— Ona! Nechungina yig’laysan? Bugun saodatga erishdik, yana qayg’urasanmi? Bugun o’z tilagingga yetishding, ko’z yoshlaringni to’kadirsanmi?
Emdi qayg’urmoq chog’i bitdi, yig’lamoq pallasi yo’q bo’ldi, rohat kunlaring yetishdi, onam!
Fitrat bu asarlarni yig’lab, hayqirib yozgan edi, ziyolilar ham uni yig’lab, hurriyat uchun kurashish haqida qasamyod qilib o’qiganlar. Ammo, afsuski, o’zbek xalqi Fevral inqilobi bergan tarixiy imkoniyatdan foydalana olmadi. Ma’lum bo’lishicha, Fitrat 1918-yilda yozgan «Yurt qayg’usi» nomli to’rtta she'ridan tashqari, 1920-yilda ham shu nomda yana bir sochmani yozgan ekan. Bu Fitratning «Tengiz» taxallusi bilan yozilgan asari bo’lib, «Buxoro axbori» gazetasining 1920-yil 5-oktabr sonida bosilgan va yaqinda adabiyotshunos Sirojiddin Ahmad tomonidan matbuotda e'lon qilindi. Asarda Buxoro amiri taxtdan ag’darilgandan keyingi tarixiy davr manzaralari tasvirlanadi. Bu she'rning topilishi Fitratning Turkiston Muxtoriyat hukumati shafqatsiz ravishda tor-mor etilganidan keyin ham erk va hurriyat uchun faol kurash olib borganidan darak beradi. Fitrat xuddi shu faoliyati uchun — o’z vatanining mustaqilligi yo’lida izchil faoliyat olib borganligi uchun dastlab adabiyot olamidan uzoqlashtirildi, yozgan asarlari nashr etilmadi, 1937-yilda esa «xalq dushmani» sifatida ayblanib otib tashlandi. Ammo butun hayoti va ijodini mustaqillik uchun kurashga to’la-to’kis bag’ishlagan, «Yurt qayg’usi» singari xalqni ozodlik uchun kurashga da'vat etuvchi she'rlar, nasriy asarlar va dramalar yozgan Fitrat doim xalq xotirasida barhayot qoladi. |
— Oh... o’g’lum, arslonim! Mustabid hukumat uyimni talatdi: buyuk binolarimni yiqitdi: suyukli o’g’lonlarimni o’ldurdi.
Tahammul etdim, sabr qildim, kimsaga bir og’iz so’z bu to’g’ridan ochmadim. Negakim, qo’llarinda qilich, o’muzlarinda to’fang, mani o’ldirmoqqa hozir edilar. Dunyoning mukofot ekanligin bilgan edim.
Bilar edimki, bu zolimlar bir kun qilg’on zulmlarining mukofotini ko’rarlar. Bilardimki, to’kilgan qonlarning har bir tommasidan biror arslon yaratilub bunlarning qonlarini ichar-lar.
Ko’zlari ko’r, quloqlari kar bo’lib onalarini tonimaydilar, yuragimni teshadirlar, bag’rimni parchalaydilar. o’zlarini tar-biya qilib yetishtirgan onalarini yo’q bo’luviga sabab bo’ldilar.
o’ylamas o’g’illarim butun bir qutimni yotlarg’a talatib, nomusimni g’ayrilarning oyog’i ostinda oldilar.
Bo’yla onalarig’a dushmanliqlari o’z boshlarig’a yetdi, bukun ko’rub to’rg’on mukofot u qilg’on zulmlarig’a qarshi edi.
Shu davlat, shu g’ururlariga mast bo’lg’on xoinlarning kasofati tegdi. Butun uyimni yondirdilar, yuragimdan alangalar chig’a boshladi, buyuk binolarim yonib bitdi.
Go’zal-go’zal masjidlarim kul bo’ldi. Zolimga qarshi otilgan to’plar manim tom yuragimni teshdi, u mustabidlarga qarshi otilg’on to’fanglar mani xavfga soldi.
Nima qilayin, oh, minglarcha gunohsiz ma'lum o’g’lon-larimni nohaq yerda qonlari to’kildi, qancha onalar bolasiz va necha o’g’lonlar onasiz qoldi.
— Onajonim! Yig’lama, dushmanlar mahv bo’ldi, u mustabid qon ichuvchilar bitirildi. U mustabidlar qo’lindan ochilg’on yaralaringni tuzatmak uchun do’qturlar hozirlanib, zahmlar tuzatildi.
Emdi yig’lama. Saning saodatingni chin ko’nguldan istab yurg’on bolalaring holingni so’rg’ali keldilar. Tur! Yig’lamoq o’rnida bir oz kul.
— Oh, arslon o’g’lonlarim! Emdi chin suyukli o’g’lonlarimni quchog’inda yotayin. Oh, men sizni bu kunlarim
uchun yetishtirgan edim. Manim emkanib tarbiya qilg’on choqlarimni esingizdan chiqarmaysiz.
Abdurauf Fitrat
«Buxoro axbori» gazetasining 1920-yil 5-oktabr sonida bosilgan.