich o‘g‘li Ulug‘bek Mirzo ko‘ragondan hayiqar, bu masalani Shohruh Mirzo qo‘li bilan hal qilishga urinardi.
1444 yilda Shohruh Mirzo og‘ir xastalanib, o‘lim to‘shagida yotganida, arkoni davlat hukmdorning tez fursatda olamdan ko‘z yumushiga ishonchlarp komil bo‘lgach, Balx viloyati hokimi bo‘lib turgan Muhammad Jo‘ki Mirzoga shoshilinch xabar yuboradilar. Shahzoda zudlik bnlan Hirotga yetib keladi. Biroq shahzoda yetib kelguncha, onasi malika Gavhar Shod begimning farmoniga muvofiq, harbiy qo‘shinlar sardori Jaloliddin Feruzshohning valiahdlikka tayinlangan Aloud Davla Mirzoga bay’at (ishonch yorlig‘i) berib, qasamyod qilgani haqidagi xabarni eshitadi. Muhammad Jo‘ki Mirzo onasi Gavhar Shod begimning bunday «marhamat»idan qattiq ranjiydi va otasini ziyorat qilgach, Balxga qaytib ketadi. Shu voqeadan so‘ng tez kunda Shohruh Mirzo kasaldan forig‘ bo‘lib, o‘rnidan turadi. Bo‘lib o‘tgan voqea uchun malika Gavhar Shod begim emas, Jaloliddin Feruzshoh jazolanadi. Malikaning rejasi taqdir taqozosi bilan bir necha yilga orqaga suriladi. 1445 yilda shahzoda Muhammad Jo‘ki Mirzo kasallannb vafot etadi. Shundan so‘ng Shohruh Mirzo o‘ziga valiahd tayinlash masalasida umrining oxirigacha bir qarorga kelolmaydi.
Shohruh Mirzo davrida Xuroson siyosiy-ijtnmoiy va madaniy jihatdan ancha gurkirab o‘sdi. Mamlakat poytaxti Hirot iqtisodiy va madaniy yuksalishda Sharqning epg nufuzli shaharlaridan biriga aylandi. Tabiyki, mamlakatning bunday yuksalishida «amaliy hukmdor» malika Gavhar Shod begimnkng hissasi beqiyos. Bu davrda Hirotda va mamlakatning boshqa viloyatlarida qurilish ishlari avj olgan edi. Masjid-madrasalar, xonaqoh, maqbara, dahma, musofirxona, shifoxona, ravot, ko‘nrik va sardobalar qurib bitkazildi.
Shohruh Mirzoning Xurosonda hukmronlik qilaboshlagan ilk yillaridayoq, u Hirot qal’asining janubiy tomonidan madrasa va xonaqoh (1410—1411) bino qildiradi. Aia shundan so‘ng Shohruh Mirzo avlodiga mansub shahzodalar va malikalar ham madrasa, masjid, xonaqoh, shifoxona va shunga o‘xshash imoratlar bunyod etish bilan shahar obodonchiligiga o‘z hissalarini qo‘shadilar.
Tabiatan vatanparvar, bilimdon va zukko Gavhar Shod begim mamlakat ravnaqi yo‘lida tinmay g‘amxo‘rlik qiladi. Uning dasturida madaniy va ma’rifiy hayot birinchi o‘rinda bo‘lgan. Shu boisdanmi, farzandlari hamda barcha nabiralari ilm-fan muxlislari bo‘lib, hatto g‘azal ham bitganlar.
