Havo qish o‘ldig‘indan g‘oyat sovuq edi.Ko‘chalar bilchirab bitg‘an, butun atrofni balchiqlar iflos qilib tashlag‘an edi. Shul balchiqlarning o‘rtasindan, balchiqlarg‘a botg‘an, kiyimlari yirtilg‘an, ikki ko‘zi nobajo bir yetim bola qo‘lida aso ushlab kelmoqda edi. Lekin bu yetim bolani ko‘rg‘an inson har qanday hamiyatsiz bo‘lsa ham rahmi kelur edi.
Meni yonimdag‘i ziyolilar «nazar-diqqatlarina jalb etdirdilar». U yetim bola bizlarg‘a yaqin keldi-da, shul yerda odamlar borlig‘ini bilmish kabi qaramakg‘a boshlab bizlarg‘a qarshi ma’yuslik birlan shunday dedi:
— Taqsirlar, meng‘a shafqat etib bir oz maovanat qiling‘izlar! — dedig‘i birlan man yonimdag‘i ziyolilarni bir narsa bermaklarini taklif etdim. Manim bu taklifim A. afandig‘a o‘xshamadig‘indan mang‘a tahqir nazari birlan bir qarab oldig‘indan so‘ng‘ra bu yetim bolag‘a qarab sho‘yla dedilar:
— Sen yoshsan. Kuch va quvvating bor, o‘qi, mardikor ishla, andin so‘ngra pul topilur, — deb qat’iy so‘zlamishdilar. Zavolli bola yig‘lab yoling‘on tovush birlan:
— O’rgulay pochcha, o‘qiy desam ko‘zlarim ko‘r, mardikor ishlamak mumkin emas, balchikdardan yurolmayman, qornim och, taom yeg‘ani qudratim yetmaydi. ... nima qilay? — dedig‘i asnoda A. afandi g‘oyatda shiddatli etib shunday dedilar:
— Ovrupoliklar ko‘r, quloqsiz kar va hokazo o‘qumog‘i mumkin bo‘lmag‘on insonlarg‘a maxsus etib maktablar ochg‘onlar va u maktablardan ko‘r, karlardan o‘qub chiqg‘on in-sonlarning had va hisobi yo‘q, san ham shundog‘ maktabda o‘qi.
Shundog‘ deb erdilar, ziyolilar qahqaha etib kulub yubordilar. Man ham shu so‘zlarni so‘zladim:
— Siz bu so‘zlaringizni qaysi yerda so‘zlarsiz? Berlindami va yo Lundundami, o‘zingizni zan etursiz... aqlingiz qaysi yerda? — deb erdimki, A. afandining chehralari burishib, achig‘lari birlan mang‘a qarab:
— San yoshsan, hali sang‘a gap tushg‘ani yo‘q, — deb erdilar, man javoban:
—Afandim? Bu vaqtda yoshg‘a qaramaydi, har bir kishi fikr, akd, zehn, xizmat, hamiyatg‘a qarab qolg‘ondir.
Ziyolilar ham A. afandining so‘zlarina g‘oyat daraja mukaddir bo‘ldilar. Vujudlari titramakg‘a boshladi. Mani ham hamiyatim qaynay boshladi va ziyolilarg‘a qarshi:
— Ajabo! Bizlar o‘n-o‘n besh kishi ittifoq etib, shu yetim bolani tarbiya qilsak bo‘lmaydimi? — dedigim vaqtda N. va Y. afandilar masrur bo‘lib qabul etg‘an kabi boshlarini qimildotdilar-da, so‘ngra shuni ilova etdilar:
— So‘zladig‘ing‘iz to‘g‘ri, ammo A. afandi kelsunlar, so‘ngra muzokara etamiz.
Bu so‘zlarina qarshi A. afandi g‘oyat vahshiyona bir nazar birlan:
— Sizlar o‘zing‘izni ziyoliman deysizlar, ammo ... qilg‘on ishlaring‘iz hech biri ziyolilarning ishlarig‘a o‘xshamaydi?
Faqir A. afandining bu so‘zlarina g‘oyat daraja xafa bo‘lib, shundog‘ dedim:
— Demak, sizning zaning‘izcha, ziyoli bo‘lmak uchun hamiyat-siz, rahimsiz o‘lmak lozimdirmi?.. Agarda ziyoli bo‘lmak uchun shu shart lozim esa, balki, sizni ziyoli o‘lmoqing‘iz lozimdir. Bizning zanimizg‘a ziyoli o‘lmak g‘oyat mushkul bir narsadir. Ziyoli Millat, Vatan nima edig‘ini bilur va ziyoli millat uchun jonini, molini fido etar va mil-latning taraqqiysi uchun doimo harakat etar. Vaqti kelg‘anda, millat uchun o‘zini halokat vartasina tashlamakg‘a muhayyo bo‘lur. Sizning bilmag‘ing‘iz lozimdirki, bizning millatimizg‘a sado va so‘z birlan ziyoli nomini olg‘on insonlar lozim emas. Balki, xizmati, harakati, yordami va himmati birlan ziyoli nomini olg‘on insonlar lozimdir. Io‘q esa, «Millat», «Vatan», «Madaniyat» — shung‘a o‘xshash so‘zlarni bilmak bilan inson ziyoli bo‘lmaydir. Agarda shunlarning ma’nisini so‘rar esam, balki bilmasangiz deb erdim, A. afandi g‘oyatda xafa bo‘lib, bizdan ajraldilar. Biz ham buni ko‘rib, kulib qolduk. Birda qarasam zavolli bola bir devorg‘a suyanmish yotiyur.
— San hozircha borib tur. Erta va yo birisi kun kel. Ul vaqtda sani o‘z yonimizda tarbiya etamiz!
— Rahmat, rahmat, Xudo xayr bersun, — deb ketdi. Bizlar ham ittifoq birlan har birimiz har tarafg‘a,
A. afandini holig‘a taassuf etub tarqalduk.
Muharram
«Sadoyi Turkiston» ?58, 1915 yil 6 fevral