OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Nabi Jaloliddin. Bayroq (hikoya)

Bola uyning ostonasiga so‘mkasini tashlab, poyabzaliii yechayotganida hovli tomondan dadasining ovozi eshitildi:
— Botir bolam, senmisan?
Dadasining kayfiyati yaxshi shekilli, chunki yaxshi bo‘lsa, uni hozirgiday «Botir bolam» yoxud «Botir bola», deya chaqirish odati bor edi.
— Menman, dada, — deb qo‘ydi u ovozi jaranglab.
— Biyaqqa ke! — dedi dadasi erkalovchi ohangda.
Botir uyga kirib, apil-tapil kiyimlarini almashtirdi-da, qaytib chiqdi. Idishdagi suvda qo‘lini chayib, hovlining etagiga qarab yurdi.
Dadasi o‘rtalab qolgan bahorning tanni qo‘ydirguvchi oftobidan qochib, hovlining katta bir qismini egallagan ulkan o‘rikning soyasida To‘lqin cho‘loq degan oshnasi bilan gaplashib o‘tirardi. Botir To‘lqin cho‘loqni yaxshi biladi — dadasining sinfdoshi. U asli traktorchi bo‘lgan. Bir oyokini traktor bosib qolgach, oyokidan ayrilib, nafaqaga chiqqan, ya’ni ancha-muncha odamning vaqtini o‘ldira oladigan g‘irt bekorchi.
— Assalomaleykim, — deya salom bergan Botir avval mehmon, so‘ng esa dadasi bilan so‘rashdi.
— Keldingmi, Botir bola? Qani, o‘tir-chi! Qorin ham ochgandir?.. — Dadasi uni yoniga o‘tqazdi. — Ayang enasinikiga ketganida bir maza qivolaylik, o‘g‘lim. Qani, olchi!
O‘rtadagi ixcham kirchimol dasturxon ustida bahorda ancha tanqis bo‘ladigan yeguliklar bor edi. Pomidor, bodringlar parrak-parrak qilib to‘g‘ralgan, ularning tiniq rangi ko‘zni qamashtirardi. Tovoqda esa krvo‘g‘ilgan go‘sht. Bahorda bu narsalar falon pul turishini bola bo‘lsa ham Botir yaxshi bilardi. Uning og‘zi suvlanib, yumshoqqina obinonga qo‘l o‘zatdi.
— Sen tortinmay olovur, — deb qo‘ydi To‘lqin cho‘loq tili qaltirab. — Go‘shtdan olchi! — u bir bo‘lak go‘shtni Botirning oldiga surdi. — Qani, urdik! — dedi dadasi piyolani olarkan.
Ie, araq ichishayotgan ekan-da. Ha, biladi — bu dadasining «ishi». Dadasi shunaqa — bir oyda bir bor, o‘zi aytmoqchi, «bo‘shalib, bitini to‘kvoladi». O‘shandayam ko‘cha-po‘chada ichib yurmaydi, hamma narsani sotib oladi-da, To‘lqin cho‘loqnimi yoki boshqa biron dil yaqin oshnasinimi, uyga boshlab keladiyu, bitta-yarimta araq ichishib, mana shunaqa gaplashib o‘tirishadi. Bunday paytda dadasining gapini tinglaguvchi odam topilsa bo‘ldi, yozilgandan-yoziladi. To‘lqin cho‘loqka o‘xshagan qo‘li yupqa bekorchi uchun esa bu ayni muddao edi, ayniqsa, manavinaqa «ilik o‘zildi» kunlarda haytovur og‘zini cho‘chitvolardi.
Ayasining aytishicha, dadasi asli o‘qimishli odam, «raislarning o‘kishida» (qishloq xo‘jaligi institutida demoqchi) o‘qigan ekan. Avval qolxozda agronom bo‘lib ishlagan, keyin-keyin qolxozlardan qo‘r ketib, kun ko‘rish og‘irlashgach, o‘zini bozorga o‘rgan. Ul-bul narsalarni olib-sotib yuradi. Mol bozoriga chiqadi. Uyda esa ikki-uchta bo‘rdoqi novvos boqadi. Shuiing orqasidan tirikchiliklari ancha yaxshilapib qolgan.