Gavhar Shod begim Hirotdagi juda ko‘p qurilish ishlariga rahnomalik qildi. Uning o‘zi ham Hirotda ikkita katta madrasa qurdirgan. Gavhar Shod begimning kundoshi malika Milkat Og‘o (bu malikaning asli nomi Mulk Og‘o bo‘lib, Amir Temurning ikkinchi o‘g‘li Umar Shayx Mirzoning xotini edi. 1394 yilda Umar Shayx Mirzo vafotidan so‘ng, qayinotasi Amir Temurning irodasiga bo‘ysunib, Shohruh Mirzo nikohiga kirgan) Hirot shaharida bir madrasa, «Dorushshifo» nomli kasalxona, «Dorulhadis» nomli xonaqoh, ikkita hammom va shahardan sakkiz farsax (tosh) chetroqda bitta madrasa, kutubxona va maqbara, shahzoda Aloud Davla Mirzo esa bitta kasalxona qurdirgan. Ayni vaqtda, xususiy mulkdor, davlatmand kishilarga xayriya tariqasida qurilishlar bunyod etvgiga ijozat berilgan va rag‘batlantirib turilgan.
1446 nilda qarib qolgan Shohruh Mirzo o‘z nabirasi — Qazvin, Ray va Qum viloyatlarining hukmdori Sultop Muhammad Mirzoga (Boysunqir mirzoning o‘g‘li) qarshi g‘arbga yurish boshlaydi. Bu yurishdan maqsad o‘zboshimcha yosh shahzodaning adabiy berib qo‘yish edi. O’z bobosiga qarshi bosh ko‘targan shahzoda Hamadon bilan Isfaxonni bosib olib, Sherozni qamal qilgan edi. Qo‘shinda malika Gavhar Shod begim va Abdul Latif Mirzo (Ulug‘bek Mirzo Ko‘ragonning o‘g‘li) Shohruh Mirzo bilan birga edilar. Shohruh Mirzo G’arbiy Eronda hech qanday qarshilikka uchramadp. Chunki shahzoda Sulton Muhammad Mirzo bobosining kelayotganini eshitgach, Sherozni qamaldan bo‘shatib, o‘zi toqqa qochib ketgan edi. Shohruh Mirzo Sherozga kirgach, shahzodaning barcha yaqpn kishilarini jazoga hukm qiladi. Gavhar Shod begimning qat’py talabi bilan bir necha sayyidlar ham qatl etiladilar. Ajablanarli joyi shundaki, o‘ta taqvodor, xudojo‘y saltanat sohibi Shohruh Mirzo ham xotini Gavhar Shod begimning irodasiga bo‘ysunib, sayyidlarni qatlga hukm qiladi. Sayyidlar ustidan bunday jazo hukmini chiqarishga na Amir Temur va na Ulug‘bek Mirzo botina olmas edilar.
Davlatshoh Samarqandiyning yozishicha, sayyidlar Shohruh Mirzodan «adolat yuzasidan taftish o‘tkazish» ni yolborib so‘raydilar. Ammo Shohruh Mirzo malika Gavhar Shod begimning xohishini qaytarolmaydi va hukm ijro etiladi. Nihoyat, sayyidlar dor ostida turib, Shohruh Mirzoni «duoyi bad» qiladilar. Binobarin, ko‘p o‘tmay Shohruh Mirzo avlodi qirilib ketish sababini mazkur sayyidlar qarg‘ishiga uchraganligining oqibatidir, deb yozadi Davlatshoh Samarqandiy.
Shohruh Mirzo Sherozdan Hirotga qaytayotganda yo‘l asnosida betoblanib, 1447 yil 12 martda vafot etadi. Gavhar Shod begim qo‘shin qo‘mondonligini Abdul Latif Mirzoga topshiradi. Ammo Hirotga — Aloud-Davla Mirzoga «poytaxtni mustahkamlash» haqida maxfiy maktub yozib, uni maxsus chopar orqali jo‘natadi. Bundan ogoh bo‘lgan Abdul Latif Mirzo buvisi Gavhar Shod begimni mahbuslikda saqlab, Amudaryo tomon yo‘l oladi hamda bobosi Shohruh Mirzoning o‘limi haqida o‘z otasi Ulug‘bek Mirzoga xabar yuboradi.
