OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Abdurazzoq Obro‘y, Bir kallaning ming tashvishi (hajviya)

Ertalab Sotti Salimovich ishga otlanarkan, xotiniga:
— Shlyapamni buyoqqa ber, —  dedi.
Xotini  shlyapani uzatarkan chimrildi.
— Bozordagi narx-navodan ham xabar oling, qanday ekan?
— Unda, do‘ppini ham buyoqqa ber.
— O‘g‘lingizni jismoniy tarbiya o‘qituvchisi chaqirtirgan ekan. Birrov maktabga ham kirib o‘ting...
— Hm-m, yaxshi. Amriqodan olib kelgan sport qalpog‘imni bu yoqqa uzat-chi.
— Anovi do‘kondor bor-ku, - dedi xotini peshonasini qashib, - oti qursin... Qodirboy, aytgan narsalarini topib qo‘ydim. Xo‘jayinga ayting, oldimga o‘tsin, deb qo‘ng‘iroq qilgan edi.
— O‘, gapingga borman, xotin, yash-shavor, ondatra telpagimni ham ber.
— Aytganday, yodimdan ko‘tarilay depti. Kecha adamlar kelgan edilar. Bugun kechqurun xudoyi qilayotgan ekanlar. Kuyovga ayt, o‘tsin, degan edilar.
Sotti Salimovich soatiga ishora qildi:
— Majlisim bor. Soat oltilarda tugataman. Ha, mayli, birdan o‘sha yoqqa o‘ta qolaman. Hoynahoy, sen ertaroq borsang kerak. Sallamni o‘zing olib o‘ta qol!

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.