OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Anvar Obidjon. Kemaga tushganning joni bir (hajviya)

– Ketingga bir tepaman, achangni uyiga borib tushasan!
– Sizga nima yomonlik qildim, amaki?
– Og‘zingizdan sutning hidi kepturibdi-yu, mahallaning sartaroshidek sipoligingga kuyaymi.
– Nima qil deysiz?
– To‘palon ko‘tar. Hech bo‘lmasa, hushtak chal.
– Chalardim-u, kecha tishim tushgan-da.
– Unda, baqirsang-chi, momiqvachcha!
– Nima deb baqiraman?
– Ho‘ o‘rtada o‘ralashib yurgan qora kiyimli ishbuzuqini ko‘ryapsanmi? Ana o‘sha xumparning sha’niga kurakda turmaydigan bir-ikkita gap ayt. Masalan, mana bunday degin. Qani, qulog‘ingni tut-chi.
– Voy vu-u-y! Bunaqa deyish uyat bo‘ladi-ku!
– Lanj bola ekansan! G‘irt qiztabiat bo‘psan! Aljirash qo‘lingdan kelmasa, oramizga suqilib nima qilarding? Hozir ketingga bir tepaman...
– Namuncha menga yopishvoldingiz, amaki? Dadam aytuvdi-ya, «Paxtakor» yutqazishni boshlasa, sen stadiondan qochishni boshla, deb.

1978 yil.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.