Matluba Dehqon qizi 1948 yilda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanining Fayziobod tumanida tug‘ilgan. 1970 yili Farg‘ona pedagogika institutini (hozirgi FarDU) tamomlagan. U nazmda ham, nasrda ham barakali ijod qilib kelmoqda. 1983 yildan Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.
Matluba Dehqon qizining “Qorachiq”, “Ko‘ngil uyi” va “Sog‘inch” she’riy va nasriy to‘plamlari, “Muhabbat fasli” romani, “Sadkak pirim” nomli tarixiy risolasi va “O‘sha kun” qissa va hikoyalar to‘plami nashr etilgan.