Amakisi Ulug‘bek Mirzodan hayiqqan Aloud-Davla Mirzo o‘zini podshoh deb e’lon qilishga jur’at etmaydi va avvalgidek juma kunlari masjidlarda bobosi Shohruh Mirzo nomini xutbaga qo‘shib o‘qitadi. Biroq, Abdul-Latif Mirzoning kirdikorlari, ayniqsa buvisi Gavhar Shod begimga nisbatan qo‘llagan jazosini eshitgach, taxtni o‘z tasarrufiga kiritadi va xazinadan qo‘shinga, qo‘shin boshliqlariga in’omlar ulashib, Abdul-Latif Mirzoga qarshi qo‘shin yo‘llaydi. 1447 yil 29 aprel shanba kuni Abdul-Latif Mirzo Nishopur yaqinida to‘satdan Aloud-Davla Mirzo qo‘shiniga duch kelib, mag‘lubiyatga uchraydi va o‘zi asir olinadi. Mahbuslikdan ozod qilingan malika Gavhar Shod begtsm maxbus Abdul-Latif Mirzoni o‘zi bilan birga olib, Hirot tomon yo‘lga tushadi. Malnkani Jom shahrining yaqinidagi Sa’dobod mavzeida Aloud-Davla Mirzo kutib oladi. Abdul-Latif Mirzoni Hirotga keltirib, Ixtiyoriddin qal’asiga qamab qo‘yishadi. Shohruh Mirzoning jasadini esa Gavhar Shod begim madrasasidagi Boysung‘ur maqbarasiga dafn qiladilar. 1447 yilda Ulug‘bek Mirzo Hirotni vaqtincha qo‘lga kiritganda, otasining jasadini Samarqandga keltirib, Go‘ri Amirga dafn etdiradi.
Shohruh Mirzo vafotidan keyin taxt uchun boshlanib ketgan qonli mojarolar tepasida Gavhar Shod begim turardi. U nevarasi Aloud-Davla Mirzoni taxt sohibi qilish uchun makr-hiylalar ishlatsa-da, biroq o‘z maqsadiga erisholmaydi, qaytangga aka-uka shahzodalar orasida qonli to‘qnashuvlarni vujudga keltiradi. 1450 yilda esa taxtni Aloud-Davlaning ukasi Abulqosim Bobur Mirzo (1422—1457) qo‘lga kiritadi, 1457 yilda Abulqosim Bobur Mirzo Mashhadga keladi. Saroyda katta shohona ziyofat beriladi. Bazm asnosida sharob ichib o‘tirgan hukmdorning ahvoli o‘zgarib, behol yiqiladi. Tabiblar muolajasi foyda bermaydi va u 36 yoshida to‘satdan vafot etadi. Shundan so‘ng taxt uchun yana o‘zaro kurash boshlanadi. Shahzodalarning noittifoqligidan foydalangan Samarqand hukmdori Sulton Abusayid Mirzo (1424—1469) Xurosonni bosib oladi. Sulton Abusayid Mirzo Samarqand taxtini o‘zining katta o‘g‘li Sulton Ahmad Mirzoga (1451 — 1493) berib, Hirotnn o‘zining poytaxti deb e’lon qiladi. Bu vaqtda malnka Gavhar Shod begim 80 yoshga yaqinlashib, ancha qarib qolgan edi. Biroq qarib qolgan malika Xuroson taxtidan hali ham voz kechmagan edi. Binobarin, chevarasi Sulton Ibrohim Mirzoni (1440—1460) hukmdor Sulton Abusayid Mirzoga qarshi isyon ko‘tarishga undaydi. Malikaning bu harakatidan xabar topgan Sulton Abusayid Mirzo malikani chopib tashlashga farmon beradi. Farmonga muvofiq 1457 yilda Gavhar Shod begim chopib o‘ldiriladi sa o‘zi qurdirgan madrasa yonidagi Boysung‘ur dahmasiga dafn etiladi.
Gavhar Shod begim
Turg‘un Fayzievning “Temuriy malikalar” kitobidan olindi.