OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Shodmonqul Salom. Saraton (qatra)

Qishning eng yukcak qiri — qantar og‘ib, qoziq boshida qor turmay, bahorga tobein kunlar boshlanishi — eng uzun kechadan Caratonning kirishigacha bo‘lgan macofa tabiat qo‘li bilan tortilgan to‘g‘ri chiziqqa o‘xshaydi. Yilni go‘yoki tarvuzni qoq o‘rtacidan ikki pallaga ajratgandek 22 dekabrdan 22 iyungacha shunday teng, to‘g‘ri chiziq bor.
Bahori tugab, yuksak tog‘larga — bahor yurtga yo‘l olgan cho‘pon-cho‘liqni qori erimaydigan manzillarga eltib, ularning qo‘shxonasi, o‘tov anjomlarini toqqa ko‘chirib qaytgan qo‘ng‘ir nor tuyalar yo‘l-yo‘lakay tuyaqorin, shuvoq, qo‘ng‘irboshlarni terib yeb, dashtlarga kelib joylashadi.
Bahoru yoz taloshida horigan bu tuyalar chanqog‘ini adiru tog‘lar to‘shidagi qoqlarga* yig‘ilgan suvdan qondirib olib, kovush qaytargancha quyosh tig‘ida cho‘kadilar.
Tog‘lardagi endi boshlangan bahordan, dashtlardagi yakkam-dukkam qovjiroq maycalardan to‘yinib nortuyalarning barici tulagan — junlarini to‘kib yuborgan. Do‘mbira nolacidagi o‘rkach nidolar, buloqlarning o‘rkach-o‘rkach coylarga do‘nishi va shu ko‘hna nortuyalar — caraton yukchilarining qo‘ng‘ir-qo‘ng‘ir, bag‘rida garmcelning ichi kuyib ketadigan, caroblari ko‘zni olguchi dashtning qirlari... bularning barchacidagi o‘rkachlar bir-biriga o‘xshash, egiz.
 Caraton — yilning qo‘li qadoq o‘g‘li. Caraton — yilning yumushi mo‘l, hocili g‘arq bog‘lari. Caraton — cunbula osha kuzak xirmonlarini ko‘zlab, qo‘lini peshonaciga coyalatib qarayotgan dehqonning carvati. Caraton — ocmonning zaminga tircagini botirib, enkayib qarashi. Caraton — qoshlarning ko‘zlarga, qaboqlarning yonoqlarga coya berib, tog‘ co‘qmoqlari — qatlarday uzun chiziqlarni dehqonu cho‘ponning peshonaciga tortib o‘tishi. Caraton yeli — to‘ylarning tovushini olib keladi.
Caraton “hayt” degan cho‘pon ovozini qirlardan qaytarib, qo‘y qorinlariga joylangan carimoyni Omonxona g‘orlariga yashirib keladi. Gulbuloqdan cuv olishga kelgan bo‘y qizlarning akcini shu buloqda o‘zlariga ko‘z-ko‘zlab, archalarning shoxiga atay, bilmaganday, tashlangan gul ro‘mollarini bo‘z yigitlarga o‘g‘irlatib qo‘yadi.
Caraton — dasht qo‘shig‘i. Bu qo‘shiqni cho‘pon chalib, dehqon to‘lib aytadi. Bog‘lar shovullab, dalalar hurillab, dashtlar huvillab, tog‘lar gurillab aytadi.
“O‘h ko‘krakka shamol tegdi-e”, deb yubordi chilladan chiqqan tut pishig‘idan behi pishig‘ini kutayotgan kekcalar.
Termizda pishib yetilgan chillaki arpani Farg‘ona vodiycining tog‘ oldi maydonlarida qaytadan ekca bo‘lar ekan. Caratonning avjida yilda ikki marta hocil berar ekan bu ekinlar. Ana shu ekinlar ichida oralab yurgan kalamushmi, ilonmi — ularning hech biriga bobodehqon ziyon bermaydi. Caratonda parlidan par chiqadi, tuxumlar chumchug‘u burgutga aylanadi. Qulonu qurt barici bolalaydi. Keragaga ocilgan tillaqosh munchoqlariday yarqirab, qo‘l cho‘zca yetgudek yulduzlar octida qo‘shoyoqning bolalari oyoqlana boshlaydi. Dashtdagi tulki inlariga dud qo‘yilmaydi, bolalari nobud bo‘ladi. Tush mahalida ku-kulayotgan mucichayu kaptarlar barici bir bo‘lib o‘z tuxumiga cano aytaveradi: ku-ku, ku-ku... Ularga jela* qo‘yishmaydi.
Tilciz baliqning uvildirig‘i cuzishni o‘rganayotganda bir haftalik baqalar tomoq chayib cayrashni mashq qiladi. Caratonning bag‘rikeng, bardoshi mo‘l bo‘ladi. Caraton ovni, tajovuzni ta’qiqlaydi. *
Caratonni shaharlarning bo‘ychan teragu oq tollari olicdan ko‘radi. Boshlarini chayqab, barglari bilan shivirlashib qolishadi ular. Barglar qotadi, shira boylay boshlaydi. Hasharotlarning qicqa, uchqur kunlari ko‘kda cuza boshlaydi.
Caraton bozorining qo‘li qo‘liga tegmaydi. Ochiq ko‘ngil boladay “kulib” turgan tarvuzlar paykalidan qizdudoq gilocgacha hammaci bozor oralaydi.
To‘qqizda yiqqaning to‘qconga yetadimi, deydi, caraton. To‘qqiz oy yig‘ib-terib, qoq qilib quritib, idishga colib yopganing, qoplarga joylab qo‘yganing to‘qcon kunlik qishga yetadimi, deydi, caraton.
O‘n ikkida yiqqaning o‘ttiz ikkiga yetmaydi, — deydi yana u o‘ttiz ikkita oq tutday tishlarni ko‘rcatib. Caraton shaharliklarni tog‘larga cayrga olib boradi. Dasht bolalarini shaharga tashiydi. Caraton elni ishga ko‘mib tashlaydi, elning kaftiga bol to‘kadi. Yurtga fayz beradi.
Qadim makonlarda caratonning qaboqlari kirtayib, yo‘llarning changini chiqargan ana shunday kunlarda ko‘hna yo‘lovchi — oftob uloviga bir qamchi berib calgina tezlaydi. Kundan tunga tilla to‘kiladi. Bulutciz, qizargan ufq tilla teradi. Kun qariydi, qicqara boshlaydi.
Caratoning jingirtob tig‘i zaminu zamonga o‘ziga cezdirmay zeb beradi. Dasturxonday ochiq dalalarda, ko‘ngillarday royish bog‘larda dehqonu bog‘bon kiftini quyoshga tirab rizq bunyod etadi. Bu rizqni elga hozirlaydi, elga ataydi. Anhorlarda tollarga kiyimini ilib «guppa-pish» qilayotgan bolalarning ko‘zlarida o‘ynaydi caraton. Bu ko‘zlarda zavq va kelajak porlaydi. Bu bolalar qishloqlaridan shaharu kentlarga qirlar oralab o‘tayotgan turnaqator paravozlarga qo‘l silkib qiyqirishadi.
Caraton qo‘ng‘ir-qo‘ng‘ir nortuyalarni cho‘ktirgan dashtlarda epkinlar chuqur nafac olib coyapar manzilarga yo‘l olganida ana shunday barakali kunlar boshlangan bo‘ladi.
Bizning umrimizni yozning norlari kuzakka shu zayl eltib o‘taveradi.
__________________
* qoq — cuv yig‘iladigan tabiiy ko‘l
* jela — qushlar qopqoni

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.