— Yoshimizam qirqdan o‘tdi, oshna, — deya gapga tushdi dadasi bir bo‘lak go‘sht bilan bir parrak pomidorni og‘ziga solib. — Endi manashilarni deb, — u kafti bilan Botirning boshini siladi, — yashaymizakan-da. Ommalekin...
Botir og‘zini to‘ldirib ovqat chaynarkan, beixtiyor dadasiga qaradi.
— Sen qorningni to‘yg‘az, Botir bola — deya bir nafas chalg‘igan dadasi yana gapida davom etdi. — Omma¬lekin bollarimizning tarbiyasi izdan chiqib ketdi. Maktablar aynidi, nimani o‘qityapti, Xudo biladi. Ayniqsa, o‘g‘il bollar bachkanalashib ketyapti. Bu yomon, oshna!.. Qornimiz oldingiga qaraganda xiyla to‘q bo‘p qoldi. Endi manavilar haqidayam o‘ylashimiz keraq — Dadasi barmog‘i bilan boshi va ko‘ksini ko‘rsatdi. Keyin piyolalarga tag‘in araq quydi. — Mening uchta o‘g‘lim bor. Men ularning, eng avvalo, haqiqiy erkak haqiqiy vatanparvar bo‘lishlarini istayman! — Shu gapni aytdiyu To‘lqin cho‘loqning ko‘zlariga birpas tikilib qoldi. — Tushunyapsanmi, To‘lqin, haqiqiy vatanparvar bo‘lishini istayman. — So‘ng hafsalasi pir bo‘lganday qo‘lini siltadi-da, — ke, qo‘y... — deya araqni sipqordi.
Dadasining gapidan keyin Botir ham To‘lqin cho‘loqning ko‘zlariga qaradi: ular go‘yo bo‘m-bo‘sh edi, hatto, qorachiqlari ham yo‘qqa o‘xshardi. To‘lqin cho‘loq dadasining gapini tushunmayotganligini u ham payqadi. Nega endi tushunmayotganiykin-a? Axir Botir kichkina bo‘lsa ham, tushunyapti-ku. O‘g‘il bola vatanparvar, ya’ni Vatanini yaxshi ko‘radigan bo‘lishi kerak ekan. Nahotki, shuni tushunishi qiyin bo‘lsa?!.
To‘lqin cho‘loq tilining ostiga nos tashladi, gap esa novvos boqish «san’at»iga bo‘g‘ilib ketdi. Ana endi da¬dasi ochilgandan-ochildi...
Botir qornini boplab to‘yg‘azib olgach, o‘ynagani ko‘chaga yugurdi.
Tushdan keyin dadasi To‘lqin cho‘loqni ko‘zatib chiqqanida Botir ro‘paradan chopqillab kelardi.
— Dada-dada, hozir Mel Gibsondi kinosi bo‘larkan. Ko‘rasizmi? — dedi u bidillab, hali darvozaga yetmasdan.
Dadasining so‘zilgan ko‘zlari battar qisilib, jilmaydi:
— Siz minan bo‘lsa, ko‘ramiz-da, Botir bola. — Dadasi uni, ya’ni kenjatoyini bo‘lakcha suyardi, endigina beshinchi sinfda o‘qiyotgan bo‘lsa-da, goho-goho kattalarday gapirib qolishidan huzurlanardi. — Qani, ketdik bo‘lmasa. — Dadasi ortiga bo‘g‘ilarkan, xiyol dovdirab ketdi.
U uyga kirayotib velosipyodni yetaqlab ko‘chaga chiqib ketayotgan o‘rtancha o‘g‘lini to‘xtatdi: 
— Qayaqqa ketyapsan?
— O‘tga, dada, — dedi o‘g‘il qo‘lidagi etak va o‘roqqa ishora qilib.
— Qorningni to‘qlavoldingmi? 
— Hm-m... 
— Unaqa bo‘lsa, o‘tni qo‘y. Yur, Mel Gibsondi kinosini ko‘ramiz.
Bu payt hovli tomonda katta o‘g‘il ko‘rindi.
— Dasturxondi yig‘ishtirib qo‘yib, senam uyga kir, — dadasi yoqimli bo‘yruq ohangida.
Bolalar dadalari bilan birga kino ko‘rishni juda-juda yoqtirishardi. Shuning uchun og‘izlari quloqlarida televizor ro‘parasida jam bo‘ldilar. Hademay kino boshlandi, nomi «Vatanparvar» ekan. 
— Zo‘r kino shekilli, a, dada? — dedi ko‘zlari chaqnagan Botir bir ko‘zg‘alib olib.
— Mel Gibson yomon kinoda o‘ynamaydi, — deb qo‘ydi yonboshlab joylashib olgan dadasi beparvolik bilan.
— «Sheryurak»ka o‘xshaydikan-a? — yana bidilladi Botir.
Katta akasi «jim bo‘l» deganday uni bir to‘rtdi.
— Hm-m... — deb qo‘ydi dadasi uning so‘rog‘ini javobsiz qoldirmay.
Kino avjga mina boshladi. Ana bosqinchilar Mel Gibsonning (ya’ni u ijro etayotgan kahramonning) katta o‘g‘lini bandi etishib, haydab keta boshladi. Uning kichikroq yana bir o‘g‘li akasini ozod qilish uchun g‘animga tashlandi. Ammo uni bosqinchilarning yovo‘z boshlig‘i otib qo‘ydi. Mel Gibson «Yo‘-o‘q!..» deya hayqirib, o‘g‘li sari otildi...
Botirning dadasi esa «ahh!» deya siltanib o‘rnidan turib, o‘tirib oldi. Uning bo‘yin tomirlari bo‘rtib ketdi.
— O‘g‘lini o‘ldirgani uchun endi u vatanparvar bo‘p qoladimi, dada? — so‘radi Botir bolalarcha soddalik bi¬lan fnlBmning nomini eslab.
Dadasining ko‘zlari yoshlangandi.
— Hozir uniychun bollari Vatan, — dedi dadasi ekrandap ko‘zini o‘zmay. — Anovi o‘lgan bola uchun esa asir qilingan akasi Vatan!..
Uning nazdida, hozir dadasi televizorda chiqadigan shoirlarga o‘xshab ketdi. Gaplarini tushunmadi shekilli, o‘nga tikilib qoldi. Dadasi buni sezib, o‘girildi.
— Agar erkaqlar o‘z Vatanlarini himoya kilolmasalar, ota-onalar bollarini, aka-ukalar bir-birlarini asrolmay qoladilar. Tushundingmi? — dadasi yana kinoga andarmon bo‘ldi.
Botir esa o‘ychan «hm-m» derkan, «opamiz bunaqa gap¬larni aytmovdi», deb qo‘ydi o‘ziga-o‘zi gapirayotganday.
FilBmdagi voqealar rivoji kuchaya borgani sari bir nimalar nimalar esiga to‘shayotgan dadasining jig‘ibiyroni chiqa boshladi:
— Mana, kino! — derdi tizzasiga shapatilab, — mana, haqiqiy kino! Biznikilar esa faqat bachkana narsalarni ishlashadi. Xuddp o‘zbeqai kulgidan boshqa dardi yo‘qday. Yo bo‘lmasa, ashulachilardan kino qilishadi-miey... — U katta o‘g‘liga qaradi: — Nomi nimaydi?..
O‘g‘il kuldi:
—  «Sevinch»...
— Ha, ashi, «Sevinch», «Sarvinoz» «Shohsanam», «Gulsanam»... — Dadasi ataylab yangi nomlarni to‘qib tashladi. — Ularga qo‘yib bersa ... Jon bollarim, bizga hozir unaqa kinolardi keragi yo‘q, manavinaqa kinolar kerak!.. — U qo‘li bilan televizorni ko‘rsatdi.
Botir dadasining fe’lini yaxshi biladi: u kishi doim ham bunaqa gaplarni gapiravermasdi. Faqat gohida «yozilib» qolganida... Aslida dadasi kamgap, qo‘polroq odam. Lekin fe’li o‘ziga juda yarashadi. Bunaqa paytda dadasiiing gapini bo‘lmaslik lozimligini ham bola yaxshi biladi.
— To‘g‘ri, bulardi hammasi uchun pul kerak, mablag‘ keraq Ommalekin pul topilsayam eplasholmayapti-ku!.. Amir Temur haqidagi kinomizni qara. Senlarga avval ham aytganman. «Loy jangi» Temur bobo hayotida katta o‘zgarish yasagan jang. O‘sha katta jang kinoda qanday tasvirlangan?..
Bolalar filBmdagi o‘sha lavhani va dadasining o‘shanda aytgan gaplarini eslab, kulib qo‘ydilar.
— To‘rtta yoki oltita odam chuqurga tushvolib, loyga dumalayverishadi. Shunchaligam masharabozlik bo‘ladimi axir!.. Jangni manavinday qilib ko‘rsatishsa bo‘meydimi!..
Yana hammalari jim qoldilar, chunki filBmdagi voqealar avj nuqtasiga chiqqandi. Ana, Mel Gibsonning to‘ng‘ich o‘g‘li uning o‘z qo‘lida jon berdi. Haligi yovuz boshliq yigitchaning qorniga qilich so‘qib oldi. Botir o‘nga juda-juda achinib ketdi.
— Og‘risa kerak-a? — deb yubordi beixtiyor. 
— Og‘riydi-da! — dedi kichik akasi bilag‘onlik bilan. 
— Vatan uchun bo‘lsa, og‘rimasa kerak — deb qo‘ydi dadasi o‘ziga-o‘zi gapirayotganday.
Mel Gpbson butkul tushkunlikka tushdi, jang qilishdan voz kechib, ortiga qaytib ketmoqchi bo‘ldi. Shu payt o‘g‘lining so‘mkasidan Amerikaning titilgan (o‘g‘li tiqib, butlab qo‘ygan) bayrog‘ini topib oldi. Shunda... U bayroqni azot ko‘tarib, ot ustida pastliqaan chiqib kelayotganda dadasi tag‘in «ahh!» deya o‘rnidan sapchidi. Uning bo‘yin tomirlari yo‘g‘on-yo‘g‘on bo‘lib ketdi. Dadasi juda barvasta va kuchli odam edi. Hozir ko‘zlarida yosh bo‘g‘riqib,  jo‘shib turishi Botirning yodiga  «Sheryurak» filBmidagi Mel Gibsonni soldi. FilBm oxirida Mel Gibsonni qiynashib, osib qo‘yishadi. Ana o‘shanda uning bo‘yni xuddi dadasiniki kabi yo‘g‘onlashib, tomirlari bo‘rtib ketadi...
— Mana,  bayroqdi qanday ulug‘lash kerak! — deya hayqirdi dadasi.
Botirning ko‘zlari katta-katta ochilib, dadasiga ti¬kildi.
— Bayroq shunaqa aziz narsami, dada? — bu so‘zlar uning og‘zidan beixtiyor chiqib ketdi.
Dadasi keskin u tomonga o‘girilib, ko‘zlariga qattiq tikildi.
— Bayroq — bu Vatandi yuzi-da, bolam. Gap bayroq deb atalgan bir parcha lattada emas... — dedi g‘oyat sokin ovozda. — Mana, mening yuzim, ana, sening yuzing. Bayrog‘imiz esa O‘zbyokistonimizdi yuzi!..
Botirning ko‘zlari chaqnadi. Biroq tezda tusi o‘zgarib,   xayoli  chalg‘idi-da,   yaqindagina maktabda  ko‘rgani bir  voqeani  esladi:   o‘shanda  katta  tanaffus  mahali edi.   Botir  o‘rtoqlari  bilan  o‘ynab  yug‘arqan, maktab xo‘jalik mudiri omborining lang ochiq eshigi oldida beixtiyor to‘xtab qoldi. Ichkarida qorni tandirday keladigan xo‘jalik mudiri uyulib yotgan turli narsalar ostidagi katta stolni olishga o‘rinayotgan ikki yuqori sinf o‘quvchisiga «uni u yoqqa, buni bu yoqqa», deya bo‘yruq  berib turardi.   Bir  payt  bolalardai  birining qo‘lida dastasiga beo‘xshov o‘ramoqlangan, rangi uniqqan bayroq   paydo  bo‘ldiyu, «Buni   nima  qilay?» deganday xo‘jalik   mudiriga   qaradi.   Mudirning, hatto, biron to‘qi ham qimir  etmadi.
— Naryaqqa, spisat (Botir bu so‘zni tushunmagan, hatto, eslab qololmagan bo‘lsa-da, mudirning so‘z ohangidan «keraksiz narsa» degan ma’noni angladi) qilingan bayraq, — dedi devor ostini ko‘rsatib.
Haligi bola avvaliga hayron bo‘ldi, so‘ng «menga nima» deganday uchida yaltiroq nayzasi bo‘lgan bayroqni devor tagiga uloqtirdi. Botir ayni damda ana o‘sha voqeani eslarkan, agar bayroq aziz narsa bo‘lsa, unda xo‘jalik mudiri nega uni uloqtirishga buyurdi, deya o‘ylardi. Axir u ham dadasiga o‘xshab kap-katta odam bo‘lsa!.. Demak, bayroqni qutqarishim kerak, deya xayol qildi u. Negadir miyasiga aynan shu — «qutqarishim kerak», degan so‘z keldi. 
Bahorda ish degani ko‘paygandan-ko‘payadi. Ayniqsa, maktablarda, bahoriy bayramlar bahona xonalarni, tevarakni so‘purib-sidirish, yuvib-tozalash avj oladi. Goho bunaqa yumushlardan bolalar bezib ham ketishadi.
Bir kuni Botirlarning muallimasi uchinchi soatdagi darsni o‘tib bo‘lgach:
— Bugun bir hashar qilaylik-a... Polni, partayu devorlarni ham sodalab yuvamiz, maylimi, bolajonlar? — dedi erkalovchi ohangda. — Xotira va qadrlash kuniga xonamizni zo‘r qilib qo‘yaylik!..
Botir bilan yana bir bolani xo‘jalik mudiriga jo‘natdi. Opasi undan eski latta va soda so‘rab qo‘ygan ekan, o‘sha narsalarni olib kelishlarini tayinladi.
Xo‘jalik mudiri o‘z ombori oldidagi so‘rida qornini tizzasiga qo‘yib, yastanib o‘tirardi.
— Opamiz jo‘natdi, — deyishdi bolalar.
— Hozir senlarga latta oberaman, — degan mudir ombor eshigini ochib, nima qilishini bilmay serrayib turib qoldi. So‘ng bir burchaqaan eski latta topdi-da, Botirning sherigiga uzatdi. Bola lattani olgach, sherigini ham unutib, sinfxonasi tomon chopib ketdi.
— Senga nima bersamiykin? — dedi mudir u yoq-bu yoqqa alanglarkan. Shu payt devor ostida chang bosib yotgan bayroqqa ko‘zi tushdi. Uni qo‘liga olib, dastasidan chiqardi, bir chetini oyoki bilan bosib, ikkinchi chetini qattiq siltadi. Bayroq go‘yo ingraganday ovoz chiqarib, yarmigacha yirtildi. Uni yerdan olib, g‘ijimlab o‘ramoqladi-da, Botirga uzatdi.
— Ma, birovga ko‘rsatmay ishlat.
Botir karaxt edi. Mudirning bu harakatlari asnosida Mel Gibsonning kinolari ko‘z oldiga keldi, dadasining Vatan, bayroq haqidagi gaplari yodiga tushib, bayroqni qutqarmoqchi bo‘lganini esladi. Shuning uchun omborning eshigi oldida birpas ikkilanib turib qoldi. Bir qarorga keldi shekilli, g‘ijimlangan bayroqni qo‘ltikiga qisib, uyi tomon chopib ketdi. Muyulishdagi qishloq masjidi oldida ikki-uchta chollar o‘tirishardi. Ularning qarshisiga yetganda bola go‘yo chollar qo‘ltikidagi narsa nima ekanligini bilib qolishayotgandek picha g‘alati bo‘lib oldi. Biroq bir necha lahza o‘tar-o‘tmas havotiri o‘rinsizligini fahmlab, oqsoqollarga quyuq salom berdi-da, qadamini tezlatdi.
Botir qo‘lidagi kattag‘ina latta bilan sinfxonaga hansirab kirib kelganida, opasi omborga u bilan birga borgan boladan uning qaerda qolganligini endigina so‘roqlab to‘rgan ekan...
Bolakay o‘sha kuni kechga tomon ayasidan igna bilin ip oldi.
— Nima, endi chevarchilik qilmoqchimisan, Botirjon? — dedi ayasi kulib.
U esa «kerak bo‘p qoldi-da?», deya darsxonasiga kirib ketdi. Bayroqni o‘sha yerga berkitgan edi. Rangi o‘chgan yirtik bayroq hozir ko‘ziga juda g‘arib ko‘rindi. Uni tyokis qilib yozib, bir oz o‘ychan tikilib turdi va yirtikining bir chetiga asta igna urdi.
Uning «tikuvchiligi» bir necha kunlik bo‘sh vaqtini oldi. Sababi, choki o‘ziga yoqmay qayta-qayta tiqishga to‘g‘ri keldi. Qoratolning shohidan bayroq uchun dasta yo‘ndi — bo‘nga ham ancha vaqt ketdi. So‘ng hafsala bi¬lan dazmolladi...
Mayning boshlarida maktabda Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan kecha bo‘lishi kerak edi. Botir ana o‘sha yig‘inga borishni mo‘ljallardi. Tyokis tikilgan, dazmollangap bayroqni yangi dastasiga yaxshilab o‘rab, darvoza tomon borayotganda ortidan ayasining ovozi eshitildi: 
— Bayraq qaydan keldi, bolam?
— Maktabdan berishuvdi. Bugo‘ngi bayramda ko‘tarib turaman, — dedi bola onasini ortiqcha bezovta qilmaslik uchun yolg‘on gapirib.
— Ha, tuzuq Ommalyokip yirtib-netib qo‘ymagin, — deya nasihat qilgan bo‘ldi ayasi.
Botir «xo‘p-xo‘p» dedi-da, ko‘chaga chiqdi. Oz-moz yurgach, yengil shabada esayotganini payqab, zavqi keldi. O‘ramoqlangan bayroqni yoyib, dastasidan tutdi va boshi uzra ko‘tardi. Bayroq yengil, biroq yoqimli hilpiradi, bola qadamini tezlatgani sari tobora baralla hilpirayverdi.
Ko‘chadagi odamlarning bari o‘nga qarardi. Ayniqsa, guzarga yetganda odamlarning ming bir ma’noli nigohiga ularning turfa so‘zlari ham qo‘shildi:
— Ie, bayraq ko‘ravoptimi? — deb qo‘ydi chinor ostida o‘tirgap chol.
— Bayrog‘imiz chiroyli ekan-a? — deb qo‘ydi do‘kondan chiqayotgap yigit kulib, xuddi bayroqni birinchi bor ko‘rib to‘rganday.
— Bayroq minan hazillashib bo‘ladimi! — deya to‘ng‘illadi tamaki tutatayotgan ziyolinamo kishi. — Buning siyosiy tomonlariyam bor.
— He, yasha, azamat! — deb baqirdi birov. — Bitta barabanchiyam ovolmabsan-da.
— Kimni o‘g‘li o‘zi bu? — deya so‘radi kimdir.
— Otasining o‘g‘li-da, — dedi og‘ziga nos tashlayotgan To‘lqin cho‘loq. — Bayraqti ehtiyot qil, Botirvoy!..
Bola bu gaplarning birontasiga parvo qilmay bayroqni mag‘rur ko‘targancha guzardan o‘tib borardi. U o‘z nazdida, ot ustida Vatani bayrog‘iii ko‘tarib borayotgan Mel Gibsondan kam emasdi. Bola chinakam jang ichra borardi. Ammo o‘zi buni anglamasdi, anglashga ojiz edi. Bu halqning, millatning ong-tafakkurida evrilish, ehtimolki, inkilob yasamoq uchun ahd qilmoq, kurashmoq tarixning ulug‘ janglariga kirmoqliqaan kam emasligini u tushunmasdi va bolakay bunaqa chiroyli gaplarni bilmasdi ham. Lekin ma’so‘m qalbining amri, undovi va ehtirosi tufayli ona-Vatanining bayrog‘ini bolalarcha zavq ila mardona ko‘tarib borardi. Uning buyuk ko‘rashga, jangga o‘zi bilmay bel bog‘laganligini faqatgina tiniq osmon, yam-yashil daraxtlar, yo‘llar, Vatani, qo‘lidagi bayroq va o‘sha qo‘llari fahmlab, tushunib turardilar.
Botir maktab darvozasiga yetganda velosipyod mingan dadasi masjid muyulishidan o‘tib, guzarga keldi. Oshnasi To‘lqin cho‘loq bilan ko‘rishib qo‘yish uchun to‘xtadi.
— O‘g‘ling bayraq ko‘tarib o‘tib ketdi-ya? — deya tirjaydi cho‘loq hali so‘rashib ulgurmay. — Uniyam ja vatanparvar qivoribsanmi?..
Bu gapdan otaning jahli chiqdi. To‘lqin cho‘loqning basharasiga birpas g‘alati tikilib turdi-da:
— Hushyor bo‘l, seniyam!.. — deya zarda bilan shartta burilib, velosipyodga mindi.
Botir qator bo‘lib davra qo‘rgan maktab jamoati yoniga yetganda bir to‘xtab oldi. Bayroq qo‘lidan tushib ketay dedi. O‘qituvchiyu o‘quvchilar — hamma-hamma o‘nga o‘girildi. Hatto, uchrashuv uchun kelib, davra to‘rida o‘tirgan urush qatnashchisi bo‘lmish ikki chol ham o‘nga qaradilar. Chor atrof so‘qunatga cho‘mdi. Hamma hayratda — axir taomil bunday emasdi-ku!
Shu payt bolaning ortida dadasi paydo bo‘ldi. U velosipyodini yerga tashladi-da, shahd ila o‘g‘liga yaqinlashdi. Barchannig nigohida «nima qilarkin?» degan havotirli savol zohir bo‘ldi. Hoynahoy, beta’sir o‘g‘liga shapaloq tortib yuborsa keraq Yo‘q, unday qilmadi. Ota o‘g‘lining ikki chakkasidan tutib, ko‘zlariga tikildi.
— Barakalla, o‘g‘lim! — dedi ovozi titrab va mijjalarida yosh aylandi. — Barakalla!.. — U o‘g‘lining peshanasidan o‘pib, dast ko‘tardi-da, yelkasiga o‘tqazdi va davra tomon yurdi.
Botir bayroqni yanada yuqori ko‘tardi. Butun vujudi jimirlab, ko‘zlari chaqnadi.
Ikki faxriy chol Botirga mehr va zavq ila boqisharkan, beixtiyor chapak chalib yubordilar. Ularga o‘qituvchi va o‘quvchilar ham ergashdilar. Hammayoq olqishga to‘ldi. Barcha Botirga va uning qo‘lidagi bayroqqa tikilardi, ko‘zlarida esa turli ma’nolar balqib turardi.
Botirning kichik akasi o‘z sinfdoshlari orasida safda tug‘arqan, dadasi bilan ukasiga boqib, qaddini rostladi, yelkalarini ko‘tardi. To‘qqizinchi sinfda o‘qiydigan katta akasi esa sinfdoshining ortiga berkinib, yerga qaragancha tirjaydi.
O‘z so‘risining ustida tik turib davrani tomosha qilayotgan xo‘jalik mudiri g‘o‘ldirab qo‘ydi:
— Obbo qiztalag‘ey, yangi bayraqti qaydan toptiykin?..
Botir hozir chinakam Mel Gibson edi va barchadan balandda turardi. Qo‘lidagi bayroq esa yuksak-yuksaqlarda mardona qanot krqardi